К содержанию
РецензированоRU2024

O‘razaliyeva Sojida Tojiboy qizi TVCHDPU.,O’qituvchi. Muhiddinova Dilfuza Sherdor qizi TVCHDPU.,O’qituvchi. Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich

Saidqulova Gavhar Odiljon qizi · O‘razaliyeva Sojida Tojiboy qizi · Muhiddinova Dilfuza Sherdor qizi · Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

Providing information on physical education of children in hot climate conditions. Keywords: physical training, negative influencing factors, research, medical institutions, rest homes, sanatoriums, children's camps. ФИЗИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В УСЛОВИЯХ ЖАРКОГО КЛИМАТА Аннотация. Предоставление информации по физическому воспитанию детей в условиях жаркого климата. Ключевые слова: физическая подготовленность, неблагоприятные факторы, исследования, медицинские учреждения, дома отдыха, санатории, детские лагеря. Mamlakatimizda shaxsni har tomonlama va garmonik rivojlantirish, shu jumladan, yosh avlodning jismoniy jihatdan sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Moddiy farovonlik darajasining oshayotgani, tibbiyot muassasalari, dam olish uylari, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari tashkil etilganligi – O‘zbekiston aholisining sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning jismoniy tomondan rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan ishlarning bir bo‘lagidir. Bola organizmining mustahkam bo‘lishi va rivojlanishi uning, ya’ni organizmini chiniqtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir ona o‘z farzandini muntazam chiniqtirish yo‘li bilan bolaning ko‘pgina kasalliklarga chalinishining oldini olishi mumkin.Eng issiq oylar iyun, iyul, avgust hisoblanadi. Havo harora- ti +36...+38° C bo‘ladi. Qishda O‘zbekistonning ko‘pgina joylarida ob-havo beqaror bo‘lib, iliq va sovuq kunlar almashinib turadi. Eng sovuq oylar yanvar– fevral oylari hisoblanadi. Bahor oylarida iliq va issiq kunlar almashib turadi. O‘rtacha harorat +19...+22° C, yomg‘irlar tugaydi, lekin vaqti-vaqti bilan kelib turadigan salqin havo issiqlikni ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kuz oylarda ham havo harorati 30– 35 daraja bo‘lib, kunduz 14 soatni tashkil etadi. Lekin quyosh nurlari tik tushadigan ana shunday issiq iqlim sharoitida o‘sayotgan bolalarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. 5 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu iqlimda yashovchi bolalarda organizm issiqlikni chiqarishni kamaytira olish, obhavoga qarab ko‘paytirish xususiyatiga egadir (qish oylarida). Ana shunday xususiyatlar bola organizmini chiniqtirish natijasida hosil bo‘ladi. Bola organizmini chiniqtirish tizimi, deganda organizmini mustahkamlash, turli kasalliklarga qarshi kurashish, immunitetini oshirish, hayotiy sharoitlarning o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishiga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi. Chiniqqan kishi sovuq va issiqqa, haroratni keskin o‘zgarishiga bemalol chidab beradi hamda shamollash kasalliklari bilan ancha kam og‘riydi. Chiniqtirish protsessi fiziologik hodisalarning juda murakkab va xilma-xil kompleksidan iborat. Markaziy asab tizimining faoliyati tufayli kishi organizmi doimo o‘zgaruvchi tashqi sharoitga moslashadi. Bunda teri asosiy rol o‘ynaydi. Teri kishi organizmini harorat, nur, kimyoviy va mexanik ta’sirlardan va mikroblar kirishidan saqlaydi.Issiqlikni tartibga solish issiqlikni hosil qilish yo‘li bilan ham va uni atrof-muhitga tarqatish (issiqlik chiqarish) yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Issiqlik barcha to‘qimalarda muntazam ravishda ishlab chiqariladi, u muskullarda va jigarda ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Issiqlik, asosan o‘tkazilish va tarqalish yo‘li bilan teri yuzasidan (7 %), shuningdek, nafas olish va ter chiqarishda bug‘lanish yo‘li bilan chiqariladi. Shuni ham qayd etib o‘tish zarurki, issiqlik organizmda mustaqil hosil bo‘lib va chiqarib turiladi. Aks holda organizm qizib ketishi yoki sovib qolishi mumkin.Bolalardagi issiqlikni tartibga solish mexanizmi murakkab reflektor akti hisoblanadi, unda shartsiz reflekslar, shartli ref- lekslar ham mavjud. Chiniqtirishning asosiy mohiyati bolada ana shunday shartli reflekslar paydo qilishdan iboratki, bunda ularning yordamida organizm o‘ziga zarar keltirmagan holda tashqi noqulay ta’surotlarga qarshi tura oladi.Bolalarni butunlay sog‘lom va baquvvat bo‘lishi haqida muntazam g‘amxo‘rlik qilinar ekan, chiniqtirish tadbirlarining o‘zi bilan kutilgan natijalarga erishib bo‘lmasligini unutmaslik kerak. Chiniqtirish tadbirlari tog‘ri tashkil etilishi uchun maxsus sharoitlar bo‘lishi kerak: bolalar muassasalari va uyda sanitariya- gigiyena sharoitlarini to‘g‘ri tashkil etilganligi, organizmning yoshi va uning sog‘liq darajasi talablariga mos keladigan ratsional to‘la qimmatli ovqatlar, bola kun tartibini to‘g‘ri tashkil etilishi, yoshiga qarab uyquni tashkil etish, mehnat bilan dam olishning almashtirib turilishi, bolalarni sof havodan muntazam foydala- nishi (sayr), shifokor nazorati va boshqalar.Bolalarni chiniqtirish tadbirlaridan tashqari uning uch xil tamoyillarini ham ko‘rib chiqamiz. 1. Muntazamlilik. 2. Chiniqtirish miqdorini asta-sekin va izchillik bilan oshi- ra borish. 3. Har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Muntazamlilik kursi. Agar bola organizmiga har kuni past yoki yuqori harorat ta’sir qilinsa, bu org

Доказательный фрагмент

«Providing information on physical education of children in hot climate conditions.»

Образец извлечения

Демо-превью

Providing information on physical education of children in hot climate conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
physical training, negative influencing factors, research, medical institutions, sanatoriyalar, dam olish uylari, tadqiq qilish, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tibbiyot muassasalari, bolalar oromgohlari., jismoniy tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники