Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Farrux Yuldashev
Farrux Yuldashev
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In today's globalization, the concepts of "crisis", "poverty", and "backwardness" are used interrelated with the economy. It is commendable that the economy does not go into crisis, and the attention given to "getting rid" of poverty is commendable. However, there is another important and urgent topic of our life, whose "crisis", "poverty" and "backwardness" can cost humanity dearly. Key words: crisis, poverty, backwardness, salvation, conscience, justice, wisdom. ДУХОВНОЕ РАЗВИТИЕ – ОСНОВА НАШЕГО БУДУЩЕГО Аннотация. В условиях современной глобализации понятия «кризис», «бедность» и «отсталость» используются во взаимосвязи с экономикой. Похвально, что экономика не впадает в кризис, и похвально внимание, уделяемое «избавлению» от бедности. Однако есть еще одна важная и актуальная тема нашей жизни, «кризис», «нищета» и «отсталость» которой могут дорого стоить человечеству. Ключевые слова: кризис, бедность, отсталость, спасение, совесть, справедливость, мудрость. Bugungi globallashuv sharoitda “inqiroz”, “qashshoqlik”, “qoloqlik” tushunchalari iqtisod bilan o‘zaro bog‘liq holda qo‘llanmoqda. Iqtisodiyotning inqirozga yuz tutmasligi, qashshoqlikdan “qutilish” uchun berilayotgan e’tibor tahsinga loyiq. Biroq hayotimizning yana muhim va dolzarb mavzusi borki, uning “inqirozi”, “qashshoqligi” va “qoloqligi” insoniyatga qimmatga tushishi mumkin. Bu – ma’naviy inqiroz va qashshoqlik. Tarixdan ma’lumki, iqtisodiy inqirozdan bir necha yilda yoki tez fursatda chiqish mumkin. (Masalan, ikkinchi jahon urishidan so‘ng butunlay iqtisodiy qashshoqlikka uchragan Germaniya Federativ Respublikasi tezda moddiy tiklanib, hatto 21 eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan). Biroq ma’naviy inqiroz, shunchaki, “qarz” yoki moddiy ta’minot evaziga tiklanadigan hodisa emas. Uning “inqirozdan chiqishi” esa juda uzoq davrni talab qiladi. Afsuski, faqat yillar emas, bu yillar davomida milliy va ma’naviy e’tiqodi mustahkam bo‘lgan ma’naviyatli insonlarning shakllanib borishi bilan, butun xalq va millatni ma’naviy tarraqiy etishi bilan belgilanadi. Xalqimizning milliy e’tiqodiga aylangan uyat, or-nomus, vijdon, ezgulik, adolat, farosat, rostgo‘ylik, axloq kabi tushunchalarninig ma’nosi va mohiyatini anglash, amalda qo‘llash, unga amal qilish ma’naviy inqirozga qarshi “emlash” vazifasini o‘taydi. Bu esa yaxshilik va ezgulik g‘oyalarining davomli yashab ketishiga, ma’naviy taraqqiyotga zamin hozirlaydi. Zero, milliy e’tiqodi mustahkam bo‘lmagan jamiyatda ilmsizlik, adolatsizlik avj oladi, u yerda milliy e’tiqodlar, urf-odatlar qadrsizlanadi va yo‘qoladi. Har bir shaxs nimaga e’tiqod qo‘yayotganini (xoh diniy bo‘lsin, xoh dunyoviy) aqlan, ma’nan va ruhan bilishi shart. Shundagina bunday jamiyat ravnaq topadi, yuksaladi va hech qachon ma’naviyatsizlik qa’riga yuz tutmaydi. Albatta, bunga barcha fanlar qatori tilshunoslikning ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi bor. O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda keng miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning natijasi o‘laroq bu sohaga daxldor ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar chop etilmoqda. Biroq hozirga qadar tilshunosligimizda “ma’naviyat”ga aloqador bo‘lgan so‘zlarning til ifodalari to‘liq, tizimli tadqiq etilmayotganligi, ularning lisoniy qiymati sodda va barchaga birdek aniqlanmayotganligi va yosh avlod ongida milliy e’tiqodni yuksaltirishga xizmat qiladigan ta’lim yo‘nalish va sohalarida tayaniladigan tegishli lingvistik bazaning shakllantirilmayotganligi hamda kerakli tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi bu boradagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, har bir ijtimoiy-gumanitar fanda ushbu vazifalar doirasida olib boriladigan tadqiqot ishlarini ko‘paytirib, ularning amaliy samaradorligini oshirish o‘ta muhim. Bizning xalqimiz or-nomusli, andishali xalq ekanligini hech kimga isbotlash shart emas. Mamlakatimizda xalqlarning tili, urf-odatlari, an’analaridan qat’i nazar, teng huquqlilikni, sog‘lom turmush madaniyatini ta’minlash, buyuk ishlarni amalga oshirish o‘sib borayotgan ma’naviy barkamol yosh avlodga bog‘liq. Ana shunday yoshlarni tarbiyalash esa o‘zaro hamkorlikda amalga oshadi. Bu natijaga erishishda oila – maktabgacha ta’lim – o‘rta ta’lim – oliy ta’lim – ommaviy axborot vositalari ilmiy, nazariy, amaliy yondashib “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etishi milliy taraqqiyotimizning takomillashuviga zamin bo‘la oladi. 22
Доказательный фрагмент
«In today's globalization, the concepts of "crisis", "poverty", and "backwardness" are used interrelated with the economy.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn today's globalization, the concepts of "crisis", "poverty", and "backwardness" are used interrelated with the economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crisis, poverty, backwardness, salvation, conscience, justice, wisdom
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024