К содержанию
РецензированоEN2025

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Ilyasova Gulnaz Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Kıdırniyazova Eleonora Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

Maxsetbaeva Dilnaz · Ilyasova Gulnaz · Kıdırniyazova Eleonora

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the legal foundations of gender education and the measures aimed at promoting it. It highlights approaches designed to strengthen gender equality based on the key legal documents of the Republic of Uzbekistan, international best practices, and practical mechanisms within the education system. Keywords: gender education, legal protection, promotional measures, gender equality, legislation of Uzbekistan, international experience, stereotypes, public consciousness. АНАЛИЗ ПРАВОВОЙ ЗАЩИТЫ И СТИМУЛИРУЮЩИХ МЕР ГЕНДЕРНОГО ВОСПИТАНИЯ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНОГО И МЕЖДУНАРОДНОГО ОПЫТА Аннотация. В данной статье рассматриваются правовые основы гендерного воспитания и меры по его стимулированию. Освещаются подходы, направленные на укрепление гендерного равенства на основе ключевых нормативных документов законодательства Республики Узбекистан, международного опыта и практических механизмов в системе образования. 740 Aprel, 2025-Yil Ключевые слова: гендерное воспитание, правовая защита, стимулирующие меры, гендерное равенство, законодательство Узбекистана, международный опыт, стереотипы, общественное сознание. Bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlari, xususan gender tengligini ta'minlash masalasi dolzarb mavzulardan biri sifatida e'tiborni tortmoqda. Gender tarbiyasi – bu shaxsning ijtimoiy hayotdagi rolini shakllantirish, genderga oid stereotiplar va diskriminatsiyaga qarshi ongli munosabatni rivojlantirish jarayoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlashga doir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ularning ijrosi ta'lim tizimidan tortib jamiyat hayotining barcha sohalariga ta'sir etadi. Mazkur maqolada gender tarbiyasining huquqiy asoslari, uni rag‘batlantirish choralari hamda milliy va xalqaro tajribalar tahlili orqali ushbu sohaga oid ilmiy-amaliy xulosalar chiqariladi. Gender tarbiyasi nafaqat ayollar, balki erkaklarning ham ijtimoiy tenglik asosida shakllanishi uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Genderga asoslangan zo‘ravonlik, kasbiy kamsitish, mehnat bozoridagi tengsizliklar aynan tarbiya jarayonidagi nomutanosibliklardan kelib chiqadi. Shu bois, gender tarbiyasi siyosatini amalga oshirishda huquqiy asoslarning mavjudligi muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlashga oid asosiy hujjatlar – "Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun (2019), "Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun (2019) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bo‘lib, ular gender tenglikni kafolatlashda muhim huquqiy bazani shakllantirgan. Ushbu hujjatlar asosida ta’lim muassasalarida gender tarbiyasini targ‘ib qiluvchi dasturlar ishlab chiqilmoqda. Xalqaro miqyosda esa gender tarbiyasiga oid muhim hujjatlar BMTning Ayollar holati bo‘yicha komissiyasi tavsiyalari, Pekin deklaratsiyasi (1995), CEDAW konvensiyasi (Ayollarga nisbatan har qanday kamsitishga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya) kabi hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Bunday tajribalar gender tarbiyasi nafaqat huquqiy himoya, balki rag‘batlantiruvchi choralar bilan qo‘llab-quvvatlanishi lozimligini ko‘rsatadi. Masalan, Skandinaviya davlatlarida gender tenglikni ta’minlash maqsadida nafaqat qonunlar joriy qilingan, balki davlat tomonidan moliyalashtiriladigan maxsus dasturlar orqali ijobiy natijalarga erishilmoqda. O‘zbekistonda ham gender tengligi sohasida rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar takomillashtirilmoqda. Jumladan, oliy ta'lim muassasalarida gender markazlari faoliyati yo‘lga 741 Aprel, 2025-Yil qo‘yilgan, gender tenglik mavzusida xalqaro grantlar, ilmiy tadqiqotlar, trening va seminarlar tashkil etilmoqda. Bularning barchasi gender tarbiyasining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Biroq amaliyotda hali ham gender stereotiplari, an’anaviy qarashlar va ijtimoiy muhit ta’siri kuchli bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, gender tarbiyasini faqat qonunlar bilan emas, balki madaniy, ma’rifiy va iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini kompleks yondashuv asosida amalga oshirish zarur. Xulosa sifatida shuni takidlash mumkinki gender tarbiyasi har bir fuqaroning ijtimoiy shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning huquqiy asoslari va rag‘batlantirish mexanizmlari jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismidir. Milliy qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar, xalqaro tajribaning moslashtirilgan qo‘llanilishi va amaliy rag‘batlantirish choralari gender tarbiyasining kuchayishiga olib keladi. Shu boisdan, gender tengligini ta’minlash nafaqat davlat siyosati, balki har bir fuqaroning ongli yondashuvi asosida shakllanishi lozim. Kelgusida gender tarbiyasini takomillashtirish uchun huquqiy, pedagogik va iqtisodiy vositalarni uyg‘unlashtirish muhim sanaladi.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the legal foundations of gender education and the measures aimed at promoting it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the legal foundations of gender education and the measures aimed at promoting it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender education, legal protection, promotional measures, gender equality, stereotiplar, huquqiy himoya, rag‘batlantirish choralari, gender tenglik, ijtimoiy ong., O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, Gender tarbiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники