К содержанию
РецензированоUZ1990

Koreys tilida hurmat kategoriyasining ahamiyati va uning xorijlik o’rganuvchilar uchun murakkabligi

Salimova Nigina Baxtiyorovna · Mirzayev No’mon Karimjonovich

Актуальные вопросы лингвистики и преподавания иностранных языков: достижения и инновации · 1990

Аннотация

Hozirgi mamlakatlararo hamkorlik a’loqalari kuchayib borayotgan bir davrda chet tilini o’rganish Ushbu maqolada koreys tilining muhim qismi bo’lgan va bevosita muloqotda qo’llanilishi zarur hisoblanadigan hurmat kategoriyasining turlari ularning qo’llanilishi haqida yoritilgan. Kalit so’zlar: Koreya to’lqini, hurmat kategoriyasi, K-pop, muloqot xulqi, hurmatning turlari 1990-yillarda boshlangan Koreya to'lqini hamda 200-yillardan boshlab K-pop atalmish qo'shiqlari, filmalar va seriallarining ommalashuvi tufayli Koreya madaniyati butun dunyoga tanitdi. Natijada Koreyaning turizm sanoati, iqtisodiyoti va ayniqsa koreys tili tarqalashiga ta’sir ko’rsatdiki so’nggi paytlarda koreys tiliga qiziquvchilar, bu tilni o’rganuvchilar soni keskin oshdi. Shu munosabat bilan Koreyaga o’qish uchun, ish faoliyatini olib borish uchun boradigan xorijliklar soni ham ko’paygan bo’lsa ularning orasida o’zbeklar ham talaygina [4]. Ular asosan Koreyaga koreys tilini o’rganib borishlariga qaramay Koreyada to’g’ridan to’g’ri muloqotga kirishilganda bir muncha qiyinchiliklarga duch keladilar. Koreys tilining gapdagi gap bo’laklari tarkibi o’zbek tili bilan bir xil bo’lganligi o’zbeklar uchun o’zlashtirishga oson jihati bo’lsa, so’zlarning talaffuzi, sinonimiyaning ko’pligi, ya’ni o’xshash so’zlar va grammatik birliklarning ko’pligi tilni qiyin qilib turuvchi jihati bo’ladi. Bundan tashqari koreys tilida hurmat kategoriyasining murakkabligi, uning ifoda vositalari ham xorijiy o’rganuvchilar uchun juda qiyin bo’lib, uning muloqotda to’g’ri qo’llanilishi koreyslar uchun muhim hisoblanadi. Muloqot chog'ida koreyslar so'zlovchi, tinglovchi va gapning egasi o'rtasidagi munosabatni aniqlaydilar va mos ravishda hurmat kategoryasi qoidalaridan foydalangan holda shaxslararo munosabatlarni va yordamida ijtimoiy tartibni saqlaydilar. Shuning uchun shuni aytish mumkinki, xushmuomalalik koreys tilini o'rganishning muhim elementidir. Koreys tili o’rganuvchilari ravon muloqot ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun xushmuomalalik qoidalarini o’rganishlari kerakligi shundandir. Biroq, koreys tilida hurmat shaklidan to‘g‘ri foydalanish xorijlik o‘rganuvchilar uchun oson ish emas. Hurmat shaklini to‘g‘ri qo‘llash faqat grammatika masalasi emas, balki yosh, maqom, jins va mansublik kabi turli xil ijtimoiy omillar ham ta'sir qiladi. Koreys tilida hurmat kategoriyasi 3 ta katta guruhga bo’linadi. 1. 주체 높임법 – Egani hurmat qilish usuli 2. 객체 높임법 – Obyektni hurmat qilish usuli 3. 상대 높임법 – Suhbatdoshni hurmat qilish usuli 97 Koreys tilidagi “Egani hurmat qilish usuli” harakatning bajaruvchisini (asosan egasini) so’zlovchi hurmat qilish xulqiga nisbatan qo’llaniladi. Bunda so’zlovchi ga nisbatan harakat egasining yosh yoki ijtimoiy mavqeiga ko’ra yuqori yoki pastligi bilan farqlanadi. Harakatning bajaruvchisi yoshi yoki ijtimoiy mavqei jihatidan ustun bo'lganida hurmat shakldan foydalaniladi. (Choi Jae-hee 2006: 252). 어머니께서 요리를 하십니다. – Onamlar ovqat tayyorlayaptilar. 가: 할아버지께서는 뭘 잡수세요? – Bobongiz nima tanavvul qilyaptilar? 나: 할아버지께서는 삼계탕을 잡수세요.[2] – Bobomlar samgyethang (koreys tovuqli taomi) tanavvul qilyaptilar. Obyektning hurmat shakli deganda gapning predmeti yoki qo'shimchasi bilan ko'rsatilgan obyektni, ya'ni predikat obyektini anglatadi. U hurmatli yoki hurmatsiz munosabatni ifodalovchi grammatik mexanizmdir. Chunki u subyekt va obyekt o'rtasidagi mavjudlik munosabati sifatida o'rnatiladi, ob'ekt sub'ekt tomonidan hurmat qilinadi. U subyektning harakatlarini pasaytiradi va oxir-oqibat obyekt hurmatiga aylanadi. Buni hurmat qilish deb tushunish mumkin. Boshqacha aytganda, subyektning kamtarligini ifodalovchi kamtarlik usulidir. Bu transformatsiya usuli sifatida tushuniladi. U grammatikada emas, balki ba’zi maxsus fe’llar orqali amalga oshiriladi, Bular obyektni hurmat qilishda ishlatiladigan kamtarlik fe'llaridir [3]. Shuningdek, obyektning hurmat qilinishi "-께"(-ga) yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. 묻다-여쭈다(여쭙다) – so'ramoq 만나다/보다-뵈다(뵙다) – uchrashmoq 주다-드리다 – bermoq 데리다-모시다- olib bormoq ㄱ. 영희가 김 선생님께 모르는 문제를 여쭈어 보았다. – Yonghi ustoz Kimdan bilmagan savolni so'rab ko'rdi. ㄴ. 스승의 날에는 선생님을 찾아뵐 것이다. - O'qituvchilar kunida ustozimni topib uchrashaman. ㄷ. 아버지께서는 집 열쇠를 할아버지께 드렸다. - Uyning kalitini bobomga berganman. ㄹ. 동생은 할머니를 모시고 집에 갔다 [1]. – Ukam buvimni olib uyga ketdi. Suhbatdoshni hurmat qilish so‘zlovchi bilan munosabatiga qarab tinglovchini ulug’lash yoki aksincha hurmatsizlik bilan muloqot qilishni bildiradi. Bu koreyslarning xushmuomalalik usullari orasida eng rivojlangani deyish mumkin. Suhbatdoshni hurmat qilish usuli U, asosan, shaxsning yoshi, mavqei, do'stligi hisobga olingan holda yakunlovchi qo’shimcha orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, gap oxirida yakuniy qo’shimchani qo'llash vazifasi tinglovchini hurmat yoki izzat qilishdir. Bu yerda Suhbatdoshni hurmat qilish subyekt va obyekt hurmat shaklidan farqli o'laroq, tinglovchini hurmat qilish xususiyatiga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. ㄱ. 선생님, 저 한번만 더 기회를 주십시오. – U

Доказательный фрагмент

«Hozirgi mamlakatlararo hamkorlik a’loqalari kuchayib borayotgan bir davrda chet tilini o’rganish Ushbu maqolada koreys tilining muhim qismi bo’lgan va bevosita muloqotda qo’llanilishi zarur hisoblanadigan hurmat kateg…»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi mamlakatlararo hamkorlik a’loqalari kuchayib borayotgan bir davrda chet tilini o’rganish Ushbu maqolada koreys tilining muhim qismi bo’lgan va bevosita muloqotda qo’llanilishi zarur hisoblanadigan hurmat kateg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
полнота, вид общения, hurmat kategoriyasi, виды уважения., K-pop, Korea's culture, hurmatning turlari, Koreya to’lqini, muloqot xulqi, communication style, Перевод на русский язык: Корея, types of respect, category of respect, категория уважения
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники