Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СЛЕДСТВЕННЫХ ДЕЙСТВИЙ, ПРОВОДИМЫХ НА СТАДИИ ДОЗНАНИЯ.
HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. · Ibadullayev Islom Boboxon o’g’li · PRE-INVESTIGATION STAGE.
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Currently, in our country, which is developing both in the economic sphere and in the social sphere, there are many achievements in the fight against crime. In addition to the achievements, this article also talks about the shortcomings encountered in the pre-investigation stage in the fight against crime, as well as suggestions for improving the pre-investigation stage. Key words: take the case to court, prosecute a criminal case, refuse to prosecute a criminal case, pre-investigation inpection, inquest, preliminary investigation, extention of time of pre- investigation inpection. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СЛЕДСТВЕННЫХ ДЕЙСТВИЙ, ПРОВОДИМЫХ НА СТАДИИ ДОЗНАНИЯ. Аннотация. В настоящее время в нашей стране, развивающейся как в экономической, так и в социальной сфере, имеется немало достижений в борьбе с преступностью. Помимо достижений, в данной статье также говорится о недостатках, встречающихся на доследственное проверке в борьбе с преступностью, а также предложения по совершенствованию доследственную проверку. Ключевые слова: досудебное произвотсво, возбуждение уголовного дела, отказаться в возбуждение уголовного дела, доследственная проверка, дознания, предварительное следствие, продление срока доследственной проверки. Mustaqillik yillaridan boshlab hozirgi kunga qadar jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida va huquq-tartibot idoralarining faoliyatini takomillashtirish sohasida islohotlarni amalga oshirish ishlari izchil va davomli tarzda olib borilmoqda. Bunga yaqqol misol tariqasida 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan Konstitutsiyani va undagi yuridik sohani tartibga solgan bir qancha normalarni keltirishimiz mumkin. Xususan, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida aniq va qat’iy norma hisoblangan 24-modda 1 10 8 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ dispozitsiyasi eng og‘ir jinoyat hisoblanmish qasddan odam o‘ldirish jinoyatiga qarshi kurashishda milliy qonunchilikdagi rahbariy norma hisoblangan. 25-moddada esa hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi belgilangan bo‘lib, shaxsning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza etishda yetakchi rolni o‘ynagan. 26-moddada belgilangan aybzislik prezumpsiyasi to‘g‘risidagi norma esa 1994-yil 22-sentabr kuni qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga poydevor yaratib bergan, desak xato bo‘lmaydi. Mazkur Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng bir necha o‘n yillar o‘tib, dunyo davlatlarining huquqiy imidji shakllanib, rivojlanib borgani sari, bizning mamlakatimiz huquqiy bazasi ham, xususan, Konstitutsiyamiz ham tubdan isloh qilinishiga zarurat vujudga keldi. Shu sababli, 2022-yil may oyidan boshlab siyosatshunos, Oliy Majlis deputati Akmal Saidov raisligidagi Konstitutsiyaviy komissiya ish olib bordi va 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi va o‘sha yili 1 may kunidan kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ilgarigi umumiylik xarakteridan voz kechib, xususiylik xarakterini o‘zida mujassam etdi hamda mazkur yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida ham bu haqida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan. Yuqorida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning xususiylik xarakteri haqida aytib o‘tgan edik, bunga misol tariqasida 27-moddaning uchinchi qismida shaxsning erkinligini cheklash tartibi va muddatlari uzil-kesil hal qilingan, ya’ni unda “Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas” deb belgilangan. 30-moddada esa rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinib, jazoga tortilishi mumkin emasligi belgilangan. Eski va yangi tahrirdagi Konstitutsiyalarimizning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normalaridan tashqari, bevosita tadqiqotimiz obyekti bo‘lmish tergovga qadar tekshiruv sohasini tartibga soluvchi qonunchilikdagi yutuqlarimizni aytib o‘tadigan bo‘lsak, 2017-yil 6-sentabr kuni “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Asosiy qo‘shimchalardan biri shuki, jinoyat qonunchiligiga “tergovga qadar tekshiruv” deb nomlanuvchi yangi institut kiritildi. Mazkur institut jinoiy-huquqiy ishlarni sudga qadar yuritish bosqichida alohida, mustaqil boschiq sifatida shakllantirildi. Bunga qadar mazkur bosqich surishtiruv deb nomlangan bo‘lib, uni o‘rnini tergovga qadar tekshiruv bosqichi egallaganidan so‘ng, surishtiruv bosqichi jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin
Доказательный фрагмент
«Currently, in our country, which is developing both in the economic sphere and in the social sphere, there are many achievements in the fight against crime.»
Образец извлечения
Демо-превьюCurrently, in our country, which is developing both in the economic sphere and in the social sphere, there are many achievements in the fight against crime. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- take the case to court, prosecute a criminal case, refuse to prosecute a criminal, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, surishtiruv, продление срока доследственной проверки., inquest, tergovga qadar tekshiruv, preliminary investigation, ishni sudga qadar yuritish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, возбуждение уголовного дела, отказаться в возбуждение уголовного дела, dastlabki tergov, предварительное следствие, extention of time of pre-investigation inpection., доследственная проверка, tergovga qadar tekshiruv muddatini uzaytirish., pre-investigation inpection, refuse to prosecute a criminal case, досудебное произвотсво, дознания
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014