К содержанию
РецензированоUZ2023

LUG‘OTIT TURK" HAMDA "AT-TUHFAT" ASARLARI MISOLIDA) Nuriddinova Umida Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 2- bosqich talabasi Xidirova Iroda

Nuriddinova Umida · Xidirova Iroda

Современная наука и исследования · 2 · 492-496 · 2023

Аннотация

To what extent are the names of ornaments and jewelry reflected in our dictionaries? This article partially answers the above question. In the article, the names of ornaments included in the works of "Devonu lughotit turk" and "At-tuhfa" dictionaries, created in two periods, are compared. Key words: "Devonu dictionary of Turks", "At-tuhfa", names of ornaments, "Karakhanid period", "Etymological dictionary of the Uzbek language", vocabulary. ВЫРАЖЕНИЕ ПРЕДМЕТОВ ДЕКОРА В СЛОВАРЯХ (НА ПРИМЕРЕ ПРОИЗВЕДЕНИЙ «ДЕВОНУ ЛУГ’ОТИТ ТУРК» И «АТ-ТУХФАТ») Аннотация. В какой степени названия украшений и украшений отражены в наших словарях? Эта статья частично отвечает на поставленный выше вопрос. В статье сопоставляются названия орнаментов, вошедших в произведения словарей «Девону лугхотит тюрк» и «Ат-тухфа», созданных в два периода. Ключевые слова: «Девону словарь тюрков», «Ат-тухфа», названия орнаментов, «караханидский период», «Этимологический словарь узбекского языка», лексика. Bilamizki, ayollar pardoz-andoz qilishga, zeb-u ziynat buyumlariga tabiatan o‘ch bo‘lishadi. O‘ch bo‘lishmasa-da, go‘zal buyumlar kimning ham e‘tiborini tortmaydi, deysiz. Xo‘sh, ayollarimiz ilgari, bundan bir necha asrlar avval, qanday zeb beruvchi buyumlardan foydalanishgan? Buni bilish uchun lug‘atlarga yuzlanamiz. Negaki, taqinchoqlar, zeb-u ziynatlarning o‘z nomi bor. Bu nomlar ham boshqa so‘zlar singari muayyan davrning lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Quyida "Devonu lug‘otit turk" va "At-tuhfa" asarlarida keltirilgan taqinchoq va zeb-u ziynat buyumlarini qiyoslagan holda ko‘rib chiqamiz. Ma‘lumki, X - XII asrlar turkiy xalqlar tarixida "Qoraxoniylar davri" deb e‘tirof etiladi. Aynan shu davrda Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asari yaratildi. "Devonu lug‘otit turk" – o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishiga asos bo‘lgan ilk lug‘at. Mahmud Koshg‘ariy "Devon"da 6 yarim mingdan ortiq so‘zni izohlagan. Bu so‘zlar turkiy xalqlar 5 88 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ hayotining deyarli barcha sohalarini qamraydi, shuningdek, biz e‘tibor qaratayotgan zeb buyumlarini ham: moddiy madaniyat tushunchalari nomlari (kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or, bezaklar, musiqa, qurol-yarog‘, asbob-uskuna, xo‘jalik buyumlarining nomlari); etnonim va toponimlar; qarindoshlik nomlari; davlat tuzumiga oid terminlar; taom nomlari; hayvon va o‘simliklarning nomlari; kasallik va dorilarning nomlari; ilmiy, diniy etnografiya, geografik terminologiya; yil fasllari, oy va hafta kunlarining nomlari; tarixiy va mifologik qahramonlarning nomlari va shu kabilar. Endi esa asarda keltirilgan zeb-u ziynat nomlaridan namunalar ko‘rib o‘tamiz: 1) билäзук – bilaguzuk (I tom, 473-sahifa); 2) бiтiк – tumor (o‘g‘uzcha) (I tom, 366-sahifa); 3) боғмақ – bo‘yin tumor. Tilla va boshqa narsalardan yasalib, har xil qimmatbaho toshlar va marvaridlar qadalgan, kelinlar bo‘yniga taqadigan ziynat asbobi (l tom, 433-sahifa); 4) боз: боз мунчуқ – xotinlar taqadigan bir xil munchoq (lll tom, 133-sahifa); 5) jiнjу – marvarid, inju ( o‘g‘uz va qipchoqlarda) (l tom, 394-sahifa); 6) jузук – uzuk (lll tom, 26-sahifa); 7) jïнjy – Inju, dur. Kanizaklarga jïнjy deyish ham shundan. Maqolda ham shunday kelgan: öтлуғ jïнjy jəрда қалмас - teshilgan dur yerda qolmaydi, uni bir oladigan chiqadi. Bu maqol kanizaklarga qizligicha uzoq qolib ketmaydi, unga bir uylanadigan odam topiladi, degan ma‘noda qo‘llanadi (l tom, 440-sahifa); 8) купä – zirak, isirg‘a (lll tom, 236-sahifa); 9) мунчуқ – minchoq, qimmatli toshdan qilingan marjon (l tom, 440-sahifa); 10) тiзiлдурук – maxsining boshiga bezak uchun qadaladigan silliq, yaltiroq chaqalar (l tom, 482-sahifa). XIII - XIV asrlarda ham turkiy tillarga qiziqish ortib bordi. Turkiy tillarni o‘rganish ehtiyoji tufayli turkiy tillar lug‘ati va grammatikasiga bag‘ishlangan qator asarlar yaratildi. Ana shunday asarlardan biri "At-tuhfat uz-zakiyati fil lug‘otit turkiya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa") kitobi, bu asarning muallifi shu kungacha aniqlanmagan. "At-tuhfa" ("Noyob tuhfa") asarining birgina nusxasi bizgacha yetib kelgan, Istanbuldagi Valiuddin kutubxonasida saqlanadi. Professor Solih Mutallibov "At-tuhfa"ni 1966-yilda birinchi bor o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr etdi. Lug‘atda kasb-hunar, savdo, ijtimoiy hayot, tafakkur, o‘simliklar, hayvonlar va boshqa sohalarga oid so‘zlar arab alifbosi harflari bo‘yicha boblarga ajratib izohlangan. Kitob muallifining tilshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha qarashlari, o‘z mukammalligi, yangiligi, yashovchanligi bilan farqlanadi. Asarda quyidagicha zeb-u ziynat buyumlari nomi keltirilgan: 1) бiлазук – bilak uzuk (184-sahifa); 2) боjyн – bo‘yinga taqiladigan (187-sahifa); 3) боншуқ – munchoq (188-sahifa); 4) бüзüк – qo‘sh uzuk (189-sahifa); 5) гüxäр – gavhar (192-sahifa); 6) juзук – uzuk (206-sahifa); 7) iнжi – dur (212-sahifa); 8) кохар – gavhar (222-sahifa); 9) қïзïлчатирнақ - marjon (224-sahifa); 10) cïзға – zirak (46-sahi

Доказательный фрагмент

«To what extent are the names of ornaments and jewelry reflected in our dictionaries?»

Образец извлечения

Демо-превью

To what extent are the names of ornaments and jewelry reflected in our dictionaries? Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Devonu dictionary of Turks", "At-tuhfa", names of ornaments, "Karakhanid
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники