Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Mahbuba Qudrat qizi Qodirjonova
Sevinch Murod qizi Botirova · Mahbuba Qudrat qizi Qodirjonova (TMC instituti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 101-23-guruh talabasi)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article talks about the use of interactive methods in primary classes. Also, interactive methods in primary classes, their types, the role of modern technologies in the educational process of the methods used in primary classes, the possibilities of using modern pedagogical technologies by primary school teachers of general secondary schools analyzed. Key words: primary classes, interactive methods, pedagogical technology, educational process, information technology, skill, qualification. “Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi. Aks holda qanday kuch, insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin fanga torta olardi” (P.I. Chaykovskiy) Bugungi kunda o`quvchilarning o`quv va ijodiy faolliklarni oshiruvchi hamda ta`limtarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo`llash borasida katta tajriba to`plangan bo`lib ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. Dars jarayonida foydalanishi mumkin boʻlgan innovatsion texnologiyalardan biri bu interfaol metod sanaladi. Interfaol metod degani bu koʻp kuch sarf etmay, yuksak natijaga erishishdir. Boshlangʻich sinf matematika darslarida foydalaniladigan interfaol metodlarning usuli juda xilma-xil boʻlishi zarur. Darhaqiqat, boshlang‘ich ta’limda bola shaxsining aqli, dunyoqarashi, savodxonligi, mantiqiy tafakkuri, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari rivojlanadi. 20 0 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Ayniqsa, o‘qish darslarida bola borliq, atrof-muhit bilan tanishadi, yaxshini yomondan ajratishni anglaydi, vatan tuyg‘usini his qiladi. Ko‘rganini va o‘qiganini qayta hikoyalash ko‘nikmasi shakllanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziquvchanligi va bilishga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda pedagogik va axborot texnologiyalaridan darslarda samarali foydalanish bugungi kun pedagoglaridan zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab qiladi. Bu borada “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Zinama-zina” singari metodlar bilan bir qatorda “O‘zim tekshiraman”, “Bo‘lishi mumkin emas”, “Ortiqchasini top”, “Juftini top” singari didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Zinama-zina” metodlarida boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha o‘quv fanlarida foydalanish mumkin. Ushbu metodlardan dars jarayonida foydalanilganida juftlikda yoki kichik guruhlarda ishlash mumkin. “O‘yinli metodlar” Tavsif: O‘quvchilar dars jarayonida turli matematik o‘yinlar orqali bilimlarni mustahkamlaydi. Qo‘llash usullari: Matematik domino – Misollar va ularning javoblari bog‘langan kartalar orqali o‘rganish. Sonlar zanjiri – O‘quvchilar ketma-ketlik bilan misollar yechishadi. Geometrik shakllarni top – O‘quvchilar shakllarni aniqlashadi va nomini aytishadi. Hisoblash poygasi – Kim tezroq misol yechsa, yutadi. Matematik krossvordlar – Sonlar va amallar asosida tuzilgan jumboqlarni yechish. Misollar: o “Matematik domino o‘yini orqali misollarni yechish.” o “Qaysi son 10 dan katta, lekin 20 dan kichik?” o “Matematik kodni toping: 2, 4, 6, _, _, _.” «Klaster»metodi Klaster (gʻuncha, bogʻlam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli boʻlib, u tahsil oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq oʻylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar toʻgʻrisida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob'yektga yoʻnaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bogʻliq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning tahsil oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta oʻzlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini ta'minlashga xizmat qiladi. Interfaol metodlarning asosiy xususiyati shundaki, u bir mulohaza ustida koʻproq toʻxtalishga, u haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilishga undaydi. Masalan, Klaster metodidan boshlangʻich sinf matematika darslarida katta mavzu yoki boʻlim soʻngida, qolaversa, yangi mavzuni oʻtish jarayonida ham foydalanish mumkin. Masalan, 10 ichida arifmetik amallarni bajarish boʻlimi soʻngida bu metoddan foydalanish yaxshi natija beradi. Oʻquvchilar aynan shu boʻlimni oʻtish jarayonida nimalar bilan tanishgan boʻlsa, birin-ketin xotirasiga keltirib, hatto misollar va ularning yechilish yoʻllarigacha qayd etishga harakat qiladilar. Klaster metodidan foydalanish chogʻida uning xususiyati va ahamiyati haqida oʻquvchilarga tushuncha berib oʻtish lozim. 20 1 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Masalan: -tayanch tushunchani oʻqigach, nimani oʻylasangiz shuni yoriting; - yozilgan fikr orfogr
Доказательный фрагмент
«This article talks about the use of interactive methods in primary classes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the use of interactive methods in primary classes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary classes, interactive methods, pedagogical technology
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024