К содержанию
РецензированоRU2026

Препараты, широко используемые при лечении эймерий кроликов

QUYONLAR EYMERIOZNI DAVOLASHDA KENG QO‘LLANILADIGAN

in Library · 1 · 67-73 · 2026

Аннотация

this article provides information on the spread of eimeria, one of the most common diseases in rabbit farms, and the use of some anti-eimeria drugs that are widely used in the treatment of the disease. Keywords. Rabbit, eimeria, coccidiosis, Amprolium, Toltrox, Intracox oral, Iodine solution. KIRISH. Qishloq xo‘jaligining eng muhim vazifasi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirishdir. Quyonchilik chorvachilikda go‘sht resurslarini ko‘paytirish borasida hamda yengil sanoatni xomashyo bilan ta’minlash borasida ham katta salohiyatga ega bo‘lgan sohalardan biridir. Dunyo iqtisodiyoti va iste’mol zanjirida quyonchilik alohida o‘rin tutadi. Frantsiya, Belgiya, Ispaniya, Argentina va Meksika bu borada eng yaxshi tajribaga ega davlatlardan hisoblandi. Mo‘ynali va paxmoq zotli quyonlarni yetishtirishning katta ulushi Xitoyga tegishli, Italiya esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, insonning parhez ovqatlanishda 5 foizidan ko‘prog‘i parhez go‘shti bo‘lishi kerak. Aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish yiliga 5,5-6 kilogrammni tashkil etishi lozim. Germaniya, Frantsiya va Vengriyada bu ko‘rsatkich 2,5-3 kilogrammni tashkil etadi, ushbu mamlakatlarda mahsulotlarning 65 foizi klaster usuli bilan ishlab chiqariladi. http://www.newjournal.org/ 5 8 Volume–22_Issue-3_February_2023 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Qishloq xo‘jaligi klasteri - bu o‘zlari va innovatsion rivojlanishni qo‘llab- quvvatlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi raqobat va hamkorlik asosida ishlaydigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini geografik jihatdan qo‘shtni ishlab chiqaruvchilar, mahsulotlarni qayta ishlovchi guruhdir. Prezidentimizning 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida boshqa chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda quyonlarni parvarishlash bo‘yicha ixtisoslashgan komplekslarni qurish, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. O‘zbekistonda quyon boqishni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, 2020- 2024 yillarda respublikada quyon boqish klasterlarini ishga tushirish dasturi ishlab chiqilgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Chorvachilikning kichk tarmog‘i bo‘lgan quyonchilikda mahsuldorlikni yetarli darajada oshishiga ko‘pincha turli parazitar kasalliklar yo‘l qo‘ymaydi, ular orasida eymerioz alohida o‘rin tutadi. Eimeriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarning xususiyati va ularning iqtisodiy ahamiyati profilaktika va davolash usullarini doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Quyonchilik bilan shug‘ullanadigan har bir kishi Eymerioz (koksidioz) deb ataladigan (parazitar) kasallik haqida biladi. Bu invazion kasallik jigar va ichaklarda parazitlik qiladi va ko‘p hollarda xo‘jalikdagi yoki shaxsiy xonadonlardagi quyonlarning 90% gacha o‘limiga olib keladi. Invazion kasalliklar orasida quyon eymeriozi eng keng tarqalgan xavfli kasallikdir. Bu kasallik bilan asosan 3-4 oylik quyonchalar kasallanadi. Shaxsiy tadqiqotlarimizda esa barcha yoshdagi quyonlarda ushbu parazitning oosistalarini topdik. Kasallikni ko‘zg‘atuvchisi ichak va jigarda hayot kechiruvchi eymeriyalardir. Kasallikka quyonlar yilniig turli fasllarida chalinishi mumkin. Kasallik suv va ootsista bilan zararlangan oziqa orqali quyonlarga yuqadi. Kasallikning klinik belgilari. Eymerioz quyonlarda turli xil ko‘rinishda yuz berishi mumkin. Eymerioz bilan quyon ichagi kasallanganda ichi ketadi va quyonning ahvoli kundan-kunga og‘irlashadi, yaxshi ovqatlanmaydi, ozib ketadi, yosh quyonchalar o‘sishdan qoladi. Yungi hurpayadi, qorn sohasi miyyoridan ortiq shishib ketadi va osilib qoladi, tana harorati ko‘tariladi, 15-20 kundan keyin quyon o‘ladi. Kasallikning jigar formasi uzoq vaqt davom etadi (30-50 kun). Klinik ko‘rinishi jihatidan, u ichak formasiga uxshab ketadi, biroq farqi shundaki, kasallik belgisi kamroq namoyon bo‘ladi. TADQIQOT USULLARI VA NATIJALARI. Kasallika o‘z vaqtida tshxis qo‘yish, to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolanish ishlarini qo‘llash juda muhimdir. Bugungi http://www.newjournal.org/ 5 9 Volume–22_Issue-3_February_2023 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS kunda aynan quyon eymeriozi uchun qo‘llashga preparatlar kam uchraydi ammo eymeriyalar uchun bir qancha preparatlar keng qo‘llanilmoqda, ulardan ayrimlarining tarkibi, qo‘llanishi haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirganmiz. Amprolium - parranda va quyonlarda eymeriozga qarshi ishlatiladigan eng samarali dori-darmonlardan biridir. Ushbu vosita oq kukun holida bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Amprolium gidroxloridi faol moddasi tezda eymeriya hujayralariga kirib, uglevod metabolizmini buzadi. Shunday qilib, Amprolium parazitlardan tezda xalos bo‘lishga yordam beradi. Mahsulot 10-50 grammlik kichik paketlarga yoki 1 kg yoki undan ortiq kattalikdagi paketlarga qadoqlanadi. Preparat Amprolium yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozaga

Доказательный фрагмент

«this article provides information on the spread of eimeria, one of the most common diseases in rabbit farms, and the use of some anti-eimeria drugs that are widely used in the treatment of the disease.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article provides information on the spread of eimeria, one of the most common diseases in rabbit farms, and the use of some anti-eimeria drugs that are widely used in the treatment of the disease. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rabbit, eimeria, coccidiosis, Amprolium, Toltrox, Intracox oral, Раствор йода., кокцидиоз, Yod eritmasi., эймерия, препарат, Iodine solution., koksidioz, Toltroks, preparat, Quyon, Кролик, drug, Ампролиум, Интракокс оральный, Толтрокс, eymerioz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
IODINE DEFICIENCY AND THE PROBLEM OF SALT IODATION

ЦЕНТРАЛЬНО АЗИАТСКИЙ ЭНДОКРИНОЛОГИЧЕСКИЙ ЖУРНАЛЮлдашева Ф.З, Садикова А.С +22022

3