Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ РАСТЕНИЯ РОМАШКИ (MATRICARIA)
Qurbonova Shodiyona
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Chamomile is one of the most useful and effective plants in nature's pharmacy. This plant is widely used in the treatment of headache, brain, tooth, ear, eye pain and other diseases. Basically, it has the ability to fight against microbes, reduces inflammation in the intestines, reduces allergic reactions, and normalizes the secretion of bile. Key words: Medicinal plants, chamomile, marigolds, plantation. ЗНАЧЕНИЕ РАСТЕНИЯ РОМАШКИ (MATRICARIA) Аннотация. Ромашка – одно из самых полезных и эффективных растений в природной аптеке. Это растение широко применяется при лечении головной, мозговой, зубной, ушной, глазной боли и других заболеваний. По сути, он обладает способностью бороться с микробами, уменьшает воспаление в кишечнике, снижает аллергические реакции, нормализует выделение желчи. Ключевые слова: Лекарственные растения, ромашка, бархатцы, плантация. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o‘simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko‘paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtirish klasterlari tashkil etilib, ular tomonidan moychechak, kovrak, limono‘t, qalampir yalpiz, qizilmiya, zaʼfaron va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ularning faoliyati natijasida o‘tgan 2021-yilda 4 ta xorijiy davlatga 1,7 mln AQSH dollar qiymatidagi dorivor o‘simliklar xom ashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilindi. Dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklardan biri moychechak hisoblanadi. 1 06 2 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Moychechak sug‘oriladigan tuproqda manzarali o‘simlik sifatida parvarish qilinadi. Bir tup o‘simlikda 6-8 savatda 120-140 dona gul shakllanadi. O‘simlik tanasi yer bag‘irlab o‘sadi (1- rasm). O‘simlik miqyosida turli uzunlikdagi barglar o‘chraydi. Bu barglarning uzunligi 0,3 sm dan 3,5 sm gacha yetadi. Barglari va turi rangdagi gullari manzaralilik xususiyatini ko‘chaytiradi. Generativ novdaning uchki qismida bir dona to‘pgul shakllanadi[1]. 1-rasm. Moychechak (Matricaria) o‘simligi G‘unchalarning to‘liq yetilgan holga bo‘lgunicha 10-15 kun muddat talab etiladi. G‘unchalarning uzunligi ham yetilish muddatlariga mos tarzda 0,2 sm dan 2 sm gacha yetadi. o‘simligining jamoasida qizil va sariq rangli gultojibarglari o‘chraydi. Ko‘pincha oq rangli gullari bo‘ladi. Moychechak gullari savatchada joylashadi. Changchi gullari cheksiz. Gultojibargining chetlari ajralgan bo‘lib, ularning soni 5 donani tashkil etadi (rasm). Urug‘chi gullari ikkita mevachi bargning qo‘shilishidan xosil bo‘lgan bitta urug‘chidir[3],[4]. Dorivorlik xususiyati: Moychechak gulining gul savatchalari tarkibida efir moylari, flavon glikozidlar, kumarinlar, karotin, S vitamini, oqsil oshlovchi, achchiq va shilliq moddalar bor. Ibn Sino ta’riflaganidek, moychechak qizdiruvchi va xiltni etiltiruvchi xususiyatga ega. Tiqilmalarning va tomirlarning og‘izlarini ochadi, terlatadi. Erituvchi va suyultiruvchi ta’sirga ega. Me’dadagi issiqdan bo‘lgan shishni va qotib qolgan qonni eritadi, sovuqdan bo‘lgan shishlarni yo‘qotadi. Oqma yaralarda foyda qilib, qovjiragan yaralarni ko‘chiradi, tuzalishi qiyin yaralarni tozalaydi. Mushak va asab jarohatlarida davo bo‘lib, yangi uzilgan guli hidlansa, uxlatadi. Peshob, savdo va balg‘amni so‘radi, bavosirni davolaydi, qovuq og‘rig‘iga, taloq qattiqligiga shifo bo‘ladi. Shuningdek ko‘z og‘rig‘ida, ko‘z nuri xiralashganida, toshmalarda, qichimada foyda qiladi. Xalq tabobatida moychechak gullaridan tayorlangan dorivor vositalar (qaynatma, damlama, malham, sharbat, yog‘) miya, bosh, tish, quloq, ko‘z, og‘riqlarini, oshqozon- ichak, asab, o‘pka, jigar, buyrak, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.
Доказательный фрагмент
«Chamomile is one of the most useful and effective plants in nature's pharmacy.»
Образец извлечения
Демо-превьюChamomile is one of the most useful and effective plants in nature's pharmacy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Medicinal plants, chamomile, marigolds, plantation, Лекарственные растения, gultojbarglar, Dorivor o‘simliklar, плантация., бархатцы, moychechak, plantatsiya., plantation., ромашка
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025