Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МАКТУМКУЛИ И ТУРКМАНО-УЗБЕКСКАЯ ЛИТЕРАТУРНО-КУЛЬТУРНАЯ СРЕДА
Xudoymurodova Hurriyat Muxiddinovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article will talk about the life and creative work of the Turkmen people, as well as the literary figure Makhtumkuli. In the literary heritage of Makhtumkuli, the feelings of blood-kinship of the Uzbek-Turkmen elites were echoed in the article, and the poems of the Turkmen people, whose lives, dreams, national traditions and important socio-political phenomena that occurred in the life of the people were analyzed. Keywords: Allah jamoli, turkmen people, Turkmen literature, folk oral creativity, islamic and mystical views, Ozodiy, Turdi shoir, recitation, moral purity. МАКТУМКУЛИ И ТУРКМАНО-УЗБЕКСКАЯ ЛИТЕРАТУРНО-КУЛЬТУРНАЯ СРЕДА Аннотация. В этой статье рассказывается о гордости туркменского народа, а также о жизни и творческой деятельности литературного деятеля Махтумкули. В статье были проанализированы стихи Махтумкули, в литературном наследии которых воспеты чувства кровного родства узбекско-туркменского народа и отражены жизнь, мечты, национальные традиции туркменского народа, а также важные общественно- политические события, произошедшие в жизни народа. Ключевые слова: Аллах джамали, туркменский народ, туркменская литература, устное народное творчество, ислам и мистические взгляды, Азади, Турди поэт, aйтыш, нравственная чистота. “Maxtumquli-Firog’iy, nafaqat, turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o’rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir. Hassos so’z san’atkorining chuqur gumanizm bilan sug’orilgan asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu qadriyatlari va oliyjanob fazilatlarni tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard bo’lishga, turli millat va elatlar o’rtasida o’zaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat namunasidir”. (Shavkat Miromonovich Mirziyoyev) Turkman adabiyoti ham boshqa xalqlar adabiyoti singari xalq og’zaki ijodidan boshlangan. Turkiy xalqlarning mushtarak adabiy yodgorliklari: “Qo’rqut Ota kitobi”, “Shohsanam va G’arib”, “Sayot va Hamro”, “Layli va Majnun”, “Yusuf va Zulayho” kabi dostonlari turkman 1 04 5 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ adabiyotida ham o’ziga xos variantlari mavjud. Turkman xalqining orzu-umidlari, alam va iztiroblari uning ertaklari, dostonlari, qo’shiqlarida ifodalangan. XVIII asr oxiri - XIX asr boshida Andalib, Mullanafas Qozoqberdi o’g’li, Ma’rufiy, Shaydoiy, G’oyibiy, Kamina kabi turkman adabiyotining yirik vakillari ijodida turkman xalqining tili, urf-odatlari, madaniyati, adabiyoti, san’ati umumiylashdi. Maxtumquli ijodi esa turkman adabiyotining yorqin sahifasini tashkil etadi. XVIII asrda turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlashtirishgan. Maxtumquli esa turkman adabiyotida yangi yo’nalishni boshlab bergan. Maxtumquli dastlabki ta’limni o’z otasidan olgani ma’lum. So’ng ovul maktabidagi Niyozsolih mulla qo’lida o’qiganligi, tahsil davomida u o’zini har qanday og’ir nazariy masalalarni ham yengil o’zlashtira olishga qodir o’quvchi sifatida namoyon eta bilganligi manbalardan bizga ayon. Maktab tahsilini tugatgach, o’qishini Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko’kaldosh, keyinchalik xonlik markazi bo’lmish Xivadagi Sherg’ozi madrasalarida davom ettirib, zamonasining fozil kishisi bo’lib yetishdi. O’z mehnati bilan halol rizq topish maqsadida zargarlik hunarini o’rgandi. Maxtumquli hali to’qqiz yoshidanoq qo’liga qalam olib, she’r yozishga tutinganligi e’tiroflidir. To’qqiz yoshida bobosi va otasi izidan borib, xalq yo’lida qo’shiqlar to’qiy boshlaganligi uning kelajakda mukammal badiiy ijod sohibi bo’lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shoir ba’zi she’rlarida “Firog’iy” taxallusini qo’llaydi. Afg’oniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon singari mamlakatlar hamda Samarqand, Toshkent, Turkiston kabi bir qancha shaharlarga sayohat qilganligi va asarlarida buni singdira olganligini ma’lum. (Ma’lumki, Sa’diy Sheroziy, Furqat, Muqumiy, Zavqiy ijodida ham sayohat voqealari uchraydi). Maxtumquli ijodi liro-epik dostonlar g’azal, mumtoz she’riyat yo’lida bitilgan to’rtlik va muxammaslar hamda xalqona ohanglarda yozilgan she’rlaridan iborat. Maxtumqulining ijodi bilan maxsus shug’ullangan mutaxassislarning fikricha, shoir ijodining umumiy hajmi o’n ming misradan ortiqroqni tashkil etadi. Ba’zi manbalarda esa, jumladan, taniqli sharqshunos olim E.Bertelsning yozishicha, Maxtumquli adabiy merosining umumiy miqdori taxminan 16-18 ming misraga yetganligi haqidagi ma’lumotlar o’rinlidir. Shoirning qator she’rlarida turkman xalqining hayoti, orzu-armonlari, milliy an’analari hamda xalq hayotida yuz bergan muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalar aks ettirilganligini sababi Vatan va xalq mavzusi-Maxtumquli she’riyatining o’q ildizini tashkil etadi. “Turkman binosi” she’rida turkman xalqiga xos g’urur, oriyat, ittifoqlik tuyg’ulari haqida iftixor bilan yozganligi, ayni vaqtda shoir turkmanlardagi bunday ma’naviy s
Доказательный фрагмент
«This article will talk about the life and creative work of the Turkmen people, as well as the literary figure Makhtumkuli.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will talk about the life and creative work of the Turkmen people, as well as the literary figure Makhtumkuli. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Allah jamoli, turkmen people, Turkmen literature, folk oral creativity, islamic, xalq og’zaki ijodi, Turdi shoir, туркменский народ, нравственная чистота., aytishuv, Азади, islamic and mystical views, turkman adabiyoti, moral purity., Аллах джамали, recitation, turkman xalqi, устное народное творчество, ислам и мистические взгляды, ahloqiy poklik., islom va tasavvufiy qarashlar, Olloh jamoli, Ozodiy, Турди поэт, туркменская литература, aйтыш
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026