К содержанию
РецензированоEN2026

QASHQADARYO VILOYATI BALANDLIK MINTAQALARINING TIZIMLI - STRUKTURAVIY TAHLILI Jo'rayeva Zebo Xolmirza qizi Qarshi davlat universiteti talabasi.

Jo'rayeva Zebo Xolmirza qizi · КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

in this article, the regions of the height of the Kashkadarya region are systematically and structurally analyzed geographically. On the basis of the relief, geomorphological composition, natural resources and vertical zoning of their landscapes, steppe, adir, mountain and Meadow regions were allocated, on each of which the absolute height, relief features, climate, soil cover, flora and fauna were analyzed. The article serves to assess the natural-geographical systems of the Kashkadarya region on a scientific basis. Keywords: Kashkadarya region, altitude regions, desert, adir, mountain, meadow, landscape zoning, systematic approach, natural resources, ecological balance. Kirish. Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, o‘zining murakkab relyef tuzilishi, turli balandlik mintaqalari va boy tabiiy resurslari bilan ajralib turadi. Hududning g‘arbidagi cho‘l va adirlar zonasidan boshlab, sharqiy qismlardagi baland Hisor tog‘ tizmasigacha bo‘lgan oraliqda geomorfologik, litologik va bioklimatik komponentlarning murakkab o‘zaro bog‘liqligi kuzatiladi. Mazkur hududda balandlik bo‘yicha zonallik nafaqat tabiiy landshaftlarning shakllanishi, balki antropogen faoliyat, yer resurslaridan foydalanish strategiyasi hamda ekologik muvozanatni saqlash imkoniyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu balandlik mintaqalari iqlim, tuproq, o‘simlik qoplami va landshaft turlarining 1638 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 hududiy farqlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shu tabiiy zonallikni tizimli va strukturaviy jihatdan tahlil qilish, hududning geologik, geomorfologik va ekologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, tog‘li hududlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va ularning iqtisodiy-geografik salohiyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy qism. Qashqadaryo viloyati mamlakatimizdagi togʻ hududlaridan biri boʻlib, viloyatning Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Gʻuzor, Dehqonobod va Chiroqchi tumanlaridagi ancha katta maydonlar togʻ hududlariga mansub. Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalarining tizimli strukturasi hali hamon mukammal tarzda o’rganilmagan masala hisoblanadi. Bu masalaning ayrim jihatlari L.N. Babushkin, N.A. Kogay (1965 y.), S.A. Nishonov (1966), O.Y. Poslavskaya (1964), M. Rasulov (1964), S.A. Nishonov(1966), A.Mamatov (1967), I. Hasanov (1972), R. Halimov (1980) tomonidan o`rganilgan, ammo Qashqadaryo viloyatining balandlik mintaqalarining tizimli strukturaviy tahlili bayon qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari, geografik asar yoki adabiyotlar yo`q. Qashqadaryo viloyatida togʻ hududlarining maydoni 12,8 ming km2, shundan dengiz sathidan 800 m yuqorida joylashgan “sof” togʻ hududlarining maydoni 7,6 ming km2 yoki viloyat jami maydonining 26% ini tashkil etadi. Baland togʻ landshaft tizimining maydoni 69 ming ga. ni tashkil etadi. ( 1-rasm) 1-rasm. Qashqadaryo viloyatining umumgeografik xaritasi Mavjud kartografik amaliyotda togʻlar balandligiga koʻra: past (balandligi 200 m dan 800-1000 m gacha), oʻrtacha baland (700-800 m dan 2000 m gacha) va baland (2000 m dan ziyod) togʻlarga ajratiladi. ( 1- jadval) 1639 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 1-jadval Togʻ turi Balandligi (m) Tavsifi 200 m – 800/1000 m Adirlar, togʻoldi tekisliklari, Past togʻlar relyefning yumshoq shakllari, eroziyaga nisbatan ochiq. 700/800 m – 2000 m Relyef keskinlashadi, daryo Oʻrtacha baland togʻlar vodiylari, soyliklar, choʻqqilar nisbatan aniq shakllanadi. 2000 m dan yuqori Tik qiyaliklar, choʻqqilar Baland togʻlar qor/muzlik bilan qoplangan, vertikal zonallik yaqqol namoyon. 1-jadval. Balandlik mintaqalarining turlari Qashqadaryo havzasining landshaft tuzilmasi ancha murakkab boʻlib, bu еrda zonallik sharoitlariga koʻra 4 ta landshaft mintaqasi yaqqol namoyon boʻladi. Bu mintaqalarning har biri uzoq davom etgan geologik davrlarda shakllangan va oʻziga xos taraqqiyot yoʻli, qonuniyatlari bilan bir qatorda, nafaqat landshsaft xususiyatlariga, balki tizim xususiyatlariga koʻra ham, balandlik va pastliklarning oʻzaro munosabati boʻyicha ham, xoʻjalik turlari, ixtisoslashuvi, kishilarning hayot sharoiti va yashash tarzi, ishlov beriladigan yеrlar miqdori, aholi joylashuvidagi yaroqliligi, haydaladigan yеrlari, iqlim sharoiti, dehqonchilik va chorvachilik uchun qulayligi, tabiiy salohiyatiga koʻra ham bir-biridan farq qiladi. Baland tog’ yaylovlari Hisor tizmasining 2800-3000 m dan yuqori qismida tarqalgan bo’lib, ular subalp va alp o’tloq dasht landshafti hisoblanadi. Mintaqa doirasida turli vodiy va chuqur daralar bilan bir-biridan ajralib turadigan Osmontarosh, Beshnov, Eshakmaydon, Xontaxti, Kurek va Maydanak kabi tog’lar mavjud va ular bir umumiy nom bilan Yakkabog’ tog’lari ( 3500-3700 m) deb ataladi. Bu tog’larni tashkil etuvchi tog’ jinslari tokembriy, quyi va yuqori paleozoyga mansubdir. Yakkabogʻdaryo va Katta Oʻradaryoning yuqori oqimlari oraligʻidagi Chaqchar togʻlari (Xoʻja Axchaburun, 37

Доказательный фрагмент

«in this article, the regions of the height of the Kashkadarya region are systematically and structurally analyzed geographically.»

Образец извлечения

Демо-превью

in this article, the regions of the height of the Kashkadarya region are systematically and structurally analyzed geographically. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kashkadarya region, altitude regions, desert, adir, mountain, meadow, yaylov, ekologik muvozanat., landshaft zonalligi, tizimli yondashuv, cho‘l, Qashqadaryo viloyati, balandlik mintaqalari, tog‘, tabiiy resurslar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники