К содержанию
РецензированоUZ2026

Qo‘shtepa kanali loyihasining O‘zbekiston Respublikasiga ta’siri

QO‘SHTEPA KANALI LOYIHASINING O‘ZBEKISTON · RESPUBLIKASIGA TA’SIRI · Soliyeva Aziza Umarovna IXTI · Janubiy Osiyo

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026

Аннотация

Bugungi kunda O‘zbekiston uchun iqtisodiy va ekologik oqibatlarni hisobga olgan holda mintaqadagi asosiy infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lgan Qo‘shtepa kanali qurilishining ta’sirini tahlil qilinishi va loyiha bilan bog‘liq ekologik, demografik va iqtisodiy xavflar ko‘rib chiqilishi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu suv resurslarining kamayishi, ekotizimlarning o‘zgarishi va loyihaning mintaqadagi biologik hilma-xillikka ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu muammoning yuqorida aytib o‘tilgan jihatlari hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va suv resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinishi bu maqolada ko‘zda tutilgan bo‘lib, Qo‘shtepa kanali qurilishining O‘zbekistonga ta’siri haqida xulosa chiqariladi. Kalit so’zlar: Qo’shtepa, O’zbekiston, Afg’oniston, tashqi siyosat, suv resurslari, Tolibon, tahdidlar. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va barqaror kelajagida muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda O’zbekiston tashqi va ichki siyosiy masalalari ichida katta e'tiborni jalb qilgan va munozaralarni keltirib chiqargan shunday loyihalardan biri ayni damda Afg’oniston hukumati tomonidan olib borilayotgan Qo’shtepa kanali qurilishi hisoblanadi. Mintaqaning asosiy infratuzilma ob'ektlaridan biri bo'lgan ushbu kanal keng ko'lamli muhandislik qurilma bo'lib, mamlakat iqtisodiyoti va ekotizimiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda. Qo‘shtepa kanalini qurish ishlari Afg‘oniston shimolida amalga oshirilmoqda va loyiha qurilayotgan joy Mozori-Sharif shahridan taxminan 90 km shimoli-g‘arbda 58 joylashgan. Ma'lumki, Afg ’onistondagi ko‘p yillik urushlar tufayli suv ta'minoti tizimi deyarli ishdan chiqqan bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi ekin maydonlari ikki baravar kamaygan [1]. Shu munosabat bilan kanal qurilishi va umuman sug‘orish tizimini rivojlantirish Afg‘oniston uchun katta ahamiyatga ega. Rejaga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirish ikki bosqichli bo‘lib, asosan mamlakatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kutilmoqda. Kanal qurilishi 2022-yil mart oyida boshlangan bo‘lib, uning 108 kmdan iborat birinchi qismi 2023-yil oktyabrda qurib bitkazilgan va suv bilan to‘ldirilgan [2]. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu kanalning umumiy uzunligi 285 km ni tashkil qiladi va loyihaning qiymati esa taxminan 684 million AQSH dollarni tashkil etadi [3]. Kanal qurilishi bilan bog‘liq muammolarning tagida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston o‘rtasida Amudaryo suvidan foydalanish va taqsimlash bo‘yicha imzolangan bosh kelishuvlarning yo‘qligi hisoblanadi. Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi suv munosabatlari 1992-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan imzolangan Olma-Ota bitimi bilan tartibga solinadi. Davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasi ham suv resurslarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, ushbu komissiya uzoq muddatli suv ta'minoti dasturini ishlab chiqgan va tasdiqlagan. Mintaqada suvdan foydalanish, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston tomonidan ratifikatsiya qilingan BMTning 1992-yildagi transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiyasi bilan tartibga solinadi. [1] Afg‘oniston esa Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yuqorida aytib o‘tilgan kelishuvlarga qo‘shilmagan. Afg‘onistonning geografik joylashuvi tufayli Amudaryo suvidan foydalanish huquqini hech kim inkor eta olmaydi, ammo uning global va mintaqaviy kelishuvlarda ishtirok etmasligi afg‘onlar uchun suvdan foydalanish bo‘yicha hech qanday huquqlarni ta'minlamaydi va majburiyatlarni yuklamaydi va bu Afg‘oniston va O‘zbekiston ikki tomonlama 59 munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omil. Shuningdek, «Tolibon» tan olinmagan hukumat bo‘lgani uchun uni qabul qilish va Markaziy Osiyo davlatlarining suv resurslarini boshqarishni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiya bilan kelishish mumkin emasligi vaziyatni yana-da murakkablashtirmoqda. Afg‘oniston hukumati ushbu loyihaga katta umid bog‘lamoqda. Malumotlarga ko‘ra, kanal Afg‘oniston shimolidagi ekin ekishga mo‘ljallangan 500 ming gektardan ortiq yerni o‘zlashtirish imkoni beradi [4]. Фото: The Third Pole Masala shundan iborat-ki, Amudaryo suvining ushbu loyiha orqali katta miqdorda ishlatilishi daryoning quyi oqimida joylashgan O‘zbekiston hududlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, kanalning Afg‘oniston uchun foydali jihatlarini ta’kidlash bilan bir qatorda, uning mintaqa mamlakatlari uchun yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan zararli oqibatlarini ham nazarda tutmoq lozim. Birinchidan, Afg‘onistonda Qo'shtepa loyihasining to‘liq ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suv inqirozini yana-da kuchaytiradi. Ba’zi ma'lumotlarga ko‘ra, kanalning to‘liq ishga tushirilishi 2028-yilga mo‘ljallangan. Ushbu loyihani o‘z nihoyasiga yetkazish besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, qurib bitkazi

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda O‘zbekiston uchun iqtisodiy va ekologik oqibatlarni hisobga olgan holda mintaqadagi asosiy infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lgan Qo‘shtepa kanali qurilishining ta’sirini tahlil qilinishi va loyiha bila…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda O‘zbekiston uchun iqtisodiy va ekologik oqibatlarni hisobga olgan holda mintaqadagi asosiy infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lgan Qo‘shtepa kanali qurilishining ta’sirini tahlil qilinishi va loyiha bila… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O’zbekiston, foreign policy, Афганистан, Uzbekistan, tahdidlar, Талибан, Taliban, tashqi siyosat, Qo’shtepa, Tolibon, threats, Afghanistan, водные ресурсы, water resources, Qo'shtepa, Куштепа, внешняя политика, suv resurslari, Afg’oniston, угрозы, Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники