Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi Teshayeva Shahzoda Rahimovna Osiyo Xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti Tarix ta’lim yo’nalishi ikkinchi bosqich talabasi.
QABRINING TOPILISHI · Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li · Teshayeva Shahzoda Rahimovna · Amenxotep IV (Exnaton).
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada olimlar Misrga XVIII asr oxirida qadimiy yodgorliklarni o’rganish uchun ilk bor kelganida, Misr qadimgi hukmdorlarining qabrlari allaqachon talon-toroj qilingani guvohi bo’ladi. Shu sababli Tutanxamon maqbarasining topilishi katta shov-shuvga aylanib ketadi. Maqbarining sirli tarixi haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Fir’avn, shoh saroyi, Maqbara, Karnavon, Karter, Ramzes II, Amenofis II, Amenxotep IV (Exnaton). Firʼavn — Qadimgi Misr podsholarining nomi. 22-suloladan boshlab (miloddan avvalgi 16-asr) podshoh unvoni firʼavn so’zi qadimgi misrcha "pero"dan olinib, dastlab "Shoh saroyi" ("Ulug’ uy") maʼnosini anglatgan. 18 suloladan boshlab, podshohning uzi firʼavn deb atalgan. Mamlakatdagi barcha ekin yerlari firʼavnlar mulki hisoblangan. Aholidan to’plangan soliqlar, odatda, firʼavnlarning shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflangan. Qadimgi Misr diniy tasavvurlariga ko’ra, firʼavn — quyosh maʼbudi, Gorning o’g’li, uning yerdagi inʼikosi va tabiat maʼbudi Osirisning merosxo’ri bo’lgan. Firʼavn hokimiyatining qudratini, ulug’vorligini ko’rsatish uchun ularga bag’ishlab ehromlar qurilgan Fir’avn - Qadimgi Misr hukmdorlarining umumiy nomi. Shuningdek yunon-makedon tarixida Ptolomeylarning unvoni. Qadimgi Misr e’tiqodiga ko’ra Fir’avn quyosh (Ra) ning o’g’li hisoblanar edi[1,B. 247]. Shuningdek Xorning yerdagi timsoli va Osirisning vorisi hisoblangan. Tutanxamon (taxtga o’tirgandagi ismi — Nebxeprura) - Misrda Yangi podsholik davri (18 sulola) da mil. avv. taxminan 1347-1337-yillarda hukm surgan firʼavn. Firʼavn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertititsan tug’ilgan 3 qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham bo’lgan. Tahminan 12 yoshida Tutanxamon (Atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga o’tirib, 20 yoshga to’lmasdan vafot etgan. Hokimiyat amalda vazir Eye va boshqa amaldorlar qo’lida bo’lgan. Tutanxamon davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. 437 Fevral, 2025-Yil Amon kultiga sajda qilish tiklangan, Tutanxamonning o’zi Tutanxamon ismidan voz kechib, firʼavn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan. Tutanxamonning shoxlar vodiysidagi maqbarasi 1922-yil ingliz arxeologi G. Karter tomonidan topilgan. Maqbara o’g’ri-qaroqchilar tomonidan talanmagan. Undan Tutanxamonning oltin sarkofagidan tashqari, yosh firʼavn tirikligida yaxshi ko’rgan sanʼat asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, firʼavn 2 g’ildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, oltin, ganch, qora va qizil yog’ochlardan ishlangan haykalchalar, o’qyoy, xanjar, quticha, o’rindiq va boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob sanʼat asarlari jahonning ko’pgina mamlakatlarida namoyish etilgan. Tutanxamon tarixda o’zining sirli maqbarasi, uning ichidan topilgan behisob boyliklar bilan mashhur bo’lgan Misr hukmdori. Uning sirli qabri haqida afsonalar ham, sirlar ham juda ko’p. Tutanxamon Misr hukmrdoriga aylangan paytlarida atigi 8-9 yoshlarda bo’lgan. Tahminlarga ko’ra uning taxtga chiqishida amaldorlar - qo’shin sarkardasi Xoremxeb va saroy ayoni Eyening xizmati katta bo’lgan. Tutanxamon 10 yil davomida mamlakatni boshqargan va yoshlik paytlaridayoq vafot etgan. Olimlar uni eramizdan avvalgi 1333-1324 yillarda hukmronlik qilganini aytib o’tadilar. Olimlar uzoq yillar davomida Tutanxamoning asl o’lim sababini bilish uchun turli texnologik vositalar yordamidan foydalanib kelishgan. Bu o’rinda uning vafotiga doir ikkita asosiy tahmin mavjud. Birinchisi hukmdor ensa sohasidan qattiq zarba olgani sabab bo’lgan (buning tasodifiy yoki atayin uyushtirilgan zarba ekanligi noma’lum). Ikkinchisi esa oyoq sohasini sindirib olgan va jarohatga infeksiya tushgani hukmrdorning o’limiga sabab bo’lgan. Tahminlarga ko’ra Tutanxamon Malika Nefertitining o’gay o’g’lidir. Olimlar Tutanxamon fir’avn Exnatonning o’g’li ekanligini aytishadi. Exnaton esa malika Nefertiti bilan oila qurgan va unga 6 nafar qiz farzand tuhfa etgan. Bundan tashqari Exnatonning kichkina xotini Kira ham bo’lgan va Tutanxamonning onasi aynan Kira sanaladi (ammo bularning aniq ma’lumot ekanligi isbotlanmagan). Tutanxamon tug’ilgan paytlariga unga Tutanxaton deya ism berilgan. U va otasi Exnatonning ismi tarkibidagi "aton" so’zi misrliklar ilohiga ishora bergan. Firavn Exnaton misrliklarni yagona iloh - Atonga sig’inish uchun majbur qilgan. Tutanxaton taxtga ega chiqqanidan keyin mamlakat hududida avvallari yopiq bo’lgan barcha ibodatxonalarni ochib tashlashga buyruq bergan va o’z ismini Tutanxamonga o’zgartirgan. Tutanxamon mo’miyosi hamon Shohlar vodiysidagi maqbarada saqlanadi. Uning mashhur niqobi esa Qohiradagi Misr muzeyiga joylashtirilgan[2,B.197]. Tutanxamon va uning rafiqasi farzand ko’rishmagan, ammo malika Anxesenpaaton ikki marta homilador bo’lgan va bu paytda bolalar tug’ilmay vafot etavergan. 438 Fevral, 2025-Yil Ikkita qiz bola chaqaloqlarning chala tug’ilgan embrioni mo’miyolangan holatda Tutanxamon maqbarasidagi kichik qabrlar ichiga joylashtirilgan. O’tkazilgan DNK testlari esa qizaloqlarning
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada olimlar Misrga XVIII asr oxirida qadimiy yodgorliklarni o’rganish uchun ilk bor kelganida, Misr qadimgi hukmdorlarining qabrlari allaqachon talon-toroj qilingani guvohi bo’ladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada olimlar Misrga XVIII asr oxirida qadimiy yodgorliklarni o’rganish uchun ilk bor kelganida, Misr qadimgi hukmdorlarining qabrlari allaqachon talon-toroj qilingani guvohi bo’ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ramzes II, Karnavon, shoh saroyi, Maqbara, Amenofis II, Amenxotep IV (Exnaton)., Fir’avn, Karter
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026