Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАСКАЛЬНЫЕ РИСУНКИ ИМЕЮТ МЕСТО В НАШЕЙ ИСТОРИИ.
Bobohusenov Akmal Ashurovich
Современная наука и исследования · 3 · 88-92 · 2024
Аннотация
The article contains information about the rock paintings located in the Bukhara oasis and the territory of Uzbekistan and their study, as an example of religious views and economic life in human life. Key words: Abdujabbor Kabirov, rock paintings, Sarmishsay rock paintings, carving, signs on the rock, archaeological findings, ethnographic evidence, work of artists. НАСКАЛЬНЫЕ РИСУНКИ ИМЕЮТ МЕСТО В НАШЕЙ ИСТОРИИ. Аннотация. В статье речь идет о наскальных рисунках, расположенных в Бухарском оазисе и на территории Узбекистана, и их изучении, как примере в жизни человечества, о религиозных воззрениях и экономической жизни. Ключевые слова: Абдуджаббор Кабиров, наскальные рисунки, наскальные рисунки Сармишсая, резьба, знаки на скалах, археологические находки, этнографические свидетельства, работы художников. O‘zbekistonda qoyatosh suratlarini o‘rgangan arxeolog Abdujabbor Kabirovning yozishicha, Sarmishsoy qoyatosh suratlari,asosan, chorvador qabilalarning ijodiy mahsuli bo‘lib, bu yerda qadimgi davr rassomlarining mehnati o‘z ifodasini topgan va ular o‘z davrining xo‘jalik hayoti, ideologiyasi va madaniy dunyosi haqida hikoya qilganlar. Sarmishsoy qoyatosh suratlarining mazmuni, mavzusi va ulardan olingan arxeologik, etnografik dalillarga tayanib shuni aytish mumkinki, mazkur daradagi tasvirlar negizida ibtidoiy kishilar, qadimgi qabilalarning kundalik turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi hayotiy voqealar, ularning g‘oyaviy tushunchalari bilan aloqador bo‘lgan diniy e’tiqodlari yotadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, qoyatoshlarga ishlangan suratlar ham irim-sirimlar, sehr-jodularning bir ko‘rinishi bo‘lgan1. Muayyan davrda yashagan kishilar guruhi va qabilalar uchun muqaddas dargoh hisoblangan daralarga, qoyatoshlarga, g‘orlarga va kamarlarning devorlariga ishlangan odamlar, hayvonlar, qurol-yarog‘ va boshqa narsalarning tasviri tushurilgan suratlar tasodifiy holat emas. Sarmishsoy suratlarining g‘oyaviy mazmuni haqida bayon etilgan fikr-mulohazalar qanchalar ravon bo‘lsa-da, bu borada qoyatosh suratlari yangi tadqiqotlarga muhtoj hisoblanadi. 1 Кабиров Дж. Наскальные изображения Сармишсая // ИМКУ. Вып.9. -Ташкент, 1972.-С.50-55. 9 53 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ - Qoyatosh rasmlari qadimgi ajdodlarimizdan qolgan muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu qoyatosh rasmlari o‘tmish ajdodlarimizning tarixi, kundalik turmush tarzi, diniy, madaniy va ma’naviy hayoti haqida ma’lumot beruvchi muhim manba hisoblanadi; - Sarmishsoy qoyatosh suratlarining ishlanish texnikasi va tasviriga o‘xshash suratlar Farg‘ona hamda O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida ham uchrashi qadimgi davr Buxoro vohasi aholisining etnomadaniy aloqalari natijasi hisoblanadi; - Insonlar tabiat moʻjizalarini va uning sir-asrorlarini tasavvur etishi tufayli tirik jonzotlarga taqlid etishgan, ularning qiyofalarini yaratishgan. Insonlar rasmlar chizish orqali tabiatdagi narsa va hodisalarga o‘z ta’sirini o‘tkazish yoki undagi asov holatlarni bo‘ysundirishga hayolan harakat qilgan. Ana shu tasavvurlar ta’sirida shakllangan va o‘zlarining ilk ibtidoiy tajribalarini to‘play boshlagan dastlabki insonlar moʻjizakor tabiatdagi osori-atiqalarning rasmini chizish uchun tabiiy tayyor g‘orlardan, qoyalardan foydalangan; - Sarmishsoy suratlarining ishlanish texnikasi, mavzusi va mazmuniga qarab, xronologik jihatdan qadimiy suratlar, Ilk temir davri suratlari va keyingi davr suratlariga bo’linadi. Agar bronza va ilk temir davri tasvirlarining asosini yovvoyi va yirtqich hayvonlar tashkil etgan bo‘lsa, o‘rta asrlar va keyingi davrlarda qoyalarda ko‘proq uy hayvonlari, tog‘ echkilari, tuya, ot, eshak, bo‘ri, it, qush, tamg‘a shaklidagi belgi va noaniq, tushunarsiz tasvirlar aks ettirilgan. Bulardan tashqari qoyalarda ot choptirib ketayotgan chavandozlar yoki cho‘ponlar, olis safarga otlangan tuyalar karvoni, otliq ovchilarning tog‘ echkilari ortidan ta’qib qilib ketayotgan turli-tuman mazmunga ega bo‘lgan manzaralari aks ettirilgan. Bu tasvirlar, nisbatan qo‘pol, ko‘pincha oddiy sxematik uslubda, urib-cho‘kichlash, tirnash texnikalari asosida bajarilgan; - Qoyatosh san’ati yodgorliklari rasmlari turi, mazmun-mohiyati, ishlanish texnikasi, uslubi, saqlanish darajasi, hajmining katta-kichikligi kabi jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu farqlar ularning turli tarixiy davrlarda ishlanganligidan dalolat beradi. Bu rasmlar ustidan ikkinchi rasmning ishlanishi ham ularning boshqa-boshqa davrlarga oidligini ko‘rsatadi; - O‘lkamizda arablar istilosidan so‘ng, islom dinining keng yoyilishi natijasida qoyalarga rasm ishlash ancha sustlashib ketgan. Chunki, islom dinida rasm solish shakkoklik, ya’ni gunoh hisoblangan. Bu bilan qoyalarga rasm solish butunlay yo‘qolib ketmagan. Ammo, ularning mazmuni va mohiyatiga putur yetadi. Odamlar endi qoyalarga rasm ishlashda biror-bir maqsadni ko‘zlab emas, balki ermak sifatida qaray boshlaganlar. Keyingi davr tasvirlari,a
Доказательный фрагмент
«The article contains information about the rock paintings located in the Bukhara oasis and the territory of Uzbekistan and their study, as an example of religious views and economic life in human life.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article contains information about the rock paintings located in the Bukhara oasis and the territory of Uzbekistan and their study, as an example of religious views and economic life in human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abdujabbor Kabirov, rock paintings, Sarmishsay rock paintings, carving, signs, etnografik dalillar, qoyatosh suratlari, arxeologik topilmalar, знаки на скалах, наскальные рисунки Сармишсая, археологические находки, резьба, archaeological findings, qoyadagi belgilar, signs on the rock, o’ymakorlik, работы художников., work of artists., этнографические свидетельства, Sarmishsoy qoyatosh suratlari, Абдуджаббор Кабиров, rassomlarining mehnati., ethnographic evidence, наскальные рисунки
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026