К содержанию
РецензированоUZ2026

MEDIATA’LIM SHAROITIDA TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH Xujamkulov Aziz Pirimkulovich TDPU o’qituvchisi.

Xujamkulov Aziz Pirimkulovich

Современная наука и исследования · 2 · 95-105 · 2026

Аннотация

The article analyzes the process of formation and development of critical thinking skills of students in the context of media education from a scientific and theoretical point of view. The role and effectiveness of media education in the development of critical thinking skills of students, the influence of media education tools - digital technologies, Internet 40 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 resources, interactive programs, virtual and augmented reality technologies are also studied. In addition, the article considers the factors that hinder the formation of critical thinking skills in students with the help of media education tools, and measures to eliminate them. Key words: critical thinking, media education, educational strategies, VR technologies, multimedia, disinformation, fact-checking, analysis, artificial intelligence, information culture. Kirish. Bugungi zamonaviy dunyoda ijtimoiy munosabatlar-ning keskinlashuvi va axborot oqimining tobora ortib borishi natijasida inson fikrlash masalasi o‘z dolzarbligi jihatidan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib shakllantirish masalasi pedagogikaning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini anglagan holda, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga tez va aniq javob berishini ta’minlaydigan ilmiy dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifamiz sanaladi. Bu o‘rinda inson fiklash qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorini yuzaga chiqarishda fikrlash turlari va yo‘nalishlari ichida eng zarurlaridan biri sifatida tanqidiy fikrlashni keltirish mumkin. Ushbu o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.” – degan fikrlari asnosida bo‘lajak kardrlarni tayyorlashda bugungi kun ta’lim tizimida tanqidiy fikrlashning ahamiyati yuqori ekanligini ko’rinadi. Asosiy qism. “Tanqidiy fikrlash” tushunchasi XX asr o‘rtalarida pedagogika faniga kirib kelgan. Birinchilardan bo‘lib tanqidiy fikrlash atamasi K.Popper tomonidan ishlatilgan. Unga ko‘ra har bir tirik organizm muammolarni “hal qiluvchi” vazifasini bajaradi. Atrofdagi ma’lumotlar tirik organizmning ma’nosini tasdiqlash yoki rad etish sifatida qaraladi bu hodisani oldindan beradi. Bunday vaziyatda tanqidiy fikrlash – haqiqatni izlash va xatoni bartaraf etish usuli sifatida ishlaydi. Tandiqiy fikrlash qadimdan buyon turli olimlar va faylasuflar tomonidan o‘rganilgan va rivojlantirilgan. Quyidagi qadimgi olimlar o‘z qarashlari bilan tanqidiy fikrlashga katta hissa qo‘shgan: Yunon faylasuflaridan biri Suqrot “Sokrat usuli” orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo‘shgan va savol-javob yo‘li bilan mantiqiy tahlil qilish, mavjud qarashlarni shubha ostiga olish, haqiqatga erishish uchun mantiqiy mushohadalarni ishlatish muhimligini targ‘ib qilgan. Platon esa Dialektika usulidan foydalangan holda fikrlarni sinchkovlik bilan tahlil qilishni ilgari surgan hamda o’zining "G‘or tashbehi" falsafiy allegoriyasi inson qanday qilib o‘z fikrlashini rivojlantirishi va haqiqatni tanqidiy tahlil qilish orqali anglashini tushuntiradi. 41 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Yana bir faylasuf Aristotel mantiq va deduktiv fikrlash asoschisi sifatida o’zining “Organon” asari bilan fikrlash jarayonini mantiqiy tahlil qilish tamoyillarini alohida e’tibor qaratgan. O’rta asr Sharq Uyg’onish davri qomusiy olimlaridan biri Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni juda muhim deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, haqiqiy bilimga erishish uchun odamlar mustaqil fikrlashlari, dalillarni sinchiklab tekshirishlari va turli fikrlarni tahlil qilishlari kerak. Farobiyning fikricha, ideal jamiyatda har bir fuqaro o‘z fikrini asosli va mantiqan izchil tarzda ifoda eta olishi zarur. Shuningdek, u insonlarni dogmatik fikrlashdan voz kechishga, shubhalanish va izlanishga undaydi. Yana bir qomusiy olim Abu Ali ibn Sino esa empirik metod va ilmiy tadqiqotga asoslangan fikrlashni rivojlantirgan va tajriba va kuzatuvlar orqali bilimga erishish muhimligini ta’kidlagan. Abu Rayhon Beruniy esa tanqidiy fikrlashning amaliy jihatlariga katta e’tibor qaratgan. Masalan, u Yerning aylanishi haqidagi o‘sha davrda mashhur bo‘lgan qarashlarni tekshirib, o‘z tajribalari orqali ba’zi noto‘g‘ri tushunchalarni rad etgan. U ilm-fanni faqatgina nazariy fikrlash bilan emas, balki tajribalar orqali isbotlash kerakligini ilgari surgan. Uning "Hindiston" asari tanqidiy tahlilning yorqin namunasi bo‘lib, unda hind madaniyati, falsafasi va ilmiy yutuqlari haqida xolis va chuqur fikr yuritilgan. Zamonamiz olimlaridan akademik S.S.G‘ulomov o‘z tadqiqotlarida tanqidiy fikrlash uchun “dalillarni eslab qolish va g‘oyalarni isbotlash” deb ta’rif beradi. T.Nazarov tanqidiy- tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgangan va bu borada tadqiqotlar olib borgan. Olim quyidagicha ta’rif bergan: “Tanqidiy fikrlash bu – XXI as

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the process of formation and development of critical thinking skills of students in the context of media education from a scientific and theoretical point of view.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the process of formation and development of critical thinking skills of students in the context of media education from a scientific and theoretical point of view. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
critical thinking, media education, educational strategies, VR technologies, mediata’lim, VR texnologiya, faktlarni tekshirish, dezinformatsiya, axborot madaniyati., strategiyalar, sun’iy intellekt, multimedia, tahlil, tanqidiy fikrlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники