К содержанию
РецензированоRU2026

Антибактериальное действие в отношении возбудителя сальмонеллеза действие наркотиков

VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI” · SALMONELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHISIGA ANTIBAKTERIAL · PREPARATLARNING TA’SIRI

in Library · 2026

Аннотация

В данной статье описывается определение показателя дисковой диффузии при исследовании резистентности к комплексному препарату ЭТИС-2 и некоторым другим антибиотикам возбудителей самонеллеза, распространенных среди сельскохозяйственных животных. Summary: This article describes the determination of the index of disk diffusion in the study of resistance to the complex drug ETIS-2 and some other antibiotics of pathogens of self-infection common among farm animals. Kalit so‘zlar: Salmonellyoz, antibiotik, probirka, S.enteritidis, Salmonella Shigella yarim suyuq agar, Bismuth Sulphite yarim suyuq agar, Blood agar base (Infusion agar base) yarim suyuq agar, sezuvchanligi, disk. Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda salmonellyoz nafaqat respublikamizda balki butun dunyo miqyosida veterinariya va tibbiyot sohalarida muhim muammo bo‘lib kelmoqda. Ko‘pincha, Salmonella Enteritidis, Salmonella Typhimurium va Salmonella Dublin qo‘zg‘atuvchilari qishloq xo‘jaligi hayvonlari orasida uchrab, chorvachilikka ziyon keltirib turadi. Aynan shu salmonella serovarlari hayvonlar va odamlarda oziq-ovqat orqali yuqadigan epidemiyalarni keltirib chiqarishi hammaga ma’lum [1]. ETIS-2 preparatiga turli xil antibiotiklarni Salmonella qo‘zg‘atuvchilariga ta’sir darajalarini o‘rganish va bir necha turdagi bakterial kasallik salmonellyoz davolashda uning samaradorligini aniqlash. Salmonellyozni oldini olish va davolash uchun turli guruhdagi sul’fanilamid antibiotiklari qo‘llaniladi. Xilma-xil turli antibiotiklar va ETIS-2 preparatining suvli va moyli konsentratsiyali har xil eritmalari nafaqat salmonella turlariga balki boshqa tur bakteriyalariga ham sezuvchanligini aniqlash tadqiqotlarini o‘rganish 65 “AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya dolzarbdir. Yurtimizda mavjud chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollar orasida ba’zi yuqumli kasallik tez-tez qayd etilmoqda. Shunday kasalliklardan biri yangi tug‘ilgan hayvonlarning salmonellyoz kasalligi bo‘lib, ushbu kasallik buzoqlar orasida salmoqli o‘rinni egallaydi [4]. Preparatga shakl beruvchi element va adyuvant sifatida vitaminli o‘simlik moyi (trivit yoki tetravit) qo‘llanilgan. Kompleks preparat tarkibiga kiruvchi dorivorlarning turli mikroorganizmlarga ta’sirini inobatga olib, preparatni har xil turdagi yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni davolash samaradorligi laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida tadqiq qilingan va ushbu preparat yordamida qishloq xo‘jaliklar hayvonlarining bakterial etiologiyali kasalliklarni davolash uslubi respublika chorvachilik xo‘jaliklariga tatbiq etilmoqda [2]. “ETIS-2” kompleks preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning o‘zaro kombinatsiyasi – uning boshqa bakteriostatiklarga nisbatan afzalligini hosil qiladi. Bunday kombinatsiya – sinergetik (bir dori ta’sirini ikkinchisi kuchaytirishi) va prolongatsiya (dorining ta’sir muddatini uzaytirishi) samarasini beradi. Preparatni 10 kunlik yoshdan boshlab fiziologik holatidan qat’iy nazar, barcha turdagi hayvonlarga qo‘llash mumkin [2]. Material va metodlar. 2022-2023-yillarda Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Hududiy diagnostik laboratoriyada saqlanadigan Mikroorganizmlar kolleksiyasidan olingan S.enteritidis shtammi bilan Mikrobiologiya va Tuberkulyoz laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Salmonella shtammi (S.enteritidis) liofilizatsiya qilingan va-80oS sovuq sharoitida saqlangani bois, tajribalardan oldin Salmonella Shigella, Bismuth Sulphite va Blood agar base (Infusion agar base) yarim suyuq agarlarida differensiaatsiya qilindi. VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar davomida tayyorlangan antibiotik disklari ishlatildi. S.enteritidis qo‘zg‘atuvchisi 4 xil turdagi antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi: Enroflan, Nitoks, Ditrim va ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalarini Salmonella Shigella, Bismuth Sulphite va Blood agar base (Infusion agar base) agarlarida disk diffuziya usuli bilan aniqlandi. Natijalar va ularning tahlili. Salmonellyozni oldini olish va davolash uchun turli guruhdagi sulfanilamid, nitrofuran preparatlari va antibiotiklar qo‘llaniladi. Shu yo‘nalishda salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilariga ETIS-2 kompleks preparatining antibakterial ta’siri sinovdan o‘tkazildi. VITI Hududiy diagnostika laboratoriyasida saqlanadigan Mikroorganizmlar kolleksiyasidan olingan S. enteritidis shtammi bilan Mikrobiologiya va Tuberkulyoz laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Salmonella shtammi 66 “AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya (S.enteritidis) liofilizatsiya qilingan va -80oC haroratda sovutgichda saqlanganligi sababli, tajribalardan oldin Salmonella Shigella, Bismuth Sulphite va Blood agar base (Infusion agar base) yarim suyuq agarlarida differensiatsiya qilindi. Tadqiqotlarda VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida tayyorlangan antibiotik d

Доказательный фрагмент

«В данной статье описывается определение показателя дисковой диффузии при исследовании резистентности к комплексному препарату ЭТИС-2 и некоторым другим антибиотикам возбудителей самонеллеза, распространенных среди сел…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье описывается определение показателя дисковой диффузии при исследовании резистентности к комплексному препарату ЭТИС-2 и некоторым другим антибиотикам возбудителей самонеллеза, распространенных среди сел… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bismuth Sulphite yarim suyuq agar, Bismuth Sulphite semi-liquid agar, probirka, sensitivity, antibiotic, Salmonella Shigella yarim suyuq agar, Blood agar base (Infusion agar base) semi-liquid agar, полужидкий агар с сульфитом висмута, Сальмонеллез, чувствительность, test tube, полужидкий агар-основа кровяного агара (основа инфузионного агара), диск., sezuvchanligi, antibiotik, Salmonellosis, Salmonella Shigella semi-liquid agar, S.enteritidis, Salmonellyoz, Blood agar base (Infusion agar base) yarim suyuq agar, disc., пробирка, антибиотик, полужидкий агар Salmonella Shigella, disk.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники