Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERKIN A’ZAM KINOQISSALARIDA SYUJET VA KOMPOZITSIYANING O‘ZIGA XOSLIGI Boymatov Boburjon Saydali o‘g‘li Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi
Boymatov Boburjon Saydali o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Erkin A’zamning kinoqissalari syujet va kompozitsiya nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Muallif asarlarida syujetni voqealar rivojining markazi, kompozitsiyani esa ushbu voqealarni tartibga soluvchi badiiy shakl sifatida talqin etadi. Tadqiqot davomida kinoqissalardagi ekspozitsiya turlari, retrospeksiya unsuri, syujet elementlarining tartibi va kompozitsion yechimlar o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: syujet, kompozitsiya, ekspozitsiya, retrospeksiya, kinoqissa, dramatizm, estetik ta’sir. O‘zbek adabiyotidagi muhim ijodkorlardan biri Erkin A’zam o‘zining kinoqissalari bilan adabiyotimizda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Uning asarlarida syujet va kompozitsiya bir-birini to‘ldiruvchi, asarning badiiy yaxlitligini ta’minlovchi muhim unsurlar sifatida ko‘zga tashlanadi. Syujet asarning “tanasi” sifatida voqealar rivojini tashkil etsa, kompozitsiya uni muallifning dunyoqarashi va badiiy niyatiga mos ravishda tartibga soluvchi “libos”dir. Erkin A’zamning kinoqissalari syujet va kompozitsiyaning o‘zaro uyg‘unligi, retrospeksiya va badiiy vositalardan foydalanishning o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. Ushbu maqola adibning kinoqissalarida syujet va kompozitsiyaning xususiyatlarini, ularning tuzilishi, estetik ta’sirchanlikdagi o‘rni va ekran san’ati talablariga mosligini tahlil qiladi. Syujet badiiy asarda voqealar ketma-ketligini ta’minlaydi va asar muammosini tadqiq etishga xizmat qiladi. Uning tarkibida ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim kabi ichki unsurlar mavjud bo‘lib, ular asar janri va muallif niyatiga ko‘ra turlicha qo‘llaniladi. Kompozitsiya esa bu unsurlarni yaxlit tizimga birlashtirib, muallifning g‘oyaviy- estetik maqsadini ro‘yobga chiqaradi. Adabiyotshunoslikda kompozitsiya “badiiy asar qismlarini muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash uchun eng optimal tarzda joylashtirish, unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlarni ravshan anglatadigan butunlikka biriktirish” deb ta’riflanadi. Erkin A’zamning kinoqissalarida syujet va kompozitsiya o‘ziga xos uslubda ishlatiladi. Adibning asarlarida voqealar rivoji muallifning shaxsiy mulohazalari, retrospeksiya va badiiy vositalar orqali boyitiladi. Retrospeksiya, ya’ni o‘tmishdagi voqealarni yodga olish usuli, Erkin A’zam ijodida muhim o‘rin tutadi. Bu usul qahramonlarning ichki dunyosini, ularning kechinmalarini va asar g‘oyasini chuqur ochishga yordam beradi. Masalan, “Piyoda” kinoqissasida retrospeksiya asar o‘rtasida Berdiboyning vafot etgan momosi bilan suhbati orqali qo‘llanilib, voqealarga yangi ma’no qo‘shadi. Bu usul nafaqat voqealarga chuqurlik bag‘ishlaydi, balki o‘quvchi yoki tomoshabinni qahramonning o‘tmishiga bog‘laydi, uning ruhiy holatini tushunishga yordam beradi. Erkin A’zam kinoqissalarida syujet odatda xronikal yoki konsentrik turlarda tashkil topadi. Xronikal syujetda voqealar vaqt ketma-ketligiga rioya qilib rivojlanadi, konsentrik syujetda esa voqealar ma’lum bir markaz atrofida aylanadi. Adibning asarlarida ekspozitsiya muhim o‘rin tutadi. Ekspozitsiya qahramonlarni, ularning muhitini, xarakterini va zamonini tanishtirib, o‘quvchilarni asar voqealariga olib kiradi. Ekspozitsiya turlari – to‘g‘ri, teskari, sochma va kechiktirilgan ekspozitsiya – asar voqealariga kirishni turlicha ta’minlaydi. Erkin 80 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 A’zam ko‘proq to‘g‘ri va sochma ekspozitsiyadan foydalanadi, bu orqali o‘quvchilarni asar muhitiga asta-sekin jalb qiladi. Masalan, “Suv yoqalab”, “Farishta”, “Qarzdor”, “Qovunfurush Orol”, “Piyoda” va “Pakana” kinoqissalari ekspozitsiya bilan boshlanadi. Bu asarlarda muallif dastlab qahramonlarning hayoti, muhiti va xarakterini tanishtirib, keyinchalik asosiy voqealarga o‘tadi. Quyida adibning ba’zi kinoqissalaridagi syujet unsurlari tartibi keltiriladi: 1. “Suv yoqalab”: Ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya. Bu kinoqissada ekspozitsiya orqali qahramonlarning kundalik hayoti va muhiti tanishtiriladi, keyin voqealar rivoji orqali asosiy konflikt ochiladi. 2. “Zabarjad”: Prolog, voqealar rivoji, kulminatsiya, epilog. Prolog asar g‘oyasini umumiy tarzda ochib beradi, epilog esa voqealarni ochiq yakunlaydi. 3. “Qarzdor”: Ekspozitsiya, voqealar rivoji, kulminatsiya, teskari ekspozitsiya. Teskari ekspozitsiya orqali qahramonning o‘tmishi keyinchalik ochiladi, bu esa asar mazmuniga chuqurlik qo‘shadi. 4. “Pakana”: To‘g‘ri va sochma ekspozitsiya, voqealar rivoji, retrospeksiya, tugun, kulminatsiya. Bu asarda sochma ekspozitsiya yangi qahramonlarni voqealar rivojida tanishtirishga xizmat qiladi. 5. “Parizod”: Epilog, to‘g‘ri ekspozitsiya, voqealar rivoji, kulminatsiya, tugun. Epilog asar yakunida o‘quvchiga o‘z xulosasini chiqarish imkonini beradi. 6. “Qovunfurush Orol”: Ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya. Bu asarda voqealar xronologik tartibda rivojlanadi. 7. “Piyoda”: Ekspozitsiya, voqealar rivoji, kulminatsiya, teskari ekspozitsiya. Retrospeksiya orqali qahramonning o‘tmishi ochiladi, bu esa voqealarga yangi nuqtai na
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Erkin A’zamning kinoqissalari syujet va kompozitsiya nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Erkin A’zamning kinoqissalari syujet va kompozitsiya nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kinoqissa, dramatizm, syujet, ekspozitsiya, kompozitsiya, retrospeksiya, estetik ta’sir.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025