Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ETNOESTETIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Erkinjonova Guljaxon Farxodjon qizi
SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI · Erkinjonova Guljaxon Farxodjon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article highlights the theoretical and practical aspects of the formation of ethno-aesthetic culture in future teachers. The rich cultural heritage of the Uzbek people, historical and ethnographic research, national traditions and examples of folk applied art are analyzed as an important source in the formation of students' national aesthetic views. Ethno- aesthetics is interpreted as a means of understanding beauty in the individual, expressing an 40 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel aesthetic attitude to national values, developing artistic thinking and moral-aesthetic taste. In the study, the aesthetic environment of the family and educational institutions, the forms of cultural education, the aesthetic approach of teachers to art, as well as the emotional and aesthetic processes of students in understanding the ideal of ethnic beauty were analyzed on a pedagogical basis. The article substantiates the necessity of integrating the means of ethno- aesthetic education into the educational process based on proposals and recommendations aimed at the perception of national identity in an aesthetic context. Keywords: ethno-aesthetics, aesthetic culture, national values, pedagogical education, Uzbek folk art, aesthetic perception, family aesthetics, folk practical heritage, cultural environment, future teacher. O‘zbekistonning boy madaniy merosi, qadimiy xalq an’analari, urf-odatlari va san’at namunalari – zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning etnoestetik madaniyatini shakllantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda pedagogik ta’lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki shaxsni estetik, ma’naviy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid qarashlari va strategik yondashuvlari bo‘lajak o‘qituvchilar shaxsida estetik va milliy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash zaruratini belgilab bermoqda. [1] Ayniqsa, etnoestetik madaniyatni shakllantirish – yosh avlodning estetik didini, milliy o‘zligiga sodiqligini, estetik qadriyatlarni anglash va ularni qadrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim vositadir.Xususan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasida ta’lim-tarbiya jarayonini milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida boyitish masalasi alohida e’tirof etilgan. [2] Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda milliy madaniyat va madaniy merosni asrab- avaylash, yosh avlodga yetkazish ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. [3] Etnoestetik madaniyat deganda, insonning milliy estetik qadriyatlar, xalq ijodi, san’at, urf-odatlar, madaniy hayot bilan bog‘liq estetik tasavvurlar, bilimlar, tajribalar tizimi tushuniladi. [4]. U, avvalo, shaxsning milliylikka asoslangan go‘zallikni idrok etishi, uni ongida qayta aks ettirishi va faoliyatida ifodalash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. . Etnik madaniyat odatda xalqning turmush tarzida – til, bola tarbiyasi, kiyim-kechak, mehnat, turar joy arxitekturasi, uy- ro‘zg‘or buyumlari va, albatta, og‘zaki xalq ijodida o‘z ifodasini topadi. [5]. Etnik madaniyatning shakllanishiga tarixiy tajriba, tabiiy geografik muhit, etnosning diniy e’tiqodi, axloqiy qadriyatlari va ma’naviy-ruhiy merosi bevosita ta’sir qiladi. . Shu nuqtayi nazardan qaraganda, har bir xalqning nomi – etnonimi ham etnoestetik madaniyatning muhim elementi hisoblanadi, chunki u xalqning o‘zini o‘zi anglashini, tarixiy va madaniy identitetini belgilaydi. . Pedagogik ta’limda etnoestetik madaniyatni shakllantirish yo‘llari bir necha bosqichli, integratsiyalashgan yondashuvlarni talab qiladi. [6]. Avvalo, bo‘lajak o‘qituvchilarga milliy estetik qadriyatlar haqida nazariy bilim berish, ular asosida badiiy tahlil, estetik baho bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim. Bunga dars jarayonida milliy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at namunalari asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘zbek xalq amaliy san’at namunalarini tahlil qilish, ularning go‘zallik mezonlari haqida suhbatlar tashkil qilish orqali erishiladi. [7]. Shuningdek, etnoestetik tarbiya vositasi sifatida xalq og‘zaki ijodi, maqollar, afsonalar, xalq 41 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel qo‘shiqlari, milliy bayramlar, milliy liboslar estetik yondashuvda o‘rganilishi kerak. . Talabalarning milliy o‘ziga xoslikni estetik jihatdan anglashlari, turmush tarzida go‘zallikni qadrlash madaniyatini shakllantirishlariga imkon yaratish lozim. . Ta’lim jarayonida etnoestetik madaniyatni shakllantirish – shunchaki estetik bilim berish emas, balki shaxsning jamiyatda go‘zallik mezonlariga asoslangan axloqiy-irodaviy sifatlarini shakllantirish, estetik hissiyotlarini uyg‘otish, fikrlash madaniyatini rivojlantirishni an
Доказательный фрагмент
«This article highlights the theoretical and practical aspects of the formation of ethno-aesthetic culture in future teachers.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the theoretical and practical aspects of the formation of ethno-aesthetic culture in future teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ethno-aesthetics, aesthetic culture, national values, pedagogical education, estetik madaniyat, xalq amaliy merosi, pedagogik tarbiya, oila estetikasi, bo‘lajak o‘qituvchi., o‘zbek xalq san’ati, madaniy muhit, etnoestetika, estetik idrok, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014