К содержанию
РецензированоUZ2025

QOʻLLANILGAN ANTROPONIMLAR Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli Termiz davlat universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Telefon: +998937616566

NEW RENAISSANCE · QOʻLLANILGAN ANTROPONIMLAR · Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli · Sulton Abusaid mirzo

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan antroponimlarning qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chiqishi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik. Kalit soʻzlar: Boburnoma, onomastik, toponimlar, zoonimlar, Abduali tarxon, Abdulvahob, Sulton Abusaid mirzo, Abdulaziz. Oʻzbek tilshunosligida onomastik birlik tushunchasi uch xil xususiyatiga koʻra namoyon boʻladi: 1) onomastik birlik termini biror yakka atoqli otni ifodalaydi; 2) onomastik birlik nominativ-funksional xususiyatiga koʻra biror guruhga birlashuvchi nomlar majmuini ifodalaydi: toponimlar yoki zoonimlar kabi; 3) onomastik birlik onomastika doirasida umuman atoqli ot tushunchasini anglatadi. Onomastik birliklarning baʼzi tiplari atoqli ot sifatida maʼlum boʻlsada, ular deyarli izohlanmagan va tahlil qilinmagan. Atoqli otlar tilning onomastik superkoʻlamiga onomastik makrokoʻlamlar birligi sifatida kiradi. Onomastik makrokoʻlam superkoʻlamdan keyin turuvchi yirik boʻlinmadir va unda til onomastik tizimining muayyan belgilari asosida uyushuvchi va birlashuvchi hamda onomastik makrokoʻlamini tashkil etuvchi nominativ birliklar mujassamlanadi. Masalan: muayyan atoqli ot sifatida antroponimiya makrokoʻlamiga birlashadi. Shu sababli, biz mazkur bobda Pirimqul Qodirovning Bobur hayotiga bagʻishlangan tarixiy asarlarida keltirilgan antroponimlar sirasiga kiruvchi tarixiy shaxslarning ismlarini tasniflab, ularni leksik, stilistik va grammatik jihatdan tahlilini amalga oshirishga bagʻishladik. Birinchi navbatda Alloh sifatlari bilan, soʻng esa diniy tushunchalar bilan bogʻliq boʻlgan “Boburnoma”da zikr etilgan tarixiy shaxslarning nomlarini leksik, stilistik va grammatik tahlilini amalga oshirishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻydik. “Qurʼonda Alloh ismlari haqida shunday deyiladi: Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni 280 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 oʻsha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar), uning ismlarida haqdan ogʻib(nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan (mushrik) kimsalarni tark qilinglar” (Aʼrof” surasi, 180-oyat): “Alloh, deb yoki Rahmon-Mehribon, deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, ul zotning goʻzal ismlari bordir” (Alisro surasi, 110-oyat). Bu ismlar -99 ta, ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi”.19 “Qurʼoni Karimning “Hashr” surasida (22-24-oyatlar) “Alloh goʻzal ismlari”ning qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik,al-Quddua, asSalom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al- Mutakkabir, al-Holiq, alBori, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar qurʼonning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor Anashu hadisga koʻra. Muhammad (s.a.v.) 99 ta raqamini keltirganlar va har kim Alloh taoloning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta jannatdan joy ato qilinadi, deganlar. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi. Shunday ekan, biz ham “Boburnoma”da qayd etib oʻtilgan Alloh sifatlari bilan, hamda diniy tushunchalar bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy shaxslarning ismlarini alohida guruhlarga boʻlib ularni etimologik kelib chiqishi arabcha izofa koʻrsatkichi vositasida aniqlovchi aniqlanmish shaklida soʻz birikmasida hosil qilishi va ularning oʻzbek tilida ifodalaydigan leksik va grammatik maʼnolarini oʻzbek tilshunosligi nuqtayi nazaridan tahlilini amalga oshirishni birinchi rejaga qoʻydik. “Boburnoma”da Alloh sifatlari bilan bogʻliq boʻlgan “Abdulatif” soʻz birikmasi tarixiy shaxs ismi sifatida ikki marta tilga olinadi: “Andijon va Axsini, Shayboniyxon olgʻonda Yodgorsulton begim Hamza Sultonning Abdulatif Sulton otligʻ oʻgʻligʻa tushub edi (B.N:12). “Shohruh mirzo jami Movorounnahr viloyatini ulugʻ oʻgli Ulugʻbek mirzoga berib edi. Ulugʻbek Mirzodan oʻgʻli Abdulatif mirzo oldi(B.N:48). Yuqorida asardan keltirilgan parchalardan koʻrinib turibdiki, Alloh sifatlari bilan bogʻliq boʻlgan kishi ismlaridan “Abdulatif”ga toʻxtaladigan boʻlsak, bunday tarixiy shaxslar nomi “Boburnoma”ning bir necha joyida uchraydi. Ushbu soʻz mustaqil maʼnoga ega boʻlgan ikkita leksemadan tashkil topgan boʻlib, ”abdu” va “latif” soʻzlaridir. Abu soʻzi arabcha boʻlib ”gul” soʻzi orqali tarjima qilinadi. “Latif” leksemasi ham arabcha boʻlib, bu xudoning ism(sifat)laridan biri sanaladi va oʻzbek tiliga marhamatli, iltifotli, muloyim, mehribon kabi soʻzlar orqali tarjima qilinadi. Demak, “abdu” soʻz turkum jihatidan ot va “latif” soʻzi esa sifatdir; Har ikkala leksema bir biri bilan arab izofasi yordamida birikib “abdulatif” shaklidagi soʻz birikmasini hosil qilinadi. Mazkur soʻz birikmasidan koʻrinib turibdiki, oʻzbek tilida avval aniqlovchi kelsa, soʻng aniqlanmish keladi. Arab tilida esa oʻzbek tiliga nisbatan teskari boʻlib, avval aniqlanmish,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan antroponimlarning qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan antroponimlarning qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulvahob, Abduali tarxon, zoonimlar, toponimlar, onomastik, Sulton Abusaid mirzo, Boburnoma, Abdulaziz.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники