К содержанию
РецензированоEN2026

Lingvistika (ingliz tili) ixtisosligi 1-bosqich magistranti, Yodgorov Shamsiddin Abduraimovich

Ibragimova Ibodat Ilyas qizi · Yodgorov Shamsiddin Abduraimovich

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article is devoted to the concept of translation in linguistics and its types. Also, this article presents the definitions of the concept of translation given by linguists, the revolution of translation skills over the years, and the definitions given to linguistics based on linguistic theory. Keywords: Translation, interpreter, denotative theory, semantic theory, transformation theory, equivalent. ПОНЯТИЕ ПЕРЕВОДА И ЕГО ВИДЫ В ЛИНГВИСТИКЕ Аннотация. Статья посвящена понятию перевода и его видам в лингвистике. В статье также представлены определения, данные лингвистами понятию перевода, революция в навыках перевода, произошедшая за эти годы, а также определения, данные лингвистике на основе лингвистической теории. Ключевые слова: Перевод, переводчик, денотативная теория, семантическая теория, теория трансформации, эквивалент. Hozirgi kunda global muloqot bilan ajralib turadigan dunyoda tillar o‘rtasida axborot almashishda tarjima asosiy rol o‘ynaydi. Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima - millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. 882 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan tarjimonlikning bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan. Tarjima — bir tildagi matnlar, maqollar, iboralarni yangi bir tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishlaridan hisoblanadi. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki tur hozirda ham saqlanib qolgan. Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar asta -sekin yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. “Tarjima” tushunchasi bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi. XX asrga qadar – tarjima so‘zi faqat tarixiy, falsafiy, adabiy va badiiy asarlar o‘girmasiga nisbatan qo‘llanilib kelingan. Og‘zaki tarjimonga nisbatan esa turkiy xalqlarda – tilmoch, nemis tilida – dolmetechen, ingliz va fransuz tillarida – interpret atamalari qo‘llanilgan. Tarjima nazariyasi xususida aytilgan fikrlar ham shu yo‘sinda umumiy ma’no kasb etgan. G‘.Salomovning fikriga ko‘ra, tarjima tamasi forscha “tarzabon” so‘zining o‘zgargan shaklidir. Tarzabon fors tilida “chiroyli so‘zlovchi, notiq, tili burro kishi” degan ma’nolarni anglatadi. Asli arabcha bo‘lgan ushbu so‘z “tarjumon” shaklida bo‘lib, undan “tarjimon”, “tarjima” so‘zlari hosil bo‘lgan. Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, “tarjima” so'zining o'zi polisemantik bo'lib, kamida ikki xil tushuncha bilan bog'liq: 1. Psixolingvistik akt shaklida yuzaga keladigan va bir tilda paydo bo‘lgan asarning (matn yoki og‘zaki bayonot) boshqa tilda qayta yaratilishidan iborat bo‘lgan jarayon; 2. Tarjimon faoliyatining natijasi, bu jarayonning natijasi, ya’ni boshqa tildagi yangi ish (matn yoki og‘zaki bayonot). Tarjima ko‘p qirrali va o‘ta murakkab hodisa bo‘lib, uning barcha ko‘p qirrali va muhim tomonlarini bir ta’rifda tasvirlash juda qiyin. Tarjimani uning ijtimoiy tabiati va ijtimoiy mohiyatini hisobga olmasdan tushunib bo‘lmaydi va unga ilmiy ta’rif berib bo‘lmaydi, chunki uning paydo bo‘lishi, mavjud bo‘lishi va amal qilishi jamiyatdan tashqarida mumkin emas. Ushbu kontseptsiya qamrab olgan faoliyat doirasi juda keng. Ma’lumki, tarjimaning predmeti matn, uning har qanday ko‘rinishidagi so‘z: hujjatlar, ish qog‘ozlari, gazeta materiallari, she’rlar, badiiy adabiyotlar, turli bilim sohalariga oid ilmiy-ommabop kitoblar, tarjimon yordamiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan shaxslarning og‘zaki suhbatlari va boshqalar. 883 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Tarjimaning mazmuni, turlari, funksiyalari ta’riflari zamon va makon o‘lchamida “cheksiz” va rang-barangdir. Mavjud ta’riflar tarjima faoliyatining asosan uchta turi – adabiy, lingvistik va mashina tarjimasi doirasida amalga oshirilgan. “Tarjimaning barcha turlarini – og‘zaki, ilmiy, badiiy – avvalo tillar tafovutidan kelib chiqadigan, keyin esa tarjima qilinayotgan matnni idrok etib, ma’lumotni boshqa tilda berish bilan bog‘liq texnik, psixologik va boshqa muammolar birlashtiradi”, – deya uqdiradi I. Leviy. Tarjima jarayonida ikki til, ikki madaniyatga xos tafakkur tarzi o‘zaro to‘qnashishi tufayli, asliyat matnini tarjimada to‘g‘ri berish ko‘pincha oson kechmaydi. Shuning uchun ham ayrim hollarda tarjimaga tegishli sharh va izohlar

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the concept of translation in linguistics and its types.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the concept of translation in linguistics and its types. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Translation, interpreter, denotative theory, semantic theory, transformation, semantik nazariya, interpret, ekvivalent., transformatsiya nazariyasi, denotativ nazariya, Tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники