РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
Идеи военного патриотизма и его интерпретация в духовно-нравственном наследии узбекского народа
O'ZBEK XALQI MA’NAVIY - · AXLOQIY MEROSIDA · XOLMO‘MIN O‘G‘LI · HARBIY VATANPARVARLIK · G'OYALARI VA UNING
in Library · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O’zbek xalqi maʼnaviy-axloqiy merosida harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy vatanparvarlik g’oyalari va uning talqini, harbiy xizmatchilarning ona Vatanga muhabbati va harbiy qasamyodga sodiqligi to’g’risida fikrlar aks ettirilgan. Kalit so‘zlar: vatanparvarlik, mardlik, jangovar o’rtoqlik, axloqiy ong, axloqiy amaliyot, axloqiy munosabatlar. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 10 million 500 mingdan ortiq yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa — 18 million nafarni yoki 64 foizini tashkil etadi. Aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun shart-sharoitlarni yaratishga intilish davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Yoshlarning hali-beri yechilmagan muammolariga e’tiborni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasida mamlakatimizda juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning asl mazmun-mohiyati kunday ravshan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi siyosatida yoshlarni siyosiy- ijtimoiy jarayonlarga jalb qilish, ularning islohotlardagi faol ishtirokini ta’minlash orqali ularning demokratik yangilanish jarayonlarining ishtirokchisi sifatidagi roli yanada ortdi. Bu quyidagilar bilan belgilanadi: - yangi asrga kelib, yoshlarga munosabat masalasida dunyo taraqqiyoti uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatning mavjudligi ayon bo‘ldi, ya’ni, yoshlar endi nisbatan ustuvor ahamiyatga ega shaxsdan jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan, uni amalga oshiradigan yetakchi kuchga aylanmoqda; - yoshlarning intellektual qobiliyatlari, kasbiy malakasi, ma’nan va ruhan barkamollik kabi ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday tendensiyalar yoshlarning alohida ijtimoiy demografik qatlam sifatida siyosatning faol sub’ektiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi. Bugun yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va mavqeini yanada yuksaltirish o‘ta muhim masaladir. STARS International University 233 Demokratik jamiyatda inson birinchi darajali masala ekanligi e’tiborga olinib, Konstitutsiyada inson xuquqlari, erkinliklari va burchlari masalasiga alohida ahamiyat beriladi. Konstitutsiya O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqorolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida teng ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Bu o‘rinda “Inson huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro huquqiy hujjatlardagi me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Harbiy xizmatchilar axloqi — vatanparvarlik, mardlik, eng zamonaviy jang qurollari va vositalarini bilish, har qanday sharoitda qo‘llay olish, jangovar o‘rtoqlik qoidalariga sodiq bo‘lib, jang maydonlarini tashlab ketmaslik, Harbiy qasamyodga sodiq qolib, harbiy burchni hayotining so‘nggi daqiqalariga qadar bajarish kabi xususiyati bilan ajralib turadi. Harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalari Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlarda o‘z ifodasini topgan. Harbiy xizmatchilar axloqining jamiyat rivojida tutgan o‘rni mazkur mamlakat aholisining tinch-totuv yashashlari uchun har tomonlama sharoit yaratib berish, ya’ni ularni tashqi xavf-xatar — dushman tajovuzidan himoya qilish bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan hozirgi davrda o‘sib kelayotgan avlodning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va shu asosda ularning yechimini topish ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Umuman olganda, yoshlarga doir siyosat yo‘nalishi bir qancha rivojlangan davlatlarda XX asrning 60-70-yillarida mustaqil soha sifatida shakllandi. Biroq 1985-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Samarali yoshlar siyosatini shakllantirishning asosiy qoidalari to‘g‘risida” rezolyutsiya qabul qilinganidan so‘ng bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. har bir mamlakatda o‘ziga xos, davlat qurilishi va boshqaruv tizimiga mos ravishda yoshlar siyosatini yuritishning turli mexanizmlari va tizimlari qaror topa boshladi. Mustaqillik davlat siyosatining harakteri, maqsad va vazifalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos milliy yoshlar siyosatini belgilab olish va amalga oshirish uchun mustahkam zamin tug‘diradi. Shu nuqtai-nazardan yondashganda, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi davlatning yoshlarga doir siyosatida muhim bosqich hisoblanib, siyosatda yoshlar muammosiga alohida ahamiyat qaratish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeining tobora ortib borishi mamlakatimiz uchun xos xususiyatdir. Bugun mustaqillik tufayli yangicha dunyoqarash, demokratik tafakkurga ega bo‘lgan yoshlarning yangi avlodi shakllanmoqda. Ular respublikamiz kelajagining mustahkam tayanchi bo‘la olishi shubhasizdir. Zero, yoshlarning huquqlari va faoliyat kafolatlari bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolarga taalluqli me’yorlardan tashqari, aynan yoshlarga tegishli
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O’zbek xalqi maʼnaviy-axloqiy merosida harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy vatanparvarlik g’oyalari va uning talqini, harbiy xizmatchilarning ona Vatanga muhabbati va harb…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O’zbek xalqi maʼnaviy-axloqiy merosida harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy vatanparvarlik g’oyalari va uning talqini, harbiy xizmatchilarning ona Vatanga muhabbati va harb… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- combat comradeship, нравственное сознание, моральная практика, нравственные отношения., moral relations., боевое товарищество, bravery, axloqiy ong, moral practice, axloqiy amaliyot, храбрость, jangovar o’rtoqlik, axloqiy munosabatlar., Vatanparvarlik, mardlik, Patriotism, moral consciousness, Патриотизм
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020