К содержанию
РецензированоRU2024

ФОНЕТИЧЕСКИЕ ЯВЛЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ НА ПРИМЕРЕ АНАЛИЗА РОМАНА ИКБАЛА МИРЗЫ «БОНУ»

TAHLILI MISOLIDA · Raxmonqulova Sarvinoz Shavkat qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article talks about phonetic phenomena in the uzbek language and shows various phonetic changes that occur in speech and the reasons for their formation on the example of Iqbal Mirza's novel ‘‘Bonu’’. Each phonetic change is analyzed on the basis of some examples. Keywords: Phonetic phenomena, combinatorial and positional changes, accomodation, dissimilation, metathesis, epenthesis, prosthesis, reduction. ФОНЕТИЧЕСКИЕ ЯВЛЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ НА ПРИМЕРЕ АНАЛИЗА РОМАНА ИКБАЛА МИРЗЫ «БОНУ» Аннотация. В данной статье говорится о фонетических явлениях в узбекском языке и показаны различные фонетические изменения, происходящие в речи, и причины их формирования на примере романа Икбала Мирзы ‘‘Бону’’. Каждое фонетическое изменение анализируется на основе некоторых примеров. Ключевые слова: Фонетические явления, комбинативные и позиционные изменения, аккомодация, диссимиляция, метатеза, эпентеза, протезa, редукция. Kirish: ‘‘Fonetika’’ grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ‘‘tovush’’ ma’nosini anglatadi, ya’ni ‘‘tovush haqidagi bo‘lim’’ demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o‘rganiladi [5,67]. Fonologiya yo‘nalishining asoschisi N.S.Trubetskoy nutq tovushlarini o‘rganuvchi fan fonetika, til tovushini o‘rganuvchi fan esa fonologiya hisoblashini ta’kidlaydi. U fonetika bilan fonologiya o‘rtasidagi farqqa to‘xtalar ekan, fonetika o‘rganilayotgan tovush yoki tovush kompleksining ma’noga munosabatini nazardan soqit qiladi, deydi. Shuning uchun fonetikani inson nutqining moddiy (tovush) tomoni haqidagi fan sifatida izohlaydi [3,68]. Boduen de Kurtenening tilshunoslik oldidagi yana bir xizmati shuki, u tilshunoslikka fonema nazariyasini olib kirdi. Boduen birinchilardan bo‘lib, tovushdan farq qiladigan fonetik birlikni ajratish zarurligini angladi. Uning ilmiy faoliyati davomida fonema haqidagi qarashlari o‘zgarib bordi. Shuning uchun Boduen asarlarida fonemaning xilma-xil talqini ko‘zga tashlanadi [3,23]. L.V.Shcherba keyinchalik fonemaning funksional tomoniga, ya’ni ma’no farqlash xususiyatiga asosiy e’tiborini qaratdi va psixologik talqindan xalos bo‘ldi. Jumladan, ‘‘Fransuz tili 8 61 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ fonetikasi’’ asarida fonemaga sof funksional tomondan so‘z va uning shakllarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlar tipi sifatida yondashadi. U fonemani ajratish uchun tovushning artikulatsion-akustik xususiyati emas, balki ma’no farqlash xususiyati muhim belgi ekanligini ta’kidlaydi [3,130]. Muayyan nutq jarayonida tovushlar talaffuzida ma’lum bir fonetik hodisalar ro‘y beradi. Fonetik o‘zgarishlar 2 guruhga bo‘linadi: kombinator o‘zgarishlar va pozitsion o‘zgarishlar. Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar kombinator o‘zgarishlar deyiladi [2,35]. Fonetik o‘zgarishlarning bu turiga quyidagilarni kiritamiz: 1.Akkomodatsiya (lotincha accamadatio – moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib talaffuz iqtisodi bilan uzviy bog‘liqdir [1,36].U o‘z navbatida 3ta ichki guruhlarga bo‘linadi. Ular: 1.Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi [1,36]. Misol uchun, 1.Yana o‘sha toshlar og‘rig‘ini his qilishim, g‘animga ham ravo ko‘rmaydigan kunlarni qaytadan yashab o‘tishimga to‘g‘ri keldi [6,9]. 2.O‘ylay-o‘ylay dorilfununga qaytishga qaror qildim [6,94]. Bu gaplarda g‘anim qaytish va qaror so‘zlaridagi q va g‘ chuqur til orqa undoshi ta’sirida a til oldi unlisi talaffuzda til orqa unlisi singari talaffuz etiladi. 2.Regressiv akkomodatsiya – progressiv akkomodatsiyaning tamoman aksi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deb ataladi [1,36]. 1.Aksiga olib, u kishi bizga dars bermas ekan [6,95]. 2.Avvalgidek a’lo bo‘lmasa ham ‘‘o‘g‘il bola baho’’ bilan bilan o‘qishni tugatib, diplomni qo‘lga kiritdim [6,95]. Bu gaplardagi dars, diplom so‘zlarida a, i til oldi unlilaridan oldin kelgan d tovushi nutqda yumshoqroq talaffuz etiladi. 3.Domlaning qalin ko‘zoynagi ortidan qorachiqlari ‘‘yilt-yilt’’ etdi-yu, bosh eggancha sukutga cho‘mdi [6,97]. 4.Bir-birlariga juda mos: ikkovi ham o‘qigan, madaniyatli, ilmli, dunyoqarashi keng, palagi pok insonlar [6,104]. Bu gaplarda esa domla va dunyoqarash so‘zlaridagi o va u til orqa unlilaridan oldin kelgan d tovushi nutqda qattiqroq talaffuz qilinadi. Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, til oldi unlilari ( a, e, i )dan oldin kelgan undoshlar yumshoqroq, til orqa unlilari ( o, u, o‘)dan oldin kelgan undoshlar qattiqroq talaffuz etiladi. 3.Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi [1,36]. Hayotda bitta ham ishonadigan, suyanadigan, maslahat so‘raydigan, chalkash vaziyatdan olib chiqadigan, yo‘l ko‘rsatadigan odam topolmasang, bundan ortiq fojia bo‘lmasa kerak [6,135]. Ushbu gap

Доказательный фрагмент

«This article talks about phonetic phenomena in the uzbek language and shows various phonetic changes that occur in speech and the reasons for their formation on the example of Iqbal Mirza's novel ‘‘Bonu’’.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about phonetic phenomena in the uzbek language and shows various phonetic changes that occur in speech and the reasons for their formation on the example of Iqbal Mirza's novel ‘‘Bonu’’. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Phonetic phenomena, combinatorial and positional changes, accomodation, Fonetik hodisalar, metathesis, протезa, dissimilation, epenthesis, эпентеза, epenteza, prosthesis, reduction., аккомодация, dissimilyatsiya, metateza, reduksiya., proteza, диссимиляция, метатеза, комбинативные и позиционные изменения, kombinator va pozitsion o‘zgarishlar, Фонетические явления, akkomodatsiya, редукция.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники