К содержанию
РецензированоRU2024

ПРИРОДНЫЕ БОТАНИЧЕСКИЕ ПАМЯТНИКИ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

Muzaffarova Vazira · Abdurahimova Gulira’no

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article provides information about the history, climate and soils of the planting of botanical monuments of Samarkand region. Key words: introduction, oak, cypress, Zarafshan valley. ПРИРОДНЫЕ БОТАНИЧЕСКИЕ ПАМЯТНИКИ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация. В данной статье представлены сведения об истории, климате и почвах насаждений ботанических памятников Самаркандской области. Ключевые слова: интродукция, дуб, кипарис, Зеравшанская долина. Dunyoda va shu jumladan, Oʻzbekistonda yovvoyi va madaniy holda 100 yildan ortiq vaqt mobaynida oʻsib turgan daraxtlarni botanik tabiat yodgorliklari deb hisoblash qabul qilingan. Ular Oʻzbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyati orqali roʻyxatga olinadi va noyob turlar sifatida muhofaza etiladi. Noyob qaragʻaylar, kedrlar, shamshodlar, oq qayinlar, chinorlar, archalar, kashtanlar kabi chiroyli, manzarali daraxtlar shular jumlasidandir. Bunday daraxtlar ichida 100- 200 yilliklari, 400-500 yilliklari, hattoki 2000 yildan beri koʻkarib kelayotganlari ham bor. Samarqand viloyatida yuksak oʻsimliklarning Qaragʻaytoifalar (Pinophyta)lardan qrim qaragʻayi, virjiniya archasi, botqoq sarvi, livan kedri, sharq sauri, mamont daraxti, ginkgo daraxtlari asriy daraxtlar sifatida saqlanib qolgan. Magnoliyatoifalardan sharq chinori, pista, joʻka, eman, soxta kashtan, gledichiya, yapon saforasi, argʻuvon, tugma daraxti Samarqand viloyatining botanik yodgorliklari sirasiga kiradi. Samarqand viloyatida oʻsib turgan asriy daraxtlarning yoshiga qarab ekilish tarixi 3 davrga boʻlinadi. 1. Amir Temur davri. 2. Amir Temurdan keyingi davr. 3. XIX asrning soʻnggi choragi. Amir Temur davri va ungacha bo’lgan davrda Samarqand shahri va viloyati tumanlarida ekilgan daraxtlar quyidagilar: 1. Samarqand shahridagi Doniyor payg’ambar ziyoratgohidagi pista daraxti. 2. Chorchinor mavzoleyidagi chinorzor. 3. Xoja Amon bobo ziyoratgohi (Pastki chinor)dagi chinorlar. 4. G’avsul A’zam ziyoratgohidagi chinorlar. 5. Qo’shrabot tumanidagi sharq savri. 6. Oqdaryo tumanida Maxdumi A’zam ziyoratgohidagi chinorlar. 8 58 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Amir Temurdan keyingi davrda ekilgan daraxtlar va hozirda asriy hisoblangan tuplar quyidagilar: 1. Xoja Ahror Valiy ziyoratgohidagi chinorlar. 2. Xoja Abdu Dorun ziyoratgohidagi chinorlar. 3. Xoja Abdu Berun ziyoratgohidagi chinorlar. 4. Jomboy tumanidagi chinorlar. 5. Oqsoy qishlog’idagi qo’shchinor. 6. Ishtixon tumanidagi Qalandarxo’ja jom’e masjidi hududidagi chinor. XIX asrning so’nggi choragida Samarqand shahri va atrofini obodonlashtirish maqsadida ekilgan daraxtlar quyidagilar: 1. Universitet xiyobonida o’sib turgan asriy daraxtlar. 2. Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya bo’limi hovlisida o’sib turgan asriy noyob daraxtlar. 3. Samarqand shahridagi 71-shahar bolalar bog’chasi. 4. Ohalik qishlog’idagi “Shifo” bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi hududida o’sib turgan asriy daraxtlar. 5. Omonqo’ton o’rmon xo’jaligi. Zamin sayqali bo’lmish Samarqand dunyoga o’zining tarixiy o’tmishi – asriy, betakror tarixiy obidalari bilangina emas, balki obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish tarixi bilan ham mashhurdir. Buyuk Amir Temur zamonidayoq Samarqandni obodonlashtirishga alohida e’tibor berilgan. “Boburnoma”da keltirilishicha, dunyoga mashhur Temur bog’larida mahalliy daraxtlar – chinor, qayrag’och, tol va teraklar bilan birga, o’zga mamlakatlardan keltirilgan eman, sarv, shamshod kabi anvoyi daraxtlar ham ekilgan. Ularning ko’pchiligi zamonlar o’tishi bilan hozirgacha saqlanib qolmagan. Ammo Samarqand atrofidagi Konigil, Motrit, Chilustun mavzelaridagi va Urgut chinorlari o’sha davrdagi Temur bog’laridan saqlanib qolgan ayrim tirik yodgorliklar bo’lsa ajab emas. Amir Temur davridan qolgan asriy botanik yodgorliklardan biri Xo’ja Doniyor mavzoleyida o’sib turibdi. Xo’ja Doniyor mavzoleyi Siyob arig’ining bo’yida joylashgan. Samarqandlik tarixchi Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning (XVIII asr) “Samariya” asarida keltirilishicha: “Xo’ja Doniyor mozori Samarqand shahrining chekkarog’ida, Afrosiyob qo’rg’onining shimoliy atrofida joylashgan. Mavzoley yaqinidan Siyob arig’i oqib o’tadi. Odamlar bu yerni Doniyor Payg’ambarning qabri deb atashadi. Lekin uning qabri Mosulda joylashgan.” Buyuk Amir Temur Kichik Osiyoga qilgan yetti yillik safarida Payg’ambar qabrini ziyorat qiladi va u poytaxti Samarqandning ham gullab yashnatishni maqsad qiladi. Payg’ambar qabrining bir qismini yuksak ehtirom bilan Samarqandga ko’chiradi. Ellik tuyadan tashkil topgan karvon Samarqandga kirganda Siyob arig’ining yoniga joylashadi va shu yerda Doniyor Payg’ambar mavzoleyi uchun xonaqoh quriladi. Maqbara olti gumbazdan iborat bo’lgan (hozirda 5 ta gumbazi saqlangan). Mavzoley oldida shifobaxsh buloq mavjud va hovlisida 500 yoshli pista daraxti o’sib turibdi. Amir Temurdan keyingi davrda ekilgan daraxtlar va hozirda asriy hisoblangan tuplar quyidagilar: Xoja Ahror Valiy, Xoja Abdu Dorun, Xoja Abdu Berun zi

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the history, climate and soils of the planting of botanical monuments of Samarkand region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the history, climate and soils of the planting of botanical monuments of Samarkand region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
introduction, oak, cypress, Zarafshan valley, кипарис, Zarafshon vodiysi., интродукция, Зеравшанская долина., introduksiya, sarv, дуб, Zarafshan valley., eman
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники