Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ СБАЛАНСИРОВАННОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI · Xo‘jaboyeva Yulduz Davronqul qizi · Ubaydullayeva Go‘zal
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Ensuring food safety at the national level and searching for new approaches, the issue of food safety, as well as the independence of Uzbekistan, socio-economic and political stability of all countries, were considered. Key words: security, entrepreneurship, efficiency, strategy, environmental situation, food industry. РОЛЬ СБАЛАНСИРОВАННОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ Аннотация. Обеспечение продовольственной безопасности на национальном уровне и поиск новых подходов, вопрос продовольственной безопасности, а также независимости, социально-экономической и политической стабильности Узбекистана рассматривался во всех странах. Ключевые слова: безопасность, предпринимательство, эффективность, стратегия, экологическая ситуация, пищевая промышленность. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash har qanday mamlakat iqtisodiy strategiyasi va siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, millatlararo barqarorlik uni amalga oshirish samaradorligiga bog‘liqdir. Buning uchun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tizimi va uni amalga oshirish mexanizmi shakllantirilishi lozim bo‘ladi. Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tizimi va mexanizmini shakllantirishning asosiy maqsadi va vazifalari uning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash strategiyasida belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini global miqyosda xalqaro tashkilotlar va maxsus organlar (FAO, Xalqaro savdo tashkiloti, Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi) hal qiladilar. Ularning asosiy vazifasi insoniyat rivojlanishini ta’minlash maqsadida davlatlar iqtisodiyotini barqarorlashtirishga ko‘maklashishdir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish: – ishlab chiqarish hajmini oshirib borishga ta’sir ko‘rsatuvchi uzoq muddatli dastur va loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish; 6 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ – zaxiralarni yaratish va noqulay iqtisodiy va ekologik vaziyatlarda yordam tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat va davlatlaro darajada oziq-ovqat xavfsizdigining asosiy maqsadi iqtisodiyotning barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarini muvozanatlashtirishdan iborat. Mintaqaviy darajadagi asosiy maqsad-aholining barcha guruhlari oziq-ovqatlarni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq iste’mol qilinishini kafolatlaydigan darajadagi daromadar bilan ta’minlashdir. Aholining ijtimoiy guruhlari darajasida oziq-ovqat mahsulotlarini ularning miqdori, assortimenti, sifati bo‘yicha ratsional me’yorlarga muvofiq ovqatlanishini ta’minlash zarur. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning har bir darajasida mazkur jarayonni boshqarish tegishli ma’muriy organlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ushbu organlarning vazifalari zarur mahsulotlarni samarali ishlab chiqarish uchun; ularga qarashli hududlarda yashovchi aholining tavsiya etilgan miqdorda mahsulotni sotib olish imkonini beradigan daromadga ega bo‘lishlari uchun; savdo tarmoqlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishini ta’minlash uchun; mahsulotlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Davlatlararo darajada oziq-ovqat muammolarini hal qilish boshqa mamlakatlarda oziq- ovqat taqchilligini bartaraf etishga ko‘maklashishi bilan bog‘liq. Bu uchun mamlakatlar davlatlararo hamkorlikda ishtirok etadilar, xalqaro oziq-ovqat xavfsizligini yaratishga hissa qo‘shadilar. Bunda ular o‘zlarining raqobatbardosh ishlab chiqarishlarini rivojlantirishni va hududlarning hamda barcha ijtimoiy guruhlarning o‘z-o‘zini ta’minlashlarini rag‘batlantiradi. Oziq-ovqat xavfsizligining har bir darajasi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishish quyidagi muhim vazifalarni davlat tomonidan amalga oshirishni taqozo etadi: 1. Aholi bandligi sohasida samarali siyosatni olib borish; 2. Oziq-ovqatga ega bo‘lishda tengsizlik va qashshoqlikni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish; 3. Oziq-ovqat mahsulotlarini turli-tuman, barqaror va intensiv ishlab chiqarishga erishish, uning samaradorligini oshirish; 4. Xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish; 5. Hududlarni xomashyo va oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini ta’minlash va xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklardan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirishni takomillashtirish; 6. Faol tashqi iqtisodiy siyosatni olib borish, eksport-import faoliyatini optimallashtirish; 7. Agrar sektorni investitsiyalash. Barqarorlik: oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida har doim oziq- ovqatga ega bo‘la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo‘hron) yoki tsiklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim. 6 92 In
Доказательный фрагмент
«Ensuring food safety at the national level and searching for new approaches, the issue of food safety, as well as the independence of Uzbekistan, socio-economic and political stability of all countries, were considered.»
Образец извлечения
Демо-превьюEnsuring food safety at the national level and searching for new approaches, the issue of food safety, as well as the independence of Uzbekistan, socio-economic and political stability of all countries, were considered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- security, entrepreneurship, efficiency, strategy, environmental situation, food, экологическая ситуация, strategiya, xavfsizlik, oziq-ovqat sanoati., эффективность, стратегия, предпринимательство, samaradorlik, пищевая промышленность., tadbirkorlik, безопасность, food industry., ekologik vaziyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024