К содержанию
РецензированоRU2024

ИСТОРИЯ ОМСАНЫ КРАТКИЙ ВЗГЛЯД (УСМАН I)

Navruzova Aziza

Современная наука и исследования · 3 · 298- 302 · 2024

Аннотация

This article discusses the entry and settlement of the Turks into the Asian continent, the founding of the Ottoman state, its internal and external policies, invasion campaigns, and the fact that a lot of scientific research has been conducted and studied about this. Key words: Turks, Asia Minor, internal, external, Bursa, Sogut, justice. ИСТОРИЯ ОМСАНЫ КРАТКИЙ ВЗГЛЯД (УСМАН I) Аннотация. В данной статье рассматривается проникновение и расселение тюрков на Азиатский континент, основание Османского государства, его внутренняя и внешняя политика, вторжения, а также тот факт, что по этому поводу было проведено и изучено множество научных исследований. Ключевые слова: тюрки, Малая Азия, внутреннее, внешнее, Бурса, Согут, правосудие. Turklarning dastlab Kichik Osiyoga kirib kelishi Saljuqiylar davridan boshlangan. Yevropa manbalarida “Turkiya” so’zi birinchi marta 1190-yilda salibchilardan biri tomonidan Kichik Osiyodagi turkiy qabilalar bosib olgan yerlarga nisbatan qo’llanilgan. Ayrim ko’chmanchi turkiy qabilalar tomonidan milodiy IV asrdan boshlab Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyatlaridan paydo bo’lganligi haqida yozma manbalarda qayd qilingan bo’lsa-da Saljuqiylar boshchiligidagi og’uz-turkman qabilalarining Old Osiyoda paydo bo’lishi va mustamlakalarga ega bo’lishi XI asrdan boshlanadi. Qisqa vaqt davomida Vizantiyaga qo’shni hududda Buyuk Saljuqiylar davlati tashkil topadi. 1038-1308 yillar davomida boshqariladi. XI asr oxiridan boshlab Buyuk saljuqiylar davlatining Mo’g’ullar bilan munosabati ancha sovuqlashadi va parchalanish jarayoni yuz beradi. Shu davrdan boshlab Sajuqiylar davlati ancha zaiflashib qoladi va bir nechta mustqail bekliklarga bo’linadi. Aynan shu mustaqil bo’layotgan bekliklar orasida Ko’niyaga tobe bo’lgan Usmoniylar bekligi ham bor edi. Usmoniylar hududiga Kichik Osiyo, Bolqon, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda hukmronlik qilayotgan turk sultonlari sulolasi edi. Usmoniylar 1299-1922-yillarda hukmronlik qilgan. Usmonli turk imperiyasini boshqargan. Sulola nomi uning asoschisi Usmon I ibn Erto’g’rul nomidan olingan. Movorounnahr va Xurosonda yashovchi og’uz turklarning qay (qayig’) urug’iga mansub qavm Erto’g’rul 6 27 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ boshchiligida XIII asr 20-yillari mo’g’ullar istilosi davrida Kichik Osiyoga borib o’rnashib qolishadi. Ular saljuqiylarning Ko’niya sultonligi hududiga borib o’rnashadi va Saljuqiylar kuchsizlanib qolgach, beylik mustqail davlatga aylanadi. Erto’g’rul beklik boshqaruvini 1281- yilda o’g’li Usmon I G’oziyga topshiradi. Bu beklik 1299-yilda o’zini mustaqil davlat deb e’lon qiladi. Keyinchalik bu davlat turk sultonligi nomi bn dunyoga tanilib, o’rta asrlarda jahondagi qudratli davlatlardan biriga aylangan. Sulola asoschisi Usmonbey (1258-yil Syogut; Eskishahar yaqinida tug’ilgan. 1326-yil Bursada vafot etgan) turk sultoni edi. Hukmronlik yillari 1299-1326-yillarda davlatni adolat bilan boshqaradi. Harbiy sarkarda va urug’ boshlig’I oilasida tug’ilgan. Otasidan harbiy ishni puxta o’rganadi. 1281-yilda otasi Erto’g’rul Ko’niyaning shimliy-g’arbiy chegara hududida mulkka ega bo’ladi. Bu paytda ko’niya tanazzulga uchrab, bir nechta beklikka bo’linib ketgan edi. 1289-yilda Usmon I ning bey unvoni Ko’niya sultoni tomonidan e’tirof etilib, unga hokimiyat ramzi bo’lgan nog’ora va bunchuk berilgan. Usmoniylar davlatining dastlabki poytaxti Sog’ut (1302-1326) edi. Usmon o’z davlatini rivojlantirish maqsadida ichki siyosatda savdo-sotiqni rivojlantitsh va shaharlar hayotini jonlantirish borasida islohotlar o’tkazadi. Ichki boshqaruv o’rnatiladi. Usmoniylar tangasi zarb etila boshlanadi, tanganing bosilishi shu davlatning mustaqillikni anglatar edi, haqiqiy armiyaga asos solinadi va uning asosiy qismini yancharlardan iborat edi, undan tashqari kavaleriya qayta tiklanadi. Usmon tashqi siyosatda asosan qo’shinga tayanar edi. Usmon G’oziy davridayoq qo’shni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir necha bor hujum qilinib Qoracha Hisor, Yor Hisor va Bursaning atroflari egallanadi. Tez orada Anadoludagi boshqa turk beylari ham Usmon I tomonidan bo’ysundirilari. Garchi Usmon hayotligidayoq Bursani egallay olmagan bo’lsada, uning o’g’li O’rxon davrida Bursa uzil-kesil egallanadi va shu paytda sharqdagi Bolu shahri ham Usmoniylar davlatiga taslim bo’ladi. Shu davrdan boshlab Usmoniylar davlatining poytaxti Bursa (1326-1365) etib belgilanadi. Usmon adolatli davlat qurish uchun ko’p harakat qildi va buni uddasidan chiqdi. Usmon qurgan davlat qariyb 6 asr davomida Usmoniylar nomi bilan shuhrat qozondi. Usmoning vorislari davrida ham davlat adolat va oqilona siyosat bilan boshqariladi. Usmon qurgan davlat ko’p yillar davomida juda ko’p hududlarni bosib oldi va adolat bilan boshqarilganligi sababli boshqa davlatlarga nisbatan ko’proq yashaydi. Biroq XVII asr oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati a

Доказательный фрагмент

«This article discusses the entry and settlement of the Turks into the Asian continent, the founding of the Ottoman state, its internal and external policies, invasion campaigns, and the fact that a lot of scientific r…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the entry and settlement of the Turks into the Asian continent, the founding of the Ottoman state, its internal and external policies, invasion campaigns, and the fact that a lot of scientific r… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turks, Asia Minor, internal, external, Bursa, Sogut, justice, правосудие., внутреннее, adolat, Согут, Kichik Osiyo, Turklar, Бурса, Малая Азия, тюрки, justice., Sog’ut, tashqi, внешнее, ichki
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники