Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QILISHNING TIBBIY-ELEKTRON PLATFORMASINI TASHKIL ETISH Toshpo’lat Nazarov Boshbek o’g’li JDPI, Maktab menejmenti kafedrasi o’qituvchisi
Toshpo’lat Nazarov Boshbek o’g’li
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS · 2026
Аннотация
Потеря документации, вызванная периодом прохождения медицинского осмотра сотрудников организации и их обращений в различные медицинские учреждения в этот период, а также целевым использованием потерянного за этот период времени и средств, а также основного содержания проекта - получать или предоставлять медицинскую информацию напрямую из медицинского учреждения по месту постоянного проживания через установленную медико-электронную платформу, независимо от региона, в котором они проживают. Ключевые слова: здоровье персонала, медицинский осмотр, первая помощь, медико-электронная платформа, проблема донора, постоянное медицинское наблюдение, общий контроль над здоровьем населения. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr sanasidagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida belgilangan vazifalar doirasida yurtimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tashkilotlarda byurokratiyani kamaytirish borasida elektron tizimni tashkil etish, kadrlar tizimini takomillashtirish hamda ularni ishga qabul qilish jarayonidagi shaffoflikni ta’minlovchi ochiq tizimni tashkil etish, yoshlarni oliy ta'lim muassasalariga qamrovini kengaytirish maqsadida qabul kvotalarini oshirish, talabalarning ta’limiy jarayondagi faolligini oshirish maqsadida davlat stipendiyalari, grantlar joriy etish, imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini imtiyozli ravishda oliy ta’limga jalb qilish kabi ko’plab chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz 2021-yilni “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deya nomlashni taklif qildi va bu taklif jamoatchilik tomonidan bir ovozda ma’qullandi. Shu munosabat bilan yutimizda tibbiyot sohasiga e’tibor yanada kuchaydi. Tibbiyot muassasalarida aholining barcha murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi va shu jarayonda qog’ozbozlik ishlarini kamaytirish maqsadida shifoxonalarda elektron tizimni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu orqali aholiga xizmat ko’rsatish jarayonida ketadigan vaqtni tejash imkoni yuqori darajada sifatli amalga oshirilishi ta’minlanadi. Quyida aholi salomatligini mustahkamlash borasida amalga oshiriladigan chora sifatida tibbiy-elektron platformani yaratish taklif etilgan. Dastlab bu loyiha bitta tashkilot miqyosida yo’lga qo’yiladi va bosqichma-bosqich qamrov kengaytirib boriladi. Taklif etilayotgan loyihaning asosiy mazmunini tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar salomatligini tibbiy-elektron platforma (kelgusida platforma deb yuritiladi) orqali tizimli nazorat qilish tashkil etadi va bu bosqichma-bosqich respublika miqyosidagi barcha tashkilotlardagi xodimlarni, aniqrog’i barcha fuqarolarning salomatligini nazorat qilishni o’z ichiga qamrab oladi. Tashkilotda shunday platformani yaratish va shu platforma orqali tashkilotlararo aloqani o’rnatish imkoni mavjud bo’ladi. Misol tariqasida, birgina Jizzax Davlat Pedagofika Institutida faoliyat yuritayotgan xodimlarning salomatligini institutning salomatlik markazi tomonidan mazkur platforma orqali nazorat qilinsa hamda Viloyat tez tibbiy yordam markazi bilan platforma orqali aloqa o’rnatilsa, Viloyat tez tibbiy yordam markazida institut xodimlarining salomatlik holati haqida uzluksiz ravishda ma’lumotga ega bo’lishlari mumkin. Eng muhimi bu tizim tibbiyotda doimo muammo bo’lib kelayotgan donorlik masalasining maksimal darajadagi yechimi bo’la oladi. Shifoxonaga shoshilinch ravishda keltirilgan bemorning qon guruhini aniqlash, unga birinchi tez tibbiy yordamni berish, zarun qon guruhiga ega bo’lgan donorni topish kabi jarayonlar uchun juda ko’p vaqt va mablag’lar sarflanadi. Bu esa bemorning hayotini saqlab qolish uchun faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shifoxona va hududiy tashkilotlar o’rtasida platforma orqali aloqa o‘rnatilganligi hamda platformada barcha hududiy tashkilotdagi xodimlar to’g’risida zaruriy tibbiy ma’lumotlar mavjudligi sababli kerakli donor kim va qaysi tashkilotda faoliyat ko’rsatishi darhol ma’lum bo’ladi. Bu esa bemorning hayotini saqlab qolish uchun faqat va faqat ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Loyihada, asosan, tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlarning tibbiy ahvolini doimiy ravishda nazorat ostiga olish, zarur paytlarda birinchi tez tibbiy yordamni yuqori darajada tashkil etishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan tibbiy ma'lumotlarni tezkor taqdim etish yoki qabul qilish va asosiysi ushbu tizim asosida arzon pullik xizmatlarni joriy etish orqali tashkilotga moliyaviy foyda keltirish maqsad qilinadi. Platformaning tarkibiy tuzilmasi va imkoniyatlarining qanchalik samarali tashkil qilinishi tashkilotning axborot va komuniktsion hamda dasturiy ta’minotiga bog’liq. Shu sababdan mazkur platformani yaratuvchi dasturchilarning qanchalik malakaga ega ekanligi ish samaradorligiga katta ta’sir qiladi. Quyida platforma tarkibi va imkoniyatlari xususida so’z boradi: 1. Tashkilot xodimlarining elektron-tibbiy kartochkasini yaratish (bu vazifani tashkilotning salomatlik markazi xodimlari amalga oshiradi): platformada xodim ha
Доказательный фрагмент
«Потеря документации, вызванная периодом прохождения медицинского осмотра сотрудников организации и их обращений в различные медицинские учреждения в этот период, а также целевым использованием потерянного за этот пери…»
Образец извлечения
Демо-превьюПотеря документации, вызванная периодом прохождения медицинского осмотра сотрудников организации и их обращений в различные медицинские учреждения в этот период, а также целевым использованием потерянного за этот пери… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- staff health, medical examination, first aid, medical-electronic, general control over public health, donor problem, continuous medical supervision, medical-electronic platform
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026