Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКАЛЬНОЙ ДРАМАТЫ И ШЕДЕВРЫ
Azatov Sardorbek Elbrusovich
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article talks about the importance of musical drama art in the world of art, its development, the formation processes of the musical drama genre in the territory of Uzbekistan, and the importance of the created works in the life of society. The teacher tried to explain this topic based on his opinion as a result of his research. Keywords: music, drama, work, genre, word, composer, singer, theatr. Sańat shunday bir ilohiy kuchki, unda insonning ichki kechinma va holatlari aks etadi. Har bir sańat turi ózining muhim ahamiyatli tomoni bilan ajralib turadi. Ózining gózalligi, muhimligi bilan ajralib turuvchi musiqali drama sańati esa butun dunyo sańatida yuksaklik chóqqisiga yetgan deb bemalol aytishimiz mumkin. Musiqali drama – musiqa hamda sóz sańatiga asoslangan sahna asari bólib, u ózidan musiqali teatr janrining paydo bólishiga zamin yaratdi. Uning ilk namunalari V - asr Hindistonda shakllangan bólsa, XII - asrda Xitoyda, XX - asr boshida Ozarbayjonda, Órta Osiyo va Qozog‘istonda 1920-yillarda vujudga kelgan bólsa, Ózbekiston hududida musiqali drama janrining vujudga kelish davri1910-1920-yillarda shakllana boshlagan deyishimiz mumkin. Musiqali drama sańati sahna voqealarini qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, munosabatlari sóz, musiqa, turli dramatik harakatlar, shuningdek, raqs orqali ifodalaydi. Sóz va musiqa bir birini tóldirib, asar mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Ózbekistonda teatr sańatining rivojlanishiga Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borgan havaskorlik va professional teatrlar ózining katta hissasini qóshgan. Ushbu ijodkorlarning mehnati samarasi ólaroq musiqali teatrlarning bunyodga kelishiga zamin yaralgan. Negaki, ushbu 5 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ijodkorlar iste‘dodli sozanda, diapazoni keng xushovoz xonandalarni yetishtirib berishda beqiyos hissalarini qóshishgan. Ózbekistonda musiqali teatr sańatining shakllanishida shoir, bastakor, dramaturg, ma‘rifatchi, teatr tashkilotchisi Hamza Hakimzoda Niyoziyning órni bólakdir. U avvaldan boshlagan teatrchilik sańatini yólga qóyib, ózi rejissyorlik va tashkilotchi bólib faoliyat yurg‘izgan. Óz faoliyati davomida turli mavzularda sahna asarlari yozdi va spektakllarda rol óynab, xilma-xil obrazlar yaratdi va shu orqali Ózbekiston hududida musiqali teatr sańatining shakllanishiga tamal toshini qóydi. XX asrning 50 – 90 yillarida ózbek professional kompozitorlarining yozuvchi – dramaturglar bilan hamkorlikda yaratgan musiqiy sahna asarlariga murojaat qilishdan avval shuni aytib ótish joizki, respublikamizda urushdan avval va keyingi yillarda musiqiy teatrlarga ózbek xalq cholg‘ulari ansamblining órniga simfonik orkestr kiritilganidan buyon tengsiz ijodiy hamkorligi bunyodga kelgan edi. Ya‘ni ózbek bastakori klassik maqom, mumtoz ashula, yalla, qóshiq va ózlari bastalagan kuylarni yozilayotgan sahna asariga tanlab berar edi. Professional kompozitor esa ularni garmoniyalashtirib, simfonik orkestrga moslashtirar edi. Bunday tengsiz ijodiy metod orqali musiqiy sahna asarlari yaratish uzoq yillardan buyon davom etdi va etib kelmoqda. Quyida biz tilga oladigan barcha sahna asarlar va urushdan keyingi yillarda shu metod asosida viloyat teatrlaridan tashqari faqat Muqimiy nomidagi davlat musiqiy teatr jamoasi sahnada qóygan asarlarga va professional ózbek kompozitorlarining mustaqil ravishda yaratgan musiqiy drama va komediyalarga murojaat qilinmoqda. Ózbek musiqiy teatr tarixida, ózbek professional kompozitorlarining orasida birinchi marotaba mustaqil ravishda kompozitor Manas Leviev shoir – dramaturg O.Uyg‘un bilan hamkorlikda «Oltin kól» nomli musiqiy drama – komediya partiturasini yaratdi. Mazkur asarning premyerasi 1949 yili 6 noyabrda «Muqimiy nomidagi davlat musiqiy teatr» jamoasining ijrosida tomoshabinlarga havola qilindi. Spektaklning premyerasi respublika jamoatchiligida juda katta taassurot qoldirdi. Matbuotda ham asarga, ayniqsa kompozitor ózbek halq musiqasidan «Sitata» kiritmay milliy ruhda orginal musiqa yaratgani mutahassislar tomonidan yuqori baholandi. Ózbek professional kompozitorlarga órnak bólishini bashorat qilishdi. Haqiqatdan ham bashorat zoe ketmadi. Kompozitor Manas Leviev (1912 – 1990), «Oltin kól»ga musiqa bastalashdan avval, Leningrad Konservatoriyasini bitirgach, yillar davomida musiqaning turli janrlarida asarlar yaratishda kóp ovozli musiqiy uslubda, milliy musiqiy asarlar yaratishda ijodiy izlandi. Mutahassislik mahoratini oshirishga harakat qildi va ayrim ijodiy yutuqlarga muyassar bóldi. Kompozitor M.Levievning «Oltin kól» musiqiy drama – komediya asari ózbek professional kompozitorlariga órnak bóldi deb ikkilanmay aytishimiz mumkin. Uning taassurotida 50 – 90 yillarda musiqali teatrga konservatoriyani bitirgan professional kompozitorlardan: Sobir Boboev, Hamid Rahimov, Doni Zokirov, Dadaali Soatqulov, Ibrohim Hamroev, Fattoh Nazarov, Olimjon Halimov, Ikrom Akbarov, Abdurahim Muhammedov,
Доказательный фрагмент
«This article talks about the importance of musical drama art in the world of art, its development, the formation processes of the musical drama genre in the territory of Uzbekistan, and the importance of the created w…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the importance of musical drama art in the world of art, its development, the formation processes of the musical drama genre in the territory of Uzbekistan, and the importance of the created w… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- music, drama, work, genre, word, composer, singer, theatr, theatr., театр., произведение, слово, певец, композитор, asar, жанр, Музыка, Musiqa, xonanda, kompozitor, teatr., sóz, драма, janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024