Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
Династия афригидов в современных исследованиях: подходы и ключевые взгляды
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –/- · MUHIM QARASHLAR
in Library · 1 · 1-4 · 2023
Аннотация
This article provides an in-depth analysis of the meaning of the word "Afrigh," the origin of the dynasty, their political and cultural influence, and the attitudes towards and various approaches to the Afrighid dynasty in English, Persian, and Turkish literature. Keywords: Khorezm, Afrighid dynasty, Al-Biruni, Aryans, archaeological research, numismatic research, Al-Iraq, Banu Iraq. Xorazmning ilk oʼrta asrlar tarixiga bag‘ishlangan ishlar va yozma manbalar juda kam. Bunga izoh sifatida Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asariga parchani keltirishimiz mumkin boʼlib, unda: “Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini oʼrgangan va bilimlarni boshqalarga oʼrgatadigan kishilarni halok etib, butkul yoʼq qilgan edi”, – deyilgan [1]. Eronlik tadqiqotchilar ishlarida “Afrig” so‘zining kelib chiqishi borasida bir qancha fikrlar ilgari surilgan.Masalan, J.Mufrad Afrigʻ etimologiyasiga to‘xtalib, Af /of /ob-suv va rig/riz esa suvni to‘ldrish va to‘kish ya’ni daryoning quyi oqimida yashaydigan odamlar anglatilishini ta’kidlagan [2]. Fikrimizcha, qadimgi eronliklar tomonidan Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan xalqlarni Afrig‘iylar umumiy nom bilan ya’ni suvning quyilish qismida yashaydiganlar deb atashgan. Keyinchalik bu nom sulola nomiga aylangan bo‘lsa kerak nazarimizda. Chunki olib borilgan arxeologik-numuzmatik tadqiqotlarning birontasida Beruniy tomonidan qayd etilgan 22 hukmdorning birinchisi Afrig‘ haqida ma’lumot topilmagan. Bundan xulosa kelib chiqadiki, Afrig‘ shaxs nomi emas, balki joy nomiga yaqindir. Yana bir eronlik tadqiqotchi P.Azkoyiy Afrigʻ etimologiyasiga to‘xtalib, Afrigʻ asli “Ap-Air-Ig” ya’ni oriylardan kelib chiqqan degan ma’noni anglatishini izohlagan[3]. Tadqiqotchi “af” yoki “ap” fors tilidagi “afrashtan” ma’nosi “ko‘tarmoq”; “ar”, “air” esa “Aryan” ya’ni Oriylar mamlakati; “ig” esa eroniy tillardagi munosabat qo‘shimchasi bo‘lib, ingliz tilidagi “-ic” yoki fransuz tilidagi “-ique”, o‘xshashdir degan xulolasa kelgan. P.Azkoyiy ham tadqiqotlarida Afrig‘ni shaxs sifatida emas, balki Xorazm hududida yashovchi xallqa berilgan umumiy nom sifatida tahlil qilgan. Turkshunos Z.V. To‘g‘onning fikricha, afrig‘iylar o‘zlarini qadimiy eroniy sulolaga oid deb namoyon etishga intilishgan, islomdan avvalgi davrlarda hukm surgan Xorazmshohlar sulolasining kelib chiqishi aslida Abdallar (Eftalitlar) dan bo‘lganligini ta’kidlagan.[4] Biroq nima uchun bunday xulosaga kelganini asoslab bera olmagan. 49 XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –4/3-2024 Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishga oid fikr- mulohazalar va yondashuvlar turlicha bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin. 1) eroniy sulola sifatida talqin qilish; 2) turkiy sulola sifatida talqin qilish; 3) sulolaning mavjudligini inkor qilib, afsonalarga bog‘lash. Tadqiq etilayotgan sulolani eroniy sulola sifatida talqin qilish Eron va G‘arb tarixshunosligida keng tarqalgan. Bunday xulosaga kelishda, Beruniy tomonidan qayd etilgan Siyovush bilan bog‘liq ma’lumotlarni asos qilib olishadi. Eronlik tadqiqotchi T.Daryoyiy Sosoniy an’analarining ta’siri va tarixning qudrati islom davrida ham saqlanib qolganligini, hatto asli turkiy boʻlgan Gʻaznaviylar ham sosoniylarning soʻnggi shohi Yazdigird III oilasi bilan nikoh aloqalari borligini, Tohiriylar esa fors qahramoni Rustam; Safforiylar sulolasi Eron shohi Jamshid; Afrigʻiylar Xorazmshohlari ularni qahramon Siyovush bilan bogʻlaydigan afsonaga ega ekanligini ta’kidlagan[5]. Turaj Daryoyiy yuqorida tilga olingan sulolarning kelib chiqishini asli eroniy sulola ekanligiga urg‘u bergan. Bu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘rta asrlarda legitimatsiya uchun ba’zan hukmdorlar o‘zlarini tarixda o‘tgan mashhur sulolalarga bog‘laganliklarini ham e’tiborga olishi kerak. Masalan, g‘aznaviy kelib chiqishi turkiyligi aniq bo‘lgan holda, o‘zlarini eron shohlari bog‘lagan holatlar ham uchraydi. K.E. Bosvord Afrigʻiylar sulolasining paydo bo‘lishiga bevosita to‘xtalib, sulolaga oid ma’lumotlarning aksariyati faqat Beruniy tomonidan yozib qoldirilganligi va uning ishonchliligini shuhba ostiga oladi va al-Beruniy haqiqatda islomgacha bo‘lgan Xorazm tarixini yaxshi bilmasligini keng qamrovli sovet arxeologik topilmalaridan Afrigʻ nomining yo‘qligini misol qilib ko'rsatadi [6]. Milliy va turk tilli tadqiqotlarda turkiy sulola sifatida e’tirof etish holatlari kuzatiladi. Bunga Beruniy tomonidan Afrig‘iylar sulolasining 22 ta hukmdor nomining tilshunoslik tahlili asosida, ismlarning o‘zagi turkiycha (Afrig‘dan boshqa) ekanligi bilan izohlashga harakat qilishadi. Masalan, Beruniy ro‘yxatida keltirilgan 22 afrigʻiy hukmdor nomlarini tilshunoslik nuqati nazardan tahlil qilish asosida hukmdorlarni eroniy yoki turkiy sulolaga taaluqli ekanligiga oydinlik kiritish maqsadida Gʻ. Boboyorov tadqiqot ishlarini olib borgan. Askajamuk, Arsamux, Turkasabos, Xangiri, Bag‘ra (Bo‘g‘ra), Buzgar, Shovush (Chovush) asli turkiy bo‘lis
Доказательный фрагмент
«This article provides an in-depth analysis of the meaning of the word "Afrigh," the origin of the dynasty, their political and cultural influence, and the attitudes towards and various approaches to the Afrighid dynas…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an in-depth analysis of the meaning of the word "Afrigh," the origin of the dynasty, their political and cultural influence, and the attitudes towards and various approaches to the Afrighid dynas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khorezm, Afrighid dynasty, Al-Biruni, Aryans, archaeological research, нумизматические исследования, numizmatik tadqiqotlar, arxeologik tadqiqotlar, Xorazm, династия Афригидов, Banu Iroq., Beruniy, Аль-Ирак, numismatic research, oriylar, археологические исследования, Al-Iraq, Бану Ирак., арийцы, Afrig‘iylar sulolasi, Хорезм, Banu Iraq., Аль-Бируни, oli-Iroq
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025