К содержанию
РецензированоRU2024

О ВЫРАЖЕНИИ НАРОДНЫХ ПЕСЕН В ТВОРЧЕСТВЕ УСМАНА АЗИМА

Feruza Sultonqulova

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, a series of song poems created under the influence of folk oral creativity in the lyrics of Usman Azim is studied. Artistic images and means of expression in these poems are analyzed. Key words: poetry, folklore, song genre, folklorism, skill, "Bakhshiyona", alla, stylization. О ВЫРАЖЕНИИ НАРОДНЫХ ПЕСЕН В ТВОРЧЕСТВЕ УСМАНА АЗИМА Аннотация. В данной статье исследуется серия лирических стихотворений, созданных под влиянием народного устного творчества на лирику Усмана Азима. Анализируются художественные образы и средства выразительности в этих стихотворениях. Ключевые слова: поэзия, фольклор, песенный жанр, фольклоризм, мастерство, «Бахшиена», алла, стилизация. She’riyat hamisha xalq og‘zaki ijodidan oziqlanadi. Xalqimiz o‘tmishini, milliy qadriyat, urf-odatlarini asrlar osha avlodlarga yetkazib berishda xalqimizning betakror ijodi bo‘lgan folk’lor durdonalarining o‘rni beqiyosdir. Ma’lumki, azal-azaldan yozma adabiyot folklor ta’sirida rivojlanib kelmoqda. “Kishilarning uzoq asrlar davomida to‘plagan turmush tajribasini o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodida hayot haqiqati obrazli ifodalangan. Uzoq ijtimoiy- tarixiy voqelikni o‘zida aks ettirgan folklor namunalarining ijodkori xalqdir”[1:57]. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim she’riyati[2:353] xalq og‘zaki ijodidan doimo suv ichgan, uni yozma adabiyotga yangicha ruh bilan sug‘organ she’riyatdir. Shoir ijodining dastlabki yillaridayoq xalq og‘zaki ijodining go‘zal namunalari bo‘lgan ertak, afsona va dostonlardagi fol’klor motivlariga murojaat qiladi. Shoir she’riyatining manbalaridan biri Ona tabiat bo‘lsa, ikkinchisi xalq og‘zaki ijodidir. Shoir ijod olamiga kirib kelgan o‘tgan asrning 70-80 yillarida Haq va haqiqatni so‘zlay olish uchun fol’klor motivlaridan foydalanishi, yozma adabiyotning xalq og‘zaki ijodi ta’sirida, albatta, muallifning ma’lum maqsad-muddaolari ifodasi oddiy va murakkab folklorizmlarda yorqin namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shoirning “Baxshiyona” turkumi ” – xalq dostonlari, “Chapani yoxud jaydari she’rlar” – xalq qo‘shiqlari, “Alpomishning qaytishi” – “Alpomish” dostoni, “Tosh pari”, “Balladalar”i (Shoir “Saylanma”siga kiritilgan 15 ta ballada)ga ertak motivlari asos qilib olinadi. Shoirning “Sog‘inch”(2007) she’rlar kitobidan o‘rin olgan “Qo‘ng‘irot ayollarining qo‘shiqlaridan” turkumi o‘zbek fol’klorining go‘zal namunasi bo‘lgan ayollar qo‘shig‘ining 2 82 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yozma adabiyotdagi badiiy jozibasining yorqin ifodasidir. Ma’lumki, qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining qadimiy va sermahsul turlaridan biridir. Xalq qo‘shiqlarida xalqning ichki kechinmalari, orzu-istaklari, o‘y-xayollari o‘z aksini topadi. Uning yuqoridagi turkumi ham o‘ziga xosdir. Shoir o‘zbek xalq ayollarining og‘zaki ijod namunalari guldastasini yozma adabiyotda qayta ishlash asnosida, avvalo, milliy qadriyatlarimizni va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni aks ettirsa, ikkinchidan ayol qalbining nozik his tuyg‘ulari, ko‘ngil kechinmalari, dardu hasratlarini ifodalaydi. Shamollar oqib yotar, alam yor. Eshikni qoqib yotar, alam yor, Hijron degan bir ilon, alam yor Yurakni chaqib yotar, alam yor [3:186]. Ketmonchopdi kemtigi, Yorim kelar entikib. Kulib chiqay yo‘liga, Olachadan to‘n tikib[3:187].. Ushbu turkumda garchi she’rlar ayollar kechinmalarini ifodalasa-da, asosiy voqealar sharhi, undagi she’rlar ayollar nomidan “Baxshiyona” turkumining bosh qahramoni Elbek baxshi tilidan ijro etilgan. Mazkur turkum mana shu jihatdan “Baxshiyona” turkumi tarkibiga kiradi. Biroq turkumni birlashtirib turgan ayollar qo‘shiqlari har biri alohida yettita qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unda xalq qo‘shiqlari va dostonlarga xos ifoda yo‘sinda o‘zaro yaqin uyg‘unlik kuzatiladi. Yuqorida ketirilgan parchadagi misralarda ohangdoshlik xalq qo‘shiqlaridagi ritmga mos bo‘lib, she’rning ta’sirchanligi va jozibasini oshirgan. Qahramon ruhiy kechinmalari ifodasini milliy ruhda berishda o‘zbek ayollaridagi sirlilik va nazokat tasviri ham xalqona tarzda ifodalangan. Shuningdek, turkumda voqealar rivoji, qahramonlar tavsifi dostonga xos saj’ usulida berilgan: “Oyyorug‘ – eshigidan sovchilarini kirgizmagan, uyining oldidan yigitlarni yurg‘izmagan qiz – birov bilan ishi yo‘q, faqat “oh” urar ekan” [3:186]. “Ayollarning biz eshitmagan qo‘shiqlari ko‘p der edi Elbek baxshi. Erkaklaring tiliga tushsa qo‘pol tortadi deb bizga eshittirishmaydi” [3:188]. Mingsuluvning so‘zi bir suluv, o‘zi bir suluv qiz bo‘l- gan ekan. Bir to‘yda “aytishsam, Kunto‘ra bilan aytisha- man”, deb qolibdi. Do‘mbirani sozlab, yuragi og‘rigan so‘naday bo‘zlab, aytishuvni boshlabdi [3:190]. Mazkur turkumga tanlangan qahramonlar ismlari ham xalq dostonlari qahramonlari nomiga yaqin: Oyyorug‘, Qorasoch, Norbibi, Ko‘nglioy, Mingsuluv, Mingchechak, Kunto‘ra, Turmamat, Mingliyoz kabi. “Qo‘ng‘irot ayollari qo‘shiqlari” turkumi ayollar qalbining nozik his tuyg‘ulari, ko‘ngil kechinmalarini tasvirlashda

Доказательный фрагмент

«In this article, a series of song poems created under the influence of folk oral creativity in the lyrics of Usman Azim is studied.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, a series of song poems created under the influence of folk oral creativity in the lyrics of Usman Azim is studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetry, folklore, song genre, folklorism, skill, "Bakhshiyona", alla, stylization, мастерство, folklor, she’riyat, песенный жанр, «Бахшиена», алла, mahorat, фольклор, stilizatsiya., фольклоризм, поэзия, стилизация., folklorizm, qo‘shiq janri, “Baxshiyona”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники