Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ
Nilufar Axmedova
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article discusses psycholinguistics, which is considered a modern field of linguistics, and the specifics of giving related terms in dictionaries. Key words and word expression: psycholinguistics, psychology, isomorphism, linguistic heredity, linguistic creativity, speech therapy, inner speech, human factor. ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ Аннотация. В статье рассматривается психолингвистика, считающаяся современной областью лингвистики, и специфика дачи связанных с ней терминов в словарях. Ключевые слова и фразы: психолингвистика, психология, изоморфизм, языковая наследственность, языковое творчество, логопед, внутренняя речь, человеческий фактор. Psixolingvistika psixologiya va tilshunoslik fanlarining uyg‘unlashuvidan yuzaga kelgan yangi soha sifatida e’tirof etiladi. Fan sifatida XX asrning o‘rtalarida shakllana boshlagan psixolingvistikaning yuzaga kelishida bir qancha omillar ko‘rsatiladi. Jumladan, a) maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini shakllantirish; b) aqliy nosog‘lom, kar-soqov hamda tug‘ma nutqiy nuqsonli bolalarni o‘qitish, logopediya; d) nutqiy buzilishlarni tiklash; e) madaniyatlararo aloqa1kabilar. Psixolingvistika termini ilk marta 1936-yilda amerikalik psixolog J.R.Kantor tomonidan qo‘llangan. 1946-yildan boshlab esa uning shogirdi N.G.Pronkoning “Til va psixolingvistika” nomli maqolasi e’lon qilinganidan so‘ng keng iste’molga kirgan2. Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til egasidir. Shu sababdan uning diqqat markazida inson turadi, eng muhim xususiyati ham inson omili ekanligi bilan o‘ziga xosdir3. Tilshunoslik va psixologiya doirasidagi izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, inson tafakkuri va nutq shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlik juda ham yaqin hisoblanadi. Shu sababdan psixolingvistika nuqtayi nazaridan yondashilsa, til nafaqat muloqot vositasi, balki ma’naviyat hamda qadriyatning ifodasi hamdir. 1Психолингвистика. Электронный учебно-методический комплекс по учебной дисциплине для специальности. Составитель: О.И. Уланович. – Минск: Изд-во Гревцова, 2010. – 240 с. – С. 3. 2 Белянин В.П. Психолингвистика / Главный редактор Д. И. Фельдштейн. – Учебник. – М.: Флинта, 2003. – С. 3. 3 Usmanova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – B. 3. 2 55 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi kun psixolingvistikasiga oid tadqiqotlar falsafa, psixologiya, tilshunoslik, semiotika, semantika, mantiq, sotsiologiya hamda tibbiyot bilan chambarchas bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, psixolingvistikaning uchta asosiy nazariy manbasi mavjud: 1. Sepir–Uorf nazariy qarashlari. Unga ko‘ra tilga psixologik yondashish zarurligi ta’kidlanadi. Ya’ni til bu ruh mahsuli bo‘lib, u o‘zida muayyan xalq madaniyatini mujassam etadi. 2. Amerikalik strukturalistlar hamda N.Xomskiyning ilmiy qarashlari. Unda ma’lum bir tildan foydalanish to‘g‘ri gap tuza olish qobiliyati bilan bog‘liq g‘oya ilgari suriladi. 3. Til va nutq masalalari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning ilmiy qarashlari. Bunda L.S.Vigotskiy, L.V.Sherba kabi olimlarning fikr, ichki so‘z, nutqiy faoliyatga oid bildirgan fikrlari muhim sanaladi. Psixolingvistikaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Jamiyatda nutqiy faoliyatning vazifalarini o‘rganish. 2. Muloqot ishtirokchilarning tabiati va nutqiy axboroti o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish. 3. Shaxsning kamol topishi hamda uning nutq rivojlanishi chambarchas bog‘liqligini tahlil qilish. Ta’kidlash lozimki, har doim oraliqdagi hodisalar kuchli va, o‘z navbatida, juda e’tiborni talab qilishi bilan o‘ziga xosdir. Jumladan, psixolingvistika sohasi ham psixologiya va tilshunoslikni birlashtirar ekan, unga oid terminlar ikkala fanning tutashgan xususiyatlarini aks ettira olishi lozim. O‘zbek tilshunosligida psixolingvistika terminlari lug‘at shaklida hozirga qadar yaratilmagan. Shu sababdan biz bu jarayonda psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari va lug‘atchilikdagi bu borada mavjud tajribalarga murojaat etildi. Mazkur lug‘atga kiritilgan terminlarni to‘plashda o‘zbek va jahon tilshunosligida yaratilgan ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlardan manba sifatida foydalanildi. Tanlangan terminlar o‘zbek tiliga ixcham tarzda tarjima qilindi. Termin xatboshidan har bir harfi bosh shaklda berilib, o‘zlashma terminlarning kelib chiqishi katta qavsda ifodalandi. Masalan: IZOMORFIZM (lot. izo – o‘xshash + morfo – shakl) Tilning turli sath birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi. Mazkur atama tilshunoslikka ilk bor Y.Kurilovich tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, tovush komplekslari (masalan, bo‘g‘in) va semantik komplekslar (masalan, gap), funksional munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur parallelizmga ega. Ular o‘rtasida izomorfizm deb nomlanishi mumkin bo‘lgan ajoyib o‘xshashlik bor. Yuqorida ta’kidlanganidek, psixolingvistika faniga dastlab
Доказательный фрагмент
«The article discusses psycholinguistics, which is considered a modern field of linguistics, and the specifics of giving related terms in dictionaries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses psycholinguistics, which is considered a modern field of linguistics, and the specifics of giving related terms in dictionaries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and word expression: psycholinguistics, psychology, isomorphism, linguistic, inson omili., lisoniy yaratuvchanlik, логопед, izomorfizm, human factor., lisoniy irsiyat, психолингвистика, языковая наследственность, psycholinguistics, logopediya, psixolingvistika, speech therapy, psixologiya, inner speech, человеческий фактор., ichki nutq, психология, изоморфизм, linguistic creativity, языковое творчество, linguistic heredity, внутренняя речь
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026