К содержанию
РецензированоRU2024

ПАМЯТНИКИ БУХАРЫ

BUXORO OBIDALARI · Teshayeva Shahzoda Rahim qizi · Osiyo Xalqaro Univesiteteti · MONUMENTS OF BUKHARA

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The rich architectural traditions of Uzbekistan embody all stages of the development of the world cultural heritage, various forms of rare architectural works, and also in the architecture of unique structures such as towers. left a significant mark. Key words: Sogd, Khorezm, Baqtra, Sopollitepa, Ark fortress, Mir Arab Madrasah, Poyi Kalon complex. ПАМЯТНИКИ БУХАРЫ Аннотация. Богатые архитектурные традиции Узбекистана включают в себя все этапы развития мирового культурного наследия, различные формы редких архитектурных произведений, а также в архитектуре таких уникальных сооружений, как минареты, в той или иной степени оставившие значительный след. Ключевые слова: Согд, Хорезм, Бактра, Сополлитепа, крепость Арк, медресе Мир Араб, комплекс Пои Калон. O'zbekiston — ulug' avliyolar Vatani. Bu erda buyuk so'fiy darg'alar yashagan va sof islomiy ta'limot hamda uning ma'rifatini tarqatgan. Buxorodagi islomiy me'moriy yodgorliklar – Ark qal'asi, Mir Arab madrasasi, Poyi Kalon majmuasi, eski shahar ansambli, mashhur Buxoro hovuzlari asriy ko'rkamligi va jilosini yo'qotmasligi uchun zarur konservatsiya va restavratsiya ishlari bajarildi. Buxoroda ko‘plab minoralar mavjudki, ular qariyb o‘ttiz asrni qarshilagan Sharif shahar husniga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. Buxoro minoralari orasida Minorai Kalon (Kalon minorasi) o‘zining mahobati, naqshlarining murakkabligi, bejirimligi hamda ne-ne jang-u jadallar va tabiat sinovlariga dosh berib kelayotganligi bilan alohida ajralib turadi. Minoralar turli davrlarda turli vazifalarni bajargan. Qadimdan minoralar masjid va madrasalar yonida ularga tutash qurilgan. Minorai Kalon Buxorodagi betakror me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Qaysidir ma’noda qadim Buxoroning ramzi desak ham bo‘ladi. Minora Poyi Kalon me’moriy majmuasining bir qismi. U Mir Arab madrasasi hamda Kalon Masjidining o‘rtasida qad rostlagan. Eski Buxoroning eng baland inshootidir. Minorai Kalon tojik tilidan tarjima qilinganda katta minora ma’nosini anglatadi. Minora arabcha so‘z bo‘lib, «Baland inshoot» degan ma’noni anglatadi. Minora, aslida, masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan bo‘lib, namoz o‘qishga undaydigan azon chaqirish uchun mo‘ljallangan joy vazifasini bajaradi. Tarixiy 2 14 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ manbalarda minoralarning ayrimlari dushman qo‘shinlarini kuzatuvchi soqchixona sifatida va bir majmuaga ko‘rk va salobat berish hamda uni qurdirgan shaxsning kuch-qudratini namoyish qilish uchun ham bunyod etilgan. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida yozilishicha, birinchi Minorani Buxoroda Abu Abdulloh al Jahoniy 918-919 -yil qurdirgan. Bu Minora qulagandan so‘ng Arslonxon yangi Minora binosini qilishga farmon beradi. Minora qurilishi oxiriga yetmay qulaydi. Uning o‘rnida avval ham minora bo‘lgan, u qulab tushgach, mustahkam qilib qayta qurilgan. Minoraning hozirgi ko‘rinishi o‘sha vaqtda bunyod etilgan. O‘z vaqtida Minorai Kalon yuqoridan kuzatish, hamda aholini namozga chaqirish uchun xizmat qilgan. Bu davrlarda o’zimizda ham ya’ni O’rta Osiyoda miloddan avvalgi III mingyillikda, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, X ming yilliklardan boshlangan. Juda ko’p arxeologik qazishmalar bu yurtda otashparastlar va budda dinlariga mansub bo’lgan ibodatxonalar qurilganligidan dalolat beradi. O’sha davrlarda qal’alar qurilishi ham keng rivojlangan. Hozirgi kunda ham 400 ga yaqin qal’alarning qoldiqlari O’zbekiston hududida mavjuddir. Bronza davrida O’zbekiston hududining janubida Sopollitepa murakkab arxitektura komplekslari vujudga kelgan. Milodgacha bo’lgan I ming yillikda Baqtriya, So’g’d, Xorazm kabi haqiqiy shaharlar vujudga kela boshlaydi. Qal’alar yarim doira shaklidagi minoralar, devor ichi yo’llari, tiyrandoz o’qchilar uchun mo’ljallangn ko’pgina tuynuklar bilan qurila boshlangan. To’g’ri burchakli yoki doira shakliga ega konstruksiyalar qal’a devorlarini mustahkamlagan. Bunday qurilish obyektlariga misol qilib, Surxondaryo viloyati hududidagi qadimgi Qiziltepa, Bandixon, Talashkan va yana boshqa obyektlarni ko’rishimiz mumkin. O’zbek me’morchiligi ham boshqa me’moriyinshoatlardan farq qiladigan bir inshoat bor, bu IX-X asrlardagi Somoniylar davriga tegishli hisoblanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak Ismoil Somoniy davrida o’zi uchun qurdirgan maqbarasi.Uning qurilishi ikki dinni o’zida jaylaydi, yani o’sha davrlarda yurtimizda Islom dini kirib kelgan bo’lsa ham hali Zardushtiylik diniga etiqot qiluvchilar bor edi. Ismoil Somoniy ikki tomonga ham maqul keladigan inshoat qurishni buyuradi. Ustalar bu ishni mohirona amalga oshirganlar. Maqbara g’ishlari shunday o’rnatilganki uzoqdan ochilgan kitobni eslatadi. Bu esa Islom dini uchun xosdir. Maqbara tepasidagi o’rnatilgan panjaralar quyosh nurini ichkariga to’g’ridan-to’g’ri tushmasligini tamilaydi. Maqbaraga g’ishlarni bir biriga yopishtirish uchun hech nimadan foydalanilmagan, g’ishtlar shunday qo’yilganki uni ko’rgan inson hayrat oladi. Mana bi

Доказательный фрагмент

«The rich architectural traditions of Uzbekistan embody all stages of the development of the world cultural heritage, various forms of rare architectural works, and also in the architecture of unique structures such as…»

Образец извлечения

Демо-превью

The rich architectural traditions of Uzbekistan embody all stages of the development of the world cultural heritage, various forms of rare architectural works, and also in the architecture of unique structures such as… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sogd, Khorezm, Baqtra, Sopollitepa, Ark fortress, Mir Arab Madrasah, Poyi, Poyi Kalon complex., Бактра, Сополлитепа, Xorazm, Согд, Ark qal'asi, So’g’d, крепость Арк, Mir Arab madrasasi, Poyi Kalon majmuasi., комплекс Пои Калон., Хорезм, медресе Мир Араб
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники