Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УМЕНИЕ НАЗАРА ЭШОНКУЛЯ ИСПОЛЬЗОВАТЬ СРАВНЕНИЯ (НА ПРИМЕРЕ ИСТОРИИ «ГРОБ»)
(“TOBUT” HIKOYASI MISOLIDA) · Asatova Gulmira Tohir qizi · STORY OF "COFFIN")
Современная наука и исследования · 3 · 137-141 · 2024
Аннотация
This article highlights the possibilities of the similes used in the story "Coffin" by the well-known artist Nazar Eshanqul in the text of the artistic work. Key words: "Coffin", simile, free simile, stable simile, object of simile, standard of simile, base of simile, tool of simile. УМЕНИЕ НАЗАРА ЭШОНКУЛЯ ИСПОЛЬЗОВАТЬ СРАВНЕНИЯ (НА ПРИМЕРЕ ИСТОРИИ «ГРОБ») Аннотация. В данной статье описываются возможности сравнений, использованных в рассказе «Гроб» известного художника Назара Эшангула в тексте художественного произведения. Ключевые слова: «Гроб», сравнение, свободное сравнение, устойчивое сравнение, объект сравнения, эталон сравнения, база сравнения, инструмент сравнения. Bizga ma’lumki, oʻxshatishlar tasviriy ifodaning eng qadimiy shakllaridan biri hisoblanib, badiiy asarda ijodkorning oʻziga xos soʻz qoʻllash imkoniyatlarini ochib beruvchi birliklardan hisoblanadi. Oʻxshatishlar xususida tadqiqot olib borgan tilshunos M.Mukarramov uning uch asosdan iborat ekanligini, ya’ni oʻxshatiluvchi obyekt va oʻxshovchi obraz oʻxshatishning asosi ekanligini ta’kidlab, oʻxshatish vositasini asos sifatida hisobga olmaydi. Oʻxshatishlarning tasviriy vosita sifatida badiiy adabiyotda tutgan oʻrni uning lingvistik tabiati boshqa tasviriy vositalarga qaraganda birmuncha mukammal va atroflicha oʻrganilgan. R.Qoʻngʻurovning “Oʻzbek tili stilistikasida ocherklar” (Samarand, 1975), “Oʻzbek tilining tasviriy vositalari” (Toshkent, 1977), M.Mukarramovning “Oʻzbek tilida oʻxshatish” (Toshkent, 1976), asarlari Y.Is’hoqovning oʻzbek klassik adabiyotidagi tashbex san’atini tadqiq etish borasidagi kuzatishlari va ana shunday manbalar sifatida qaraladi. [1, 8-b]. Professor Nizomiddin Mahmudov oʻzbek tilida oʻxshatishlarni toʻrt unsurga ajratib, ularni oʻxshatiladigan narsa yoki subyekt, unga o’xshash bo’lgan narsa yoki oʻxshatish etaloni, oʻxshatish asosi va oʻxshatishning shakliy yoki formal koʻrsatkichi deb nomlaydi. [3. 5-b] Oʻxshatishda ikki narsa yoki voqea-hodisa oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanilib, ularning biri orqali ikkinchisining belgi-xususiyati toʻliq hamda boʻrttirib koʻrsatiladi. 1 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Har bir adibning so‘z qo‘llash mahorati u qo‘llagan original o‘xshatishlar bilan ham belgilanadi. Chunki “dunyoni o‘ziga xos tarzda ko‘rish o‘xshatish semantikasida aks etadi[2. 4-b] Nazar Eshonqul ham asarlarida original oʻxshatishlarni qoʻllay olgan ijodkorlardandir. Nazar Eshonqulning “Tobut” hikoyasida noma’lum sabablarga koʻra oʻlim tarqalishi va buni oldini olish uchun joʻnatilgan shaxslarning oʻlim sababini topa olmasligi, hatto shaharning ham xaritada tobut shaklida tasvirlanganligi aks etgan. Ma’lumki, tilimizda oʻxshatishlarning ikki turi mavjud: 1) muallif-individual oʻxshatish yoki erkin oʻxshatish; 2)umumxalq yoki turgʻun oʻxshatishlar.[3,5-b] Nazar Eshonqul ham ushbu hikoyasida erkin oʻxshatishlardan unumli foydalangan. Tadqiqotimizda “Tobut” hikoyasida qoʻllanilgan oʻxshatishlar va ularning badiiy asar matnidagi tutgan oʻrnini yoritishga harakat qildik. Asarda inson koʻzi toʻrt oʻrinda toʻrt xil oʻxshatishda ifodalangan: koʻzlar – choʻgʻi soʻnayotgan oʻchoqday taftsiz, soʻnib qolgan shamdek yohud suvi qurigan koʻldek, botib boʻlgan quyoshning shafagʻidek, uchib yurgan oʻqdek. Bunda muallif shahar aholisining koʻzlari tasviriga ham alohida toʻxtalib, noma’lum oʻlim sababidan nima qilishini bilmay qolgan insonlarni Yozuvchi koʻzlar vositasida ilojsiz, sassiz, hayron-u lol qolgan shahar aholisining qiyofasini chizgan. Asardagi shahar uchishga chogʻlanayotgan maxluqqa qiyoslanadi. Misolda dek – oʻxshatish vositasi, maxluq – oʻxshatish etaloni, shahar –oʻxshatish subyektidir. Shaharning yuqoridan koʻrinishi maxluqqa, ya’ni uchishga chogʻlanayotgan maxluqqa oʻxshab koʻrinishi uning tobutga oʻxshashiga ishora qilingan. Masalan, Serajin yuzlarini bosib ketgan va yonib boʻlgan oʻrmonga oʻxshab qolgan moʻylar aro barqib turgan soliq qiyofalar menga ming yillardan buyon odam qadami yetmagan tashlandiq imoratlarni eslatgan bu qiyofalardan ayovsiz yogʻayotgan jaladek hasrat va mung yogʻilib turar edi[4, 111], Ushbu matnda bir necha oʻxshatish qoʻllanilgan boʻlib, shahar odamlarining noma’lum oʻlim sababini tushuna olmayotganliklarini va buni ifodalashda salbiy boʻyoqdor soʻzlar vositasidagi oʻxshatishlarning qoʻllanilayotganligini koʻrishimiz mumkin. Shahar odamlari menga qulashini bilgan holda jarga qarab yugurib ketayotgan telbaday taassurot qoldirgan edi [4, 111-b] Ushbu matnda shahar odamlari jarga qarab yugurib ketayotgan telbaga qiyoslanadi. Bunda oʻxshatish subyekti – shahar odamlari, oʻxshatish vositasi – day affiksi, oʻxshatish etaloni – telba. Asar qahramonlarining hayotida shahar odamlari shunday taassurot qoldiradi, chunki bu shaharda oʻlim koʻpayib ketganligidan u insonlar ham xuddi oʻlimini kutayotgandek koʻrinadi shuning uchun ham mazkur oʻxshatish keltirilgan. Nima boʻlganda ham koʻrganlar
Доказательный фрагмент
«This article highlights the possibilities of the similes used in the story "Coffin" by the well-known artist Nazar Eshanqul in the text of the artistic work.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the possibilities of the similes used in the story "Coffin" by the well-known artist Nazar Eshanqul in the text of the artistic work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Coffin", simile, free simile, stable simile, object of simile, standard of simile, turgʻun oʻxshatish, oʻxshatish asosi, объект сравнения, инструмент сравнения., устойчивое сравнение, свободное сравнение, сравнение, erkin oʻshatish, база сравнения, oʻxshatish, oʻxshatiladigan narsa, «Гроб», эталон сравнения, oʻxshatish etaloni, “Tobut”, oʻxshatish vositasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026