Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ГЕОГРАФИЧЕСКОЕ РАСПРОСТРАНЕНИЕ РАСТЕНИЙ СУРХАНСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО ЗАПОВЕДНИКА
Sh.U. Mardonov · M.A. Mamadiyeva
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Despite the fact that the reserves of Uzbekistan have a long history, the inventory of tall plants was carried out only in the Chotkal Biosphere Reserve and the Nurota State Reserve. There is very little information about the flora of the remaining 7 reserves. In particular, the reports of the scientific department of the Surkhan State Reserve list more than 140 plant species. This article provides brief information about the geographical location and vegetation cover of the Surkhan State Reserve. Key words: Reserve, Kohitang mountain range, Arol-Paygambar, Kyzylolma stream. ГЕОГРАФИЧЕСКОЕ РАСПРОСТРАНЕНИЕ РАСТЕНИЙ СУРХАНСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО ЗАПОВЕДНИКА Аннотация. Несмотря на многолетнюю историю заповедников Узбекистана, инвентаризация высокорослых растений проводилась только в Чоткальском биосферном заповеднике и Нуратинском государственном заповеднике. О флоре остальных семи заповедников сведений очень мало. В частности, в отчетах научного отдела Сурханского государственного заповедника перечислено более 140 видов растений. В статье приведены краткие сведения о географическом положении и растительном покрове Сурханского государственного заповедника. Ключевые слова: заповедник, горный массив Кохитанг, Арол-Пайгамбар, ручей Кызылолма. Qoʻriqxonalar tabiiy ekosistemalarni muhofaza etishning eng takomil shakllaridan biri boʻlib, turli yoʻnalishlardagi ilmiy tadqiqotlar va xilma-xil ekotizimlarning monitoringi olib boriladigan poligon sifatida ajralib turishi lozim. Flora va oʻsimliklar qoplami har bir biotaning muhim boʻlagi sifatida esa alohida e'tiborga olinishi talab etiladi. Muhofaza etiladigan hududlardagi taksonomik birliklarning inventarizasiyasi jumladan, yuksak gulli oʻsimliklar tur tarkibining aniqlanishi olib borilishi zarur boʻlgan barcha tadqiqotlarning zamini boʻladi. 7 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Surxon davlat qoʻriqxonasi 1986 yil 8 sentyabrda tashkil etilgan. U “Orol-Paygʻambar” va “Koʻhitang” boʻlimlaridan iborat. Umumiy maydoni 27676 ga ni tashkil etadi. “Orol-paygʻambar” boʻlimi 19 yilda mustaqil qoʻriqxona sifatida Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlat chegarasi hisoblangan Amudaryo boʻyida tashkil etilgan. Maydoni 3093 ga. Bu erda asosan toʻqayzor oʻrmonlar va unda yashaydigan hayvonlar muhofaza qilinadi. 1986 yilda “Orol-paygʻambar” boʻlimi Surxon davlat qoʻriqxonasi tarkibiga kiritilgan. Keyingi 15-20 yil ichida bu erda murakkab va notinch chegaraviy sharoit tufayli “Orol-Paygʻambar” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan qoʻriqxona tasarrufidan chiqarilgan hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash Qoʻmitasiga berilgan. Qoʻriqxonaning “Koʻhitang” boʻlimi Koʻhitang togʻ tizmasining sharqiy yonbagʻrida tashkil etilgan. Bu erda asosan togʻ-oʻrmon ekotizimi hamda noyob oʻsimlik va hayvon turlari muhofaza qilinadi. Umumiy maydoni 24554 ga. Surxon qoʻriqxonasining florasi Janubi-Gʻarbiy Hisor okrugi florasining 40,3 % ni, Koʻhitang tizmasining 74,7 % ni tashkil etadi. Bu qoʻriqxona florasini Janubi-Gʻarbiy Hisor okrugining oʻziga xos maydonlaridan biri va Koʻhitang tizmasi umumiy florasiga nisbatan reprezentativ xarakterga ega ekanligini namoyon etadi. 1982 yilda I.G. Levichev Koʻhitang tizmasining sharqiy yonbagʻrida joylashgan Qizilolma soyining yuqori qismi, dengiz sathidan 2900 m balandlikdan, qorga yaqin boʻlgan joydan Gagea turkumiga mansub yangi Gagea nabievii Levichev turini topadi va fanga kiritadi [1]. Eremurus robustus Regel- Bogʻlidara boʻlimi Tadqiq etilgan hududda olib borilgan geobotanik tadqiqotlardan eng salmoqlilaridan biri sifatida F.O. Xasanovning izlanishlarini keltirish mumkin. Tadqiqotchi tomonidan 1982-1987 yillar davomida tizmaning daraxt va butazorlari oʻrganilgan. Bu ishlarida Koʻhitang tizmasining florasi boʻyicha qisqacha ocherk [2], shiblyak tipining asosiy formasiyalari va ularning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati borasidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, Koʻhitang tizmasi doirasida shiblyak tipining floristik boyligi 55 oila, 269 turkumga mansub 578 tur oʻsimliklar bilan 7 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ baholanishini keltirgan [3]. Ushbu tadqiqot natijalari hozirgacha olib borilgan floristik va geobotanik izlanishlar orasida salohiyatli oʻrin egallab kelmoqda. Surxon davlat qoʻriqxonasi hududida Acantholimon majevianum Regel, Allium ecornutum, Maltzev, Allium kuhgitangi, Astragalus plumbeus, Echinops multicaulis, Ferula nevskii, Jurinea tapetodes kabi noyob turlar uchraydi.
Доказательный фрагмент
«Despite the fact that the reserves of Uzbekistan have a long history, the inventory of tall plants was carried out only in the Chotkal Biosphere Reserve and the Nurota State Reserve.»
Образец извлечения
Демо-превьюDespite the fact that the reserves of Uzbekistan have a long history, the inventory of tall plants was carried out only in the Chotkal Biosphere Reserve and the Nurota State Reserve. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reserve, Kohitang mountain range, Arol-Paygambar, Kyzylolma stream, Orol-Paygʻambar, горный массив Кохитанг, Qizilolma soyi., Арол-Пайгамбар, заповедник, Kyzylolma stream., Koʻhitang togʻ tizmasi, Qoʻriqxona, ручей Кызылолма.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026