Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЙ СЕМЕЙСТВА СЛОЖНЫХ
DORIVORLIK XUSUSIYATLARI · Ergashev Azamat Azimovich · Temirova Mashhura (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Biologiya va qishloq xo‘jalik maxsulotlari)
Современная наука и исследования · 3 · 242–255 · 2024
Аннотация
The article provides information about plants belonging to the Asteraceae family, which contain a large amount of useful essential oils. Key words: Artemisia absinthium L., alkaloids, essential oils. ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЙ СЕМЕЙСТВА СЛОЖНЫХ Аннотация. В статье приведены сведения о растениях семейства Астровые, которые содержат большое количество полезных эфирных масел. Ключевые слова: Artemisia absinthium L., алкалоиды, эфирные масла. Kirish. Oʻzbekiston hududi turli-tuman dorivor daraxt-buta va oʻt oʻsimliklariga boyligi bilan ajralib turadi. Insoniyat hayoti oʻsimliklar olami bilan uzviy bogʻlangan, chunki ular insonni toʻydirgan, kiyintirgan, davolagan, qurilish, dorivor va texnik xomashyo manbai boʻlib xizmat qilgan. Dorivor oʻsimliklar insoniyatga juda qadim zamonlardan ma’lum boʻlgan. Oʻsimliklardan nafaqat oziq-ovqat, balki biologik faol moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar. Dorivor oʻsimliklardan Shumer sivilizatsiyasida 5000 yil avval davolash maqsadlarida qoʻllanganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Dorivor oʻsimliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalarning yagona manbai boʻlib xizmat qilgan [1] Mamlakatimiz hududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak oʻsimliklar tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Hozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor oʻsimliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan boʻlib, ularning 80 % ni tabiiy holda oʻsuvchi oʻsimliklar tashkil etadi shuningdek Respublikamizning boy va xilma-xil florasi tarkibi 138 ta oila, 1023 ta turkum va 4350 ta turdan iborat. Shulardan 577 tur 381 turkum va 93 oilasiga mansub oʻsimliklar dorivor hisoblanadi. Ulardan 140 turi faqat Oʻzbekiston hududida uchraydi [2] Dorivor oʻsimliklar sintetik dorilarga qaraganda kam asorat qoldiradi, kamdan kam hollarda allergik reaksiyalar chaqiradilar. Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida oʻsimliklardagi fiziologik faol moddalarni aniqlash fitokimyoviy usulda keng oʻtkazilmoqda, 6000 tur oʻsimlikning alkaloidli tarkibi, 2000 tur oʻsimlikning glikozidli tarkibi, 3000 tur oʻsimlikning 6 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ saponinli tarkibi, 1000 turga yaqin oʻsimlikning flavonoidli tarkibi va 4000 dan oshiq tur oʻsimlikning efir moyli tarkibi fitokimyoviy usulda oʻrganilgan [3]. Murakkabguldoshlar oilasi vakillari dorivorlik xususiyatlari xususan efir moyariga boyligi bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi Jumladan quyidagi vakillari dorivorlik xususiyatlari juda yuqori hisoblanadi. Efir moylari uchuvchan, tabiiy, murakkab birikmalar bo‘lib, kuchli hid bilan ajralib turadi va aromatik o'simliklar tomonidan ikkilamchi metabolitlar sifatida hosil bo‘ladi. Ular odatda bug‘ yoki gidro-distillash yo‘li bilan olinadi, garchi ularni olishning bir necha usullari mavjud. Ular suyuq karbonat angidrid va mikroto‘lqinli pechlardan foydalanishni o'z ichiga olishi mumkin, lekin asosan qaynoq suv yoki issiq bug' yordamida past yoki yuqori bosimli distillashni o‘z ichiga oladi. Tabiatda efir moylari o'simliklarni antibakterial, virusga qarshi, zamburug'larga qarshi, hasharotlarga qarshi va shuningdek, O‘simliklarni maskirovka qilish o‘txo‘r hayvonlardan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ular, shuningdek, ba‘zi hasharotlarni jalb qilishi mumkin, shu bilan gulchanglar va urug‘larning tarqalishiga yordam beradi Artemisia absinthium L. - odatda “shuvoq” nomi bilan tanilgan, va Mamlakatimizning turli qismlarida tarqalgan sariq gulli ko'p yillik o‘simlik bo’lib, parazitlarga qarshi ta’siri va anoreksiya va ovqat hazm qilish kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Yer usti qismlari ko‘plab oshqozon- ichak kasalliklarida foydalaniladi.[4] Artemisia annua L. (shirin shuvoq) qadimdan Xitoyda isitma va titroqni davolash uchun ishlatilgan. Dastlab Osiyo va Yevropada o‘sgan bo’lsada, o‘simlik Afrikada yetishtiriladi va bezgakni davolash uchun choy sifatida ishlatiladi. Artemisinin o‘simlikning bezgakka qarshi vosita sifatida aniqlangan.[5] Artemisia dracunculus L. (tarragon) ko‘p yillik o‘t bo‘lib, oziq-ovqat sanoatida uzoq vaqtdan beri qo‘llanilgan. Shuningdek, foydali xususiyatlarga ega va shuning uchun o’simlik dori sifatida keng qo’llaniladi. [6] Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz kerak bugungi davrda oʻsimliklarni global miqyosda saqlash va koʻpaytirish muammosini hal qilish strategiyalari va yondashuvlarni ishlab chiqish kerak. Shu munosabat bilan soʻnggi yillarda rivojlanishning yangi istiqbolli yoʻnalishi – biotexnalogik tadqiqotlar qayd etildi Bu yangi ilm-fan yoʻnalishi boʻlib, uning asosiy vazifasi, mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun mavjud an’anaviy usullarni zamonaviy biotexnologik vositalar bilan toʻldirish va genetik resurslarni barqaror boshqarish imkoniyatini ta’minlashdan iborat
Доказательный фрагмент
«The article provides information about plants belonging to the Asteraceae family, which contain a large amount of useful essential oils.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information about plants belonging to the Asteraceae family, which contain a large amount of useful essential oils. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artemisia absinthium L, alkaloids, essential oils, alkaloidlar, essential oils., алкалоиды, эфирные масла., Artemisia absinthium L., efir moylari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025