К содержанию
РецензированоRU2026

ЗНАЧЕНИЕ НАУКИ БЕЗОПАСНОСТИ ЖИЗНЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЛЯ ЛЮДЕЙ

Zoirova Xabiba Xamrokulovna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article is devoted to the study of the importance of life safety science. Literature analysis and interviews with industry experts were used as research methods. The role of the life safety science in the life of the society, the history of the development of the field and the actual problems of today are considered in the article. Proposals for solving the problem have also been developed. Key words: life activity safety, equipment safety, industrial safety, labor protection, emergency situations. ЗНАЧЕНИЕ НАУКИ БЕЗОПАСНОСТИ ЖИЗНЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЛЯ ЛЮДЕЙ Аннотация. Данная статья посвящена исследованию значения науки безопасности жизнедеятельности. В качестве методов исследования использовался анализ литературы и интервью с экспертами отрасли. В статье рассматривается роль науки безопасности жизнедеятельности в жизни общества, история развития отрасли и актуальные проблемы современности. Также разработаны предложения по решению проблемы. Ключевые слова: безопасность жизнедеятельности, безопасность оборудования, промышленная безопасность, охрана труда, чрезвычайные ситуации. Inson hayot faoliyati uchun tashqi sharoitda boʻladigan oʻzgarishlar haqida yetarli 234 darajada axborotning boʻlishi va bu axborotni qaysi mohiyatda foydalanish imkoniyatini belgilovchi va unga tayyorgarlik koʻrish uchun tabiiy muhofaza chora-tadbirlariga maʼlum maʼnoda tayyorgarlik boʻlishi insonning yashash uchun kurash sifatining asosi sanaladi. Atrof- muhit ko'rinishi haqidagi maʼlumot inson uchun shu sharoitga moslashish imkoniyatini yaratadi va buni uning yetti muchasi sifatidagi axborot qabul qilish tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Inson faoliyatining turli-tuman qirralari mavjud boʻlib, turli xil hududlarda yashovchilar uchun oʻziga xos boʻlgan faoliyat turlari boʻladi. Bu faoliyat turlari eski zamonlardan beri har xil shaklda takomillashib kelgan. Masalan, shaharlar hududida yashagan aholining faoliyat tarzi qishloqlarda yashovchilar faoliyatidan ancha farq qilishi maʼlum. Ma'lumki, keyingi vaqtlarda aholining shaharlashish darajasi oʻsganligi munosabati bilan va qishloqlarga zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelishi natijasida bu tafovut kamayib bormoqda. Ayrim takomillashgan mamlakatlarda bu tafovutlar deyarli yoʻqoldi deb aytish mumkin. Shuning uchun ham inson faoliyatini bugun taraqqiyotini nazarda tutib, inson faoliyati ikkita turga: yaʼni jismoniy mehnat va aqliy mehnat turlariga boʻlish mumkin. Bunday boʻlinish, albatta, birmuncha umumiy shaklda nisbiy boʻlsa ham, bunday boʻlib qarash faoliyat turlariga baho berishda ancha yengillik paydo qiladi Inson mehnat faoliyati jarayonida salomatlikka yomon taʼsir qiladigan omillarga duch keladi, mazkur omillarni insonga taʼsir darajasini baholash niyatida chegaradagi ruxsat etilgan daraja yoki aralashma tushunchasi kiritilgan. Bu daraja miqdori yuqori boʻlsa, odam organizmida xavfli faoliyat paydo bo'ladi va kasb kasalligiga duch keladi. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Bunga sabab, birinchidan, texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida yangi xavf- xatarlarning paydo bo'lishi bo'lsa, ikkinchidan, atrof-muhit muammolari va tabiiy ofatlarning ko'payishi hisoblanadi. Bunday sharoitda hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar va ushbu fanga oid bilimlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda hayot faoliyati xavfsizligi fani yanada keng qamrovli bo'lib, global miqyosdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan. Misol uchun, iqlim o'zgarishi va atrof- muhit ifloslanishi kabi ekologik muammolar shuningdek, terrorchilik va kiberhujumlar kabi yangi tahdidlar ham hayot faoliyati xavfsizligi sohasi oldida turgan dolzarb vazifalar hisoblanadi. 235 Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, hayot faoliyati xavfsizligi fani jamiyat hayotining barcha jabhalarida muhim rol o'ynaydi. Birinchidan, ushbu soha ishchilarning xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, hayot faoliyati xavfsizligi talablariga rioya qilish natijasida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar soni sezilarli darajada kamaygan. Misol uchun, AQSHda 1970-yildan beri mehnat bilan bog'liq o'lim holatlari 62% ga kamaygan. Ikkinchidan, hayot faoliyati xavfsizligi fani atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ofatlarning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, sanoat chiqindilarini to'g'ri boshqarish va utilizatsiya qilish atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni boshqarish esa tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar oqibatida yuzaga keladigan zararlarni minimallashtirishga yordam beradi. Uchinchidan, hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi innovatsiyalar va ilmiy- tadqiqot ishlari jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Yangi texnologiyalar va usullarni ishlab chiqish natijasida ish sharoitlari yaxshilanadi, ishlab chiqarish samaradorligi oshadi va atrof-muhitga ta'sir kamayadi. Bunday yutuqlar iqtisodiy o'sishga va aholi turmush

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the study of the importance of life safety science.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the study of the importance of life safety science. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
life activity safety, equipment safety, industrial safety, labor protection, mehnatni muhofaza qilish, безопасность оборудования, промышленная безопасность, emergency situations., hayot faoliyati xavfsizligi, безопасность жизнедеятельности, sanoat xavfsizligi, чрезвычайные ситуации., охрана труда, favqulodda vaziyatlar., texnika xavfsizligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники