К содержанию
РецензированоRU2026

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI · Kurbonova G.S. · Jumanov M.A. · Matrasulov Ǵ.J.

Современная наука и исследования · 4 · 2026

Аннотация

In this article, there are proposals for studying the pedagogical and psychological aspects of the development of creativity in schoolchildren. Key words: pedagogical practice, education, technology, student, perception, professional creativity, activity, development, innovation. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ Аннотация. В данной статье имеются предложения по изучению педагогических и психологических аспектов развития творческих способностей школьников. Ключевые слова: педагогическая практика, образование, технология, студент, восприятие, профессиональное творчество, деятельность, развитие, новаторство. Fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari ishlab chiqarish bilan birga, ta’lim sohasiga ham sezilarli o‘zgarishlar, yangiliklar va o‘qitishning zamonaviy vositalarini olib kirish ikmonini berdi. Bu yutuqlarning ta’lim sohasiga kirib kelishi uning an’anaviy vazifalariga nisbatan ham sezilarli o‘zgartirishlar kiritish zaruratini qo‘ydi. Shu asnoda ta’limdagi islohotlar mohiyatini tushunish va anglab yetish uchun zaruriy pedagogik shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish muammosi yuzaga keldi. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uni shaxs imkoniyatlariga to‘liq moslashtirishga ko‘maklashuvchi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri ham, ta’lim oluvchilarda 221 tashabbuskorlik, mustaqillik, kreativlik sifatlarini qaror toptirish va rivojlantirishdan iborat etib belgilangan. Turli yondashuvlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilik davri shaxsni o‘z o‘zini namoyon etishi, hayotiy tajribadagi xilma xillik, qadriyatlar yo‘nalganligining shakllanishi, dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq holda tavsiflanadi. Shu bilan birga, mazkur yosh davrida ijtimoiy faollikning ortishi, kasbiy o‘z-o‘zini anglash va o‘quv faoliyatining kreativlikka yo‘naltirilganligi alohida ahamiyat kasb etadi. G.S.Altshuller to‘g‘ri va tadqiqotchilik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan, erkin va ijodiy ta’lim muhiti orqali har qanday yosh davrida kreativlikni shakllantirish mumkin degan fikrni ilgari suradi. Ta’lim tizimida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy mexanizmi sifatida o‘quv jarayonini ular shaxsiga yo‘naltirish nazarda tutiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarni axloqiy hamda kasbiy yetuklik, faollik, mustaqillik, nazariy-tahliliy faoliyatga undash imkonini beradi. Buning natijasida o‘quvchilarda o‘z-o‘zlarini rivojlantirish, yaratuvchilik, mustaqillik, hayotiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va moslashtirish kabi layoqatlarni tarkib toptiradi. O‘quvchining idroki o‘qituvchilar tomonidan asosiy qadriyat sifatida e’zozlanib, unga bo‘lgan munosabat doirasida bolalarning qiziqishlari, ichki olami, ehtiyojlari, layoqatlari, imkoniyatlari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini bilish bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-shaxsiy layoqatining ijtimoiy ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘quvchilar kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin bo‘ladi: - ta’lim jarayonini o‘quvchilardagi kasbiy kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirish; - o‘quvchilarga shaxs va bo‘lajak yetuk mutaxassis sifatida yondashish, shu tariqa ularni o‘quv jarayoni, kasbiy kreativ va hayotiy faoliyat sub’ekti sifatida rivojlantirish; - o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy kreativ faoliyat sub’ekti sifatida rivojlanish mayllarini shakllantirish; - o‘quv jarayonining izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini kuchaytirish; -o‘quvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish; - o‘quvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish; 222 - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish jarayonini zamonaviy metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo‘naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini bilish, o‘z mavqeiga ega bo‘lish, o‘z-o‘zini namoyon etish qobiliyatini tarkib toptirish; - madaniy-ta’limiy jarayonlarda o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash; - o‘z-o‘zini mustaqil kasbiy rivojlantirish jarayonida shaxsiy nuqtai nazarlarini dolzarblashtirish, o‘z mavqeini aniqlash sohasidagi shaxsiy tajribalarini oydinlashtirish, o‘z faoliyatini tatbiq etish, o‘zining kreativligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini tarbiyalash; - pedagogik amaliyot va tadqiqotchilik faoliyatida o‘zining ijodiy quvvatlarini namoyon qilish; - o‘quvchilarning darsdan va sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda ijtimoiy shaxsiy qadriyatlarni egallashga ularni yo‘naltirish; - o‘quvchilarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish; - o‘z-o‘zini boshqarish prinsipiga tayanish asosida o‘quvchilarni ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb etish; - o‘quvchilarning kreativ

Доказательный фрагмент

«In this article, there are proposals for studying the pedagogical and psychological aspects of the development of creativity in schoolchildren.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, there are proposals for studying the pedagogical and psychological aspects of the development of creativity in schoolchildren. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogical practice, education, technology, student, perception, professional, rivojlanish, novatorlik., professional creativity, технология, профессиональное творчество, студент, образование, innovation., activity, развитие, новаторство., деятельность, development, kasbiy kreativlik, восприятие, o‘quvchi, ta’lim, texnologiya, педагогическая практика, idrok, faoliyat, pedagogik amaliyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники