К содержанию
РецензированоRU2026

ТЕОРИЯ СТРОЕНИЯ ОРГАНИЧЕСКИХ СОЕДИНЕНИЙ

Raxmonova Nazokatxon Ibroximovna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Organic chemistry is the science of organic substances and the laws they obey. He studies the nomenclature, isomerism, methods of preparation, structure, physical and chemical properties of organic compounds, as well as areas of use. Key words: F. Vyoler, Organic chemistry, organism, physical and chemical properties, isomerism, organic compound, organic substances. ТЕОРИЯ СТРОЕНИЯ ОРГАНИЧЕСКИХ СОЕДИНЕНИЙ Аннотация. Органическая химия — наука об органических веществах и их законах. Он изучает номенклатуру, изомерию, способы получения, строение, физические и химические свойства органических соединений, а также области использования. Ключевые слова: Ф. Вёлер, Органическая химия, организм, физико-химические свойства, изомерия, органическое соединение, органические вещества. Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o`simlik va hayvon moylari hamda yog‘lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog`larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi. XIX asr o‘rtalarida minglab yangi organik moddalar olindi va katta daliliy material to‘plandi. Lekin dalil va ma’lumotlarni umumlashtiruvchi, kimyoviy o‘zgarish va qonuniyatlarni asoslab beruvchi nazariyaning yo‘qligi organik kimyoni yana-da rivojlanishiga to‘sqinlik qildi. Dastlabki nazariya sifatida radikallar nazariyasi (Gey-Lyussak, Vyoler, Libix) vujudga keldi. Bu nazariyaga muvofiq noorganik moddalar atomlardan tuzilgani singari organik moddalar 226 radikallar (bir yoki bir necha atomlardan iborat qoldiqlar)dan tuzilgan. Kimyoviy reaksiyalarda bu radikallar bir modda tarkibidan ikkinchisiga o‘zgarmasdan o‘tadi. Organik kimyoning rivoji radikallar nazariyasini tasdiqlaganday bo‘ldi. Chunki CH3-metil, C6H5—CO-benzoil kabi radikallar topildi. Lekin radikallarni sof holda ajratib olish ishlarining natijasiz chiqqanligi va ayrim reaksiyalarda radikallarning ham o‘zgarishi aniqlanganligi sababli bu nazariya fanda uzoq hukm surmadi. 1853-yilda Sh.Jerar tiplar nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan organik moddalar noorganik moddalar (tiplar)dan bir yoki bir necha vodorod atomlari o‘rnini organik qoldiqlar olishidan hosil bo‘ladi. Dastlab organik moddalarning to‘rtta tipi yaratildi: Tiplarga asoslanib, organik birikmalarning sinflarga ajratilgani bu nazariyaning yutug‘i edi. Tiplar nazariyasining kamchiligi shundaki, u kimyoviy usullar yordamida moddalarning tuzilishini o‘rganish mumkinligini rad etdi. XIX asrning o‘rtalariga qadar o‘simlik va hayvonlar organizmlarida hosil bo‘ladigan moddalarni o‘rganuvchi fan organik kimyo deb yuritilardi. Shuning uchun «organik» atamasi «organizm» so‘zidan kelib chiqqan. Tarixan paydo bo‘lgan bu nomning mazmuni tubdan o‘zgargan bo‘lsa-da, u hozirgacha qo‘llanilmoqda. Organik kimyo yosh tabiiy-ilmiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning mustaqil fan sifatida shakllanishi XIX asrning birinchi yarmidan, aniqrog‘i 1828-yildan, ya’ni F.Vyoler ammoniy sianatni qizdirib mochevinani sintez qilgan vaqtdan boshlandi, 227 desa bo‘ladi. Bu tarixiy qisqa vaqt ichida organik kimyo taraqqiy etgan va juda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fundamental fanlar qatoridan joy oldi hamda juda katta daliliy materialga ega bo‘ldi. Hozirgi kungacha o‘rganilgan barcha kimyoviy birikmalarning 90 foizdan ortig‘i organik birikmalar bo‘lib, ularning soni 10 milliondan oshib ketdi. Vaholanki, noorganik moddalarning soni esa bir necha yuz mingdan oshmaydi. Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan band bo‘lgan barcha kimyogarlarning yarmidan ko‘pi organik-kimyogarlardir. Odamlar o‘simlik va hayvonlardan organik moddalarni ajratib olish va ulardan foydalanishni qadim zamonlardanoq bilganlar. Ular spirtli ichimliklar tayyorlash, vinoni achitib sirka olish, o‘simliklardan bo‘yoqlar, dori-darmonlar, xushbo‘y moddalar olishni bilganlar. Lekin u davrdagi kishilar organik moddalarning aralashmalari bilan ish ko‘rganlar. Sof organik moddalar esa birmuncha keyinroq olina boshlandi. 1776-yilda A.Volta botqoqlik gazini tadqiq qilib metanni, 1769—1785-yillarda K.Sheele vino, limon, olma, sut, gall, oksalat va siydik kislotalarini, 1795- yilda J.Deyman etil spirtiga konsentrlangan sulfat kislotani ta’sir ettirib etilenni, 1825-yilda M.Faradey yoritgich gaz kondensatidan benzolni, 1836-yilda E.Devi atsetilenni sof holda ajratib oldi. O‘rganilgan barcha tabiiy va sintetik organik moddalar tarkibida uglerod borligiga asoslanib, 1806-yilda Y.Berselius, 1848-yilda L.Gmelin organik kimyoga uglerod birikmalari kimyosi deb ta’rif berishdi. Birinchi bo‘lib 1808-yilda «organik modda» tushunchasini fanga kiritgan hamda kimyoni ikkita mustaqil-organik va noorganik kimyo fanlariga ajratgan ham Y.Berseliusdir. Lekin hozirgi vaqtda ham umumiy qabul qilingan (AQSH, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda nashr qilinayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda berilayotgan) bu

Доказательный фрагмент

«Organic chemistry is the science of organic substances and the laws they obey.»

Образец извлечения

Демо-превью

Organic chemistry is the science of organic substances and the laws they obey. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
F. Vyoler, Organic chemistry, organism, physical and chemical properties, физико-химические свойства, fizikaviy va kimyoviy xossalari, organic substances., organic compound, Органическая химия, isomerism, органические вещества., izomeriya, organizm, организм, изомерия, Organik kimyo, органическое соединение, organik birikma, F.Vyoler, Ф. Вёлер, organik moddalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники