Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Chet tili kompetensiyalarini o’qitishda xorijiy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etishning ahamiyati
Karimova Mahliyo Salim qizi · O’qituvchi: NizomovaIroda
Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане · 2026
Аннотация
Ushbu maqola xorijiy tillarni o’qitishning samaradorligini oshirishda turli innovatsion texnologiyalar va metodlarning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Hozirgi paytda innovatsion texnologiyalar yuqori cho’qqiga chiqqanligini butun dunyo guvohi bo’lmoqda. Har bir sohada zamonaviy texnologiyalar keng joriy qilingan. Shuni inobatga olgan holda pedagogika sohasiga ham axborot kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy qilish orqali uning samaradorligini oshirish dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Ilgari o’qitish jarayonida yozma topshiriqlar, tarqatma materiallar, insho, diktant yozish kabi metodlardan foydalanilgan. Hozir esa bu usullar eskirib o’rnini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib tashkil etilgan metod egallamoqda. Masalan, prezentatsiyalar, elektron kutubxonalar, onlayn tarjimonlar ta’lim tizimini tubdan o’zgartirib yubordi. Bu texnologiyalarsiz o’quvchini fanga qiziqtirish qiyin masala bo’lib qoldi. Innovatsiya yangilik degan ma’noni anglatgan holda, innovatsion texnologiyalar ma’lum bir sohaga yangicha yondashish, muammolarga zamonaviy vositalardan foydalanib yechim topishdir. Har bir sohani rivojlantirishda va uni jahon miqyosidagi o’rnini mustahkamlashda chet tillarini mukammal o’zlashtirgan professional kadrlarga bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Chet tilini kompetensiyalarini o’qitishda texnologiyalarni o’rni beqiyos. Kompetensiya bu - fan bo’yicha o’rgangan bilimlarni, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni yechishda foydalanish hamda ularni amaliyotda qo’llay bilishdir. Kompetentlik qobiliyatini shakllantirish va amaliyotda qo’llay olishni bilish chet tili o’qituvchilari uchun muhim ko’nikma hisoblanadi. O’qituvchilar xorijiy tillarni o’rgatishda multimedia vositalaridan foydalangan holda mavzuni tushunish darajasini oshirishi hamda darsni samarali va qiziqarli ashkil etishlari kerak. Multimediya (multi - ko’p, media - muhit) bir vaqtning o’zida bir qancha ma’lumotlarni uzatish usullaridan foydalanishdir. Boshqa tildagi so’zlarni o’qib o’rganishdan ko’ra, uni eshitish va amaliyotda so’zlab o’rganish ularni tushunish jarayonini kuchaytirishga yordam beradi. Ayniqsa, bu usul orqali yangi so’zlarni eslab qolish qobiliyati oshishiga samarali hissa qo’shadi. Turli animatsiyalar, video qo’llanmalar, audio materiallardan foydalangan holda tashkil etilgan o’quv dasturlar ham vaqtni tejashda, ham berilayotgan ma’lumotlarni chuqurroq o’rganishda o’z ijobiy ta’sirlarini ko’rsatadi. Xorijiy tillarni o’rganishda 66 to’rtta ko’nikma muhim hisoblanadi. Bular o’qish, yozish, eshitish va gapirish ko’nikmalaridir. Multimedia vositalarini amaliyotga keng joriy etish bu ko’nikmalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari o’quv jarayoniga o’quvchini diqqatini jamlash, darsni yanada qiziqarli va samarali qilish uchun turli pedagogik texnologiyalarni joriy qilish mumkin. "Karusel" texnologiyasi. Bunda ikkita halqa hosil qilinadi: ichki va tashqi. Halqalarga o’quvchilar tartib bilan, o’zaro juft qilib joylashishadi. Har 30 soniyada tashqi halqadagilar o’rin almashib harakatlanis hadi. Shunday qilib, ular bir necha daqiqa gapirish uchun vaqtlari bo’ladi va suhbatdoshini o'zgartirish esa gapirish ko’nikmasini oshiradi. "Qurilishi tugallanmagan taklif" texnologiyasi. Bolalarga tugallanmagan matn tarqatiladi va uni davom ettirish vazifasi beriladi. Ularga ko’p vaqt berilmaydi va xayolga kelgan birinchi fikr aytilishi kerak bo’ladi. Bu fikrlashni tezlashtirishga, va faollikni oshirishga yordam beradi. "Siz bunga ishonasizmi ..." texnologiyasi. Til amaliyotining ushbu turi har qanday mavzu bo'yicha ishlatilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bo’lmagan biror bir fakt, yoki ma’lumotni aytib, ularning fikrlarini so’raydi. Faktni to’g’riligiga ishonganlar bir tomonga, ishonmaganlar boshqa tomonga o’tib, fikrlarini izohlab berishadi. Shunday pedogogik texnologiyalar o’quv jarayonini mazmunli tashkil qilinishiga ko’maklashadi. G’olib o’quvchilarni rag’batlantirish yordamida ularni faolligini oshirish mumkin. Hozirgi kunda IT texnologiyalarini biladigan mutaxasislarga talab ortib bormoqda. Dasturlash va kompyuter texnologiyalarini mukammal o’rganish uchun ham xorijiy tillarni bilish muhim o’rin tutadi. IT ni va chet tillarini biladigan mutaxasislar onlayn ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular xorijiy ish beruvchilar bilan muloqot qilib, o’zlariga qulay sharoit va vaqtda ishlay olishadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, xorijiy tillarni o’rganish bugungi davrning dolzarb mavzusi ekan, o’quv dasturini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tuzish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishni ta’minlab beradi. Chet tillarini puxta egallagan mutahasislarni tayyorlashda zamonaviy vositalardan foydalanish orqali ularning ko’nikmalarini mustahkamlash muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “Xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etishning ahamiyati” (cyberleninka.ru) Nodima Axmedova 2021 2. “Modern techno
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola xorijiy tillarni o’qitishning samaradorligini oshirishda turli innovatsion texnologiyalar va metodlarning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola xorijiy tillarni o’qitishning samaradorligini oshirishda turli innovatsion texnologiyalar va metodlarning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- communication abilities, uslubiy madaniyat, инновационные возможности, Компетенция языка, лингвистическая способность, педагогическое мастерство, lingvistik qobiliyat, innovative opportunities, pedagogik mahorat, навыки общения, pedagogical skills, linguistic ability, innovatsion imkoniyatlar, stylistic culture, high-level system, muloqot qobiliyatlari, высокий уровень системы, культура речи, ko'p darajali tizim, til kompetentsiyasi, language competency
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014