К содержанию
РецензированоUZ2026

Chet tillarini o‘qitishda onlayn ta’limning yutuq va muammolari

Muallif: Ergashev Alisher Farxod o'g'li · Ilmiy rahbar:Xodjiyeva Ra’no Akmalovna

Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане · 2026

Аннотация

Quyidagi maqolada chet tillarni o’qitishda onlayn ta’limning yutuq va kamchiliklari hamda yaqin vaqt davomida mamlakatimiz ta'lim tizimida yaqqol darajada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aks etgan. Ta'lim tizimimizning turli shakllari qatori hozirgi globallashuv davrida masofadan o‘qitish keng foydalanish ta’limga qaratilgan eng samarali islohotlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maqolamiz orqali onlayn ta’limning yutuq va muammolari haqida so‘z yuritamiz. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida zamonaviy o‘qitish tizimini modernizatsiya qilish hamda chet tilini o‘rgatish va o‘rganish asosiy masala sifatida qo‘yilishi bejiz emas. Vaholanki masofadan o‘qitish-bu ta’lim jarayonidagi bosh islohot hisoblanadi.Masofadan o'qitish uslubi bu sirtqi o'qishning yangi shaklidir. Masofadan o'qitish bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.Masofadan o'qitish davomida o'quvchi o'ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o'qishi mumkin. Aynan shu jihatdan tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Juda ko‘p yirik korxona mutaxassislari o‘z malakasini rivojlantirish yoki o'zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlar mablag‘laribi tejamoqdalar. Masofaviy ta'lim (MT) - bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilganligi sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turidir. Zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish hamda xorijiy tillarni mukammal o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora- tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlari tayanch vazifasini o‘tamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari. Masofaviy ta'limning metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlar va afzalliklari, hamda kamchilik va salbiy tomonlari mavjud. Umumiy olganda yutuq va afzal tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin: •Dars jadvalni qulayligi. O'quvchi o'ziga ma'qul bo'lgan vaqtda o'quv jarayoniga qatnashishi mumkin. 6 •Qulay foydalanish manzillari. O'quvchi internet kafe, uy, mehmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o'quv jarayoniga qatnashishi mumkin. •Qulay o'qish tempi. Ta'lim, o'quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o'tkaziladi. •Ma'lumotlar bazasini to'planishi. Oldingi o'qigan talabalar bilimlarini to'plash va undan foydalanish imkoniyati(elektron kutubxonalardan foydalanish) •Ko‘rgazmali qulayliklari. Multimediya vositalaridan mukammal foydalanish imkoniyati. •Malakali(zamonaviy ta’limga ega) o'qituvchilarni tanlab, ta'lim jarayoniga jalb qilish. •Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo'qligi. Masofa viy ta'lim kursida ikkinchi oliy yoki qo'shimcha ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o'tash istagida bo' lganlar; ikkinchi paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam o'zlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari bo'lgan shaxslar; armiya xizmatida bo' lgan shaxslar; erkin ko' chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin.Yosh cheklanishlari yo'qligi. O'qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi. Ammo masofaviy ta'limda salbiy hamda noafzallik tomonlari ham mavjudligi haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: •Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida o'qish istagida bo'lishadi. •Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo'qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko'pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvohnomalar berishadi. •Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog'liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli. Masofaviy ta'limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: INTERAKTIV texnologiyalar: Internet masofaviy ta'lim portali.Video va audio konferentsiyalar.Elektron pochta orqali ta'lim.Internet orqali mustaqil ta'lim olish.Uzoqdan boshqarishsistemalar.Onlayn simulyator va o'quv dasturlar.Test topshirish sistemalari. INTERAKTIV bo'lmagan texnologiyalar: Video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar.Televizion va radio ko'rsatuvlar.Disklarda joylashgan dasturlar. 7 Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston boshqa MDH davlatlariga o'xshab o'zining ta'lim sohasini jahon standarlariga ol

Доказательный фрагмент

«Quyidagi maqolada chet tillarni o’qitishda onlayn ta’limning yutuq va kamchiliklari hamda yaqin vaqt davomida mamlakatimiz ta'lim tizimida yaqqol darajada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aks etgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Quyidagi maqolada chet tillarni o’qitishda onlayn ta’limning yutuq va kamchiliklari hamda yaqin vaqt davomida mamlakatimiz ta'lim tizimida yaqqol darajada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
computer technologies, Онлайн тренинг, vebinar, motivatsiya, взаимодействие, компьютерные технологии, motivation, видео конференция, moslashuvchanlik, семинар для учителей, classroom seminar, communication, video conference, video konferentsiya, onlayn trening, sinf seminari, online training, мотивация, вебинар, kompyuter texnologiyalari, webinar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники