К содержанию
РецензированоUZ2026

Xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etishning ahamiyati

XORIJIY TIL KOMPETENSIYALARINI O’QITISHDA INNOVATSION · TEXNOLOGIYALARNI AMALIYOTGA SAMARALI JORIY ETISHNING · MIRZOALIYEVA Kibriyo Botir qizi · Ilmiy rahbar: JAKBAROVMusoxon Pulotovich

Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish va yangi texnologik jarayon va o’qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, o'quvchilarda o’rganayotgan xorijiy tilga nisbatan qiziqishni kuchayirish ular xotirasining ichki imkoniyatlarini ishga solish, o’quvchilardagi o’z kuchiga bo’lgan ishonchini hosil qilishni ham o’z ichiga oladi. Kalit so'zlar: kompetensiya, innovatsiya, xotira, tajriba tizimi, interfaol metod, zamonaviy yondashuv, nutqiy ko’nikmalarni shakllantirish, innovatsion audio yozuvlar, “aqliy hujum”, ishbilarmonlik o’yinlari , “pinbord”, “klaster”, sinkveyn”, “kyubik texnologiyasi”, “innovatsion texnologiya”, faollikni oshiruvchi metod va zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish. Yangi texnologik jarayon va o’qitishning yangi zamonaviy usullarini o’quv jarayoniga tatbiq qilishdagi yangicha zamonaviy yondashuv xorijiy til o’qitishning maqsadini o’quvchilarga bilim berish va ma’lum, nutqiy ko’nikmalarni shakllantirishdagina emas, balki shu bilan birga o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o’rganayotgan xorijiy tilga nisbatan qiziqishni kuchayirish ular xotirasining ichki imkoniyatlarini ishga solish, o’quvchilardagi o’z kuchiga bo’lgan ishonchini hosil qilishni ham o’z ichiga oladi. Oquvchilarning xorijiy tillardagi sozlarni talaffuz qilishdagi nutqiy kamchiliklarni innovatsion audio yozuvlar orqali eshitib tog'irlash. Ma’lumki ta’lim jarayoni murakkab hisoblanadi. Xorijiy til darslarida yangi o’quv materialini prezentatsiya uning turli mashqlar orqali mashq qilinishi va turli nutqiy vaziyatlarga mos qo’llash orqali tegishli nutqiy ko’nikma va malakalar hosil qilish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Talabalarning darsdagi faolligini oshirishda qator interfaol usullardan fodalanish mumkin. Interfaol metod iborasi ingliz tilidagi “interactive” so’zidan olingan bo’lib u talabalarda ichki faollikni oshirishni nazarda tutadi. Ushbu metodning turli qator turlari bo’lib hozirda keng qo’llanilayotgan “aqliy hujum”, ishbilarmonlik o’yinlari , “pinbord”, “klaster”, sinkveyn”, “kyubik texnologiyasi” rolli o’yinlar kabi interfaol metodlarlarning ayrim ko’rinishlari ta’lim jarayonida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan. Interfaol o’qitishda guruh guruh bo’lib o’qitish, 3-3 kishidan iborat kichik guruhlar tuzish, samarali hisoblanadi. Yuqoridagilarni umumlashtirib “innovatsion texnologiya” deb atash mumkin. Ta’lim 82 tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining ro’lini oshirish bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an'ananaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi, o’rganilayotgan fanlarni mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishining ta’lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Izlanishlar natijasida hozirgi kunda interfaol metodning yuzdan ortiq yuti mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba sinovdan o’tib yaxshi natija bergan. Ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: • Darsni o’ qitish jarayonida har bir o’ quvchining bilimlarni o’ zlashtirshda erkin muloqotga kirishishni rivojlantirish; • Talim jarayonida ham faollikni oshiruvchi metod va zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish va oquvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda sinash. Izlanishlar natijasi muhokamasi shuni ko’rsatadiki Innovatsion texnologiyalarning xorijiy til kompetensiyalarni o’qitishdagi ahamiyati katta. Xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish darsni sifatli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Innovatsion texnologiya ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogic jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egalashni takomillashtirish usullaridir. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatga yangilik, o’gartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi. Interfaol ususllar qo’llanilganda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi rivojlanadi. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, ayni paytda xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish darsni har tomonlama sifatli va qiziqarli o’tish imkonini beradi va innovatsion texnologiyaga qiziqish kundan kunga ortib bordi. Innovatsion texnologiyalar o’quvchilarni mustaqil fikrlashga tahlil, xulosa qilishga o’rgatadi. Bundan tashqari hammamizga ma'lumki hozirda Innovatsion texnologiyalardan butun jahon foydalanadi, bu oquvchilarning nafaqat Ozbekiston balki chet el bilim konikma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish va yangi texnologik jarayon va o’qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish va yangi texnologik jarayon va o’qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompetensiya, innovatsiya, xotira, tajriba tizimi, interfaol, experience system, интерактивность, innovation, компетентность, система опыта, инновации, interactive, competence, memory, память
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники