К содержанию
РецензированоRU2026

СЧЕТА И ОБЯЗАТЕЛЬСТВА НАЛОГОВЫЕ АСПЕКТЫ ПРИОБРЕТЕНИЯ

Raqibov Shuxrat Shavkatovich

Современная наука и исследования · 614 · 2026

Аннотация

In recent years, a lot of attention has been paid to the comprehensive support of business entities in our country. This, in turn, provides for the improvement of accounting work in order to increase the stability of business entities. Based on this, the tax aspects of accounting of business entities are studied in this scientific research work. Key words: property, liability, assets, tax, profit tax, trust management, taxation, income, cost, profit. СЧЕТА И ОБЯЗАТЕЛЬСТВА НАЛОГОВЫЕ АСПЕКТЫ ПРИОБРЕТЕНИЯ Аннотация. В ближайшие годы большое внимание будет уделяться комплексной поддержке субъектов предпринимательства в нашей стране. Это, в свою очередь, предусматривает совершенствование бухгалтерской работы в целях повышения устойчивости субъектов хозяйствования. Исходя из этого, в данной научно- исследовательской работе изучаются налоговые аспекты бухгалтерского учета субъектов хозяйствования. Ключевые слова: имущество, обязательства, активы, налог, налог на прибыль, доверительное управление, налогообложение, доход, стоимость, прибыль. Mol-mulkni ishonchli boshqarish ishtirokchilari foydasini soliqqa tortish jihatlari. Foydani soliqqa tortish maqsadida ishonchli boshqaruv shartnomasi ishtirokchilarining 209 operatsiyalarini hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari soliq kodeksining 297 va 322- moddalari bilan belgilanadi. Ishonchli boshqaruv shartnomasi bo‘yicha berilgan mol-mulk, foyda solig‘iga tortish maqsadlarida, ishonchli boshqaruvchining daromadi deb e’tirof etilmaydi. Ishonchli boshqaruv shartnomasiga muvofiq, ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan pul mukofotiuning daromadi deb e’tirof etiladi va unga ushbu Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solinadi. Agar ishonchli boshqaruv shartnomasida ishonchli boshqaruvni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning o‘rnini ishonchli boshqaruv muassisi yoki boshqa shaxs tomonidan qoplash nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur xarajatlar ishonchli boshqaruvchining xarajatlari deb e’tirof etiladi. Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishga doir daromadlarni va xarajatlarni har oyda o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlashi hamda muassisga va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa naf oluvchisiga olingan daromadlar hamda xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq kodeksini “Foyda solig‘i” 12 bo‘limiga muvofiq soliq bazasini aniqlash chog‘ida bu daromadlar va xarajatlarni mazkur shaxslar tomonidan hisobga olish uchun taqdim etishi shart. Qimmatli qog‘ozlarni va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini ishonchli boshqarish chog‘ida ishonchli boshqaruvchi daromadlar hamda xarajatlarni Soliq kodeksining 327–329 - moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlaydi. Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga ko‘ra, ishonchli boshqaruv muassisi yagona naf oluvchi bo‘lsa, bunday muassisning soliq bazasini aniqlash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi: 1) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar (shu jumladan mol-mulk amortizatsiyasi va ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti to‘lash) olingan daromadlarning hamda amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab, “Foyda solig‘i” bo‘limida belgilangan tartibda ishonchli boshqaruv muassisining daromadlari va xarajatlari tarkibiga kiritiladi; 2) qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar (ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti to‘lash bundan mustasno) bo‘yicha daromadlar (xarajatlar) ishonchli boshqaruv muassisining qimmatli qog‘ozlarga va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha daromadlari (xarajatlari) tarkibiga 210 hamda bunday operatsiyalar uchun “Foyda solig‘i” bo‘limida belgilangan tartibda tegishli toifaga kiritiladi. Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga ko‘ra ishonchli boshqaruv muassisi naf oluvchi bo‘lmasa yoxud bittadan ortiq naf oluvchi aniqlansa, bunday shartnoma ishtirokchilarining soliq bazasini belgilash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi: 1) ishonchli boshqaruv shartnomasi bo‘yicha naf oluvchining daromadlari uning daromadlari tarkibiga olingan daromad turiga bog‘liq ravishda kiritiladi va belgilangan tartibda soliqqa tortilishi lozim; 2) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur shartnomada pul mukofotini to‘lash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni kamaytirish hisobidan bo‘lmasligi nazarda tutilgan bo‘lsa) soliq solish maqsadlarida naf oluvchining xarajatlari tarkibida hisobga olinadi. Bunda ishonchli boshqaruvchiga haqiqatan pul mukofoti to‘lash xarajatlari (ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur shartnomada pul mukofotini to‘lash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni kamaytirish hisobidan amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa) alohida hisobga olinadi va ishonchli boshqaruvchi muassi

Доказательный фрагмент

«In recent years, a lot of attention has been paid to the comprehensive support of business entities in our country.»

Образец извлечения

Демо-превью

In recent years, a lot of attention has been paid to the comprehensive support of business entities in our country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
property, liability, assets, tax, profit tax, trust management, taxation, income, xarajat, soliq, имущество, доход, доверительное управление, ishonchli boshqaruv, majburiyat, mol-mulk, soliqqa tortish, налог на прибыль, daromad, стоимость, налог, profit., foyda solig‘i, aktivlar, налогообложение, cost, прибыль., обязательства, активы, foyda.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники