Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ В ЯЗЫКОЗНАНИИ
TILSHUNOSLIKDA LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR · Husanova Dildora Begimqul qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article talks about semantic relations between lexemes. Semantic relations between lexemes and their types are analyzed. Key words: lexeme, sememe, synonymy, antonymy, graduonomy. ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ В ЯЗЫКОЗНАНИИ Аннотация. В данной статье говорится о семантических отношениях между лексемами. Анализируются семантические связи между лексемами и их типами. Ключевые слова: лексема, семема, синонимия, антонимия, градуономия. Til jamiyat mahsuli sifatida shakillangan murakkab, ijtimoiy biologik, psixik hodisa ekan, insonning olamni anglashi, dunyoni bilish sezgilari jamlangan a’zolarning nutq apparati sifatida takomillashuvi muayyan tarixiy davr hamda tizim talablari asosida amalga oshgan. 1 Ya’ni, til kishilik jamiyatida eng muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Tilda so’zlar ma’no anglatadi, biror-bir obekt yoki narsa hodisani ifodalaydi va ularga belgi va ishora beradi. Bizga ma’lumki, tilshunoslik juda ham keng qamrovli va ko’p qirrali soha hisoblanadi. Ushbu sohaning aynan leksik birliklar bilan shug’ullanuvchi, o’rganuvchi bo’limi bu leksikologiya bo’lsa, uning ham leksik birliklarni qaysi jihatdan o’rganilishiga ko’ra tarmoqlari juda ham ko’p. Leksikologiyada leksemalar orasidagi munosabatlar ham tilshunoslik uchun juda ahamiyatli holatlardan biridir. So’zlar orasidagi munosabatlarni asosiy ikki turga bo’lish mumkin. Bular leksik-semantik va leksik-shakliy munosabatlar hisoblanadi. Leksik-semantik munosabatlar deganda leksemalarning o’zaro ma’no asosida o’xshashlik va farqlari tushunilsa, leksik-shakliy munosabat sifatida leksemanlarning o’zaro shakl asosidagi o’xshashlik va farqlari e’tiborga olinadi. 2 1 Zulxumor X. Tilshunoslik nazariyasi. – T.: Nodirabegim, 2020.- 9b. 2 O’zbekiston milliy entiklopediyasi T; 2000B 133 Leksik-semantik munosabat deganda yuqorida ta’kidlanganidek, so’zlarning ma’no jihatdan bir biri bilan o’xshash yoki farqlariga ko’ra aloqaga kirishishiga aytiladi. Lisonda leksemalar ma’nolari jihatdan bir biri bilan munosabat hosil qiladi va ushbu munosabatlar turli xil paradigmalarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ushbu paradigmalarga antonimlar, sinonimlar, giponimlar va graduonimlarni misol qilib olishimiz mumkin. Leksik shakildoshlika esa omonimlar va paronimlar paradigmasini kiritishimiz mumkin. Chunki omonimlar bu shakil jihatdan o’xshash ammo ma’no jihatidan umuman bir biriga mos kelmaydigan so’zlar hisoblanadi, masalan ingliz tilida mean- baxil, mean-ma’no anglatmoq bu ikki holatda mean so’zida omonimlikni ko’rish mumkin. Paronimlar esa talaffuzdosh so’zlar hisoblanib, ular talaffuzda o’xshash bo’lganligi bilan ma’no jihatdan bir birlaridan farq qiladi. Ingliz tilida paranomlar anchagina bo’lib, yozilishi va ma’nosi umuman boshqa ammo talaffuzi bir xil so’zlar hisoblanadi. Misol uchun, are [a:]- tobe fe’li, our [a:]- bizning. Bu leksemalar ma’no jihatdan bir biri bilan aloqada bo’lmaganligi sababli ularni leksik-semantik munosatdagi paradigmalar qatoriga kirita olmaymiz. Endi ma’no jihatdan bir biriga bog’liq so’zlarning paradigamalarini o’rganib chiqadgan bo’lsak, avvalambor sinonimiya hodisasiga qaraylik. Bir umumiy ma’noga ega bo’lgan, ya’ni denotativ ma’nosi bir xil, ammo qo’shimcha (konnotativ) ma’nosi, ifodaliligi, uslubiy va boshqa munosabat ifodalovchi xususiyatlari bilan farqlanuvchi til birliklari sinonimlar deyiladi. Leksemalar orasidagi bu munosabat sinonimiya yoki sinonimlik munosabati deyiladi. Sinonimlar so’zlar bir narsani turli ko’rinishda atab kelayotganligi uchun ham atash semasi bir xil bo’ladi va albatta vazifa semasi jihatdan ham bir xil vazifani bajaradi, ya’ni bir so’z turkumlari orasida amalga oshiriladi. Ammo ifoda semasi jihatidan ular bir biridan farq qiladi. Misol uchun chiroyli so’zining sinonimlariga qarasak, kelishgan-chiroyli-ketvorgan kabi soniminlar bir xil sifat so’z turkumiga mansub, bir xil go’zallik ma’nosini ifodalaydi, ammo ifoda qilish usulidan bir biridan farq qiladi. Masalan ketvorgan so’zi ko’pincha ko’cha tiliga mansub bo’lib, bu so’zni rasmiy muloqotda yoki ijobiy jihatdan biror kishini tariflaganda ishlatish ifodani buzilishiga olib keladi. Bu holat so’zlarning uslubiy bo’yoqdorligi ham deyiladi. Ingliz tilida ham shu holat mavjud bo’lib, average-looking, good-looking, pretty, beautiful, gorgeous so’zlari misol bo’la oladi va ushbu sinonimlar qatori ma’no jihatdan o’rtacha ko’rinishda degan ma’nodan to juda ham chiroyli ma’nosini ifodalaydi va bu yerda uslubiy bo’yoqdorlikdan tashqari sinonimlarning daraja ifodalashi ham ko’zga tashlanadi. Sinonimlarning ifoda semasi ham turli xil bo’ladi. - Ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi; - Leksemaning qo’llanilish davrini ko’rsatuvchi sema: eskirgan, yangi, arxeik; 134 - Leksemaning qo’llanilish doirasini ko’rsatuvchi semalar: shevaga xos, kitobiy, rasmiy. Sinonimlar qatorida dominanta (bosh) ma’nodagi so’z yuqoridagi barcha xususiyatlarga nisbatan betaraf bo’ladi. Ya’ni dominanta ma’nodagi leksema na salbiy va na ijobiy ma’no bermaydi, qo’lla
Доказательный фрагмент
«This article talks about semantic relations between lexemes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about semantic relations between lexemes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexeme, sememe, synonymy, antonymy, graduonomy, graduonomiya., semema, antonimiya, синонимия, антонимия, семема, sinonimiya, лексема, градуономия., graduonomy., leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026