К содержанию
РецензированоRU2024

ВИЗОВАЯ ПОЛИТИКА В ПЕРИОД ДЕЙСТВИЯ СТРАТЕГИИ

Murodov Halim Salimovich

Современная наука и исследования · 3 · 140-143 · 2024

Аннотация

This article analyzes the way the Strategy of Actions paves the way for the development of the tourism industry in Uzbekistan. Opinions related to the positive changes between the phased easing and reforms in the visa policy in the field are analyzed. Key words: Tourism, visa-free regime, visa, electronic visa, pandemic, "E-visa.uz", visit, safe tourism, E-Visa. ВИЗОВАЯ ПОЛИТИКА В ПЕРИОД ДЕЙСТВИЯ СТРАТЕГИИ Аннотация. В данной статье анализируется, как Стратегия действий открывает путь для развития туристической отрасли в Узбекистане. Анализируются мнения, связанные с положительными изменениями между поэтапным смягчением и реформами визовой политики на местах. Ключевые слова: Туризм, безвизовый режим, виза, электронная виза, пандемия, «E- visa.uz», посещение, безопасный туризм, E-Visa. 2017-2021 yillarda O`zbekiston turizmida jadal o`zgarishlar amalda oshirildi. Bu jarayonning asosiy omili Prezident Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan islohotlar bo`ldi. 2016 yil 6 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4861-sonli farmon bilan turizm sohasida yangi islohotlar davri boshlandi. Farmon sayyohlik sohasida tarixiy madaniy merosi va ko`p ming yillik qadriyatlari bilan Markaziy Osiyoda ustun mavqega ega bo`lgan O`zbekistonda ushbu sohani iqtisodiyotning strategik muhim tarmoq sifatidagi o`rnini mustahkamlash, liberallashtirishning iqtisodiy hamda tashkiliy huquqiy shart sharoitlarini ishlab chiqish va qisqa muddatlarda joriy etish hamda yangi sayyohlik turlari, mahsulotlari va yo`nalishlarini yaratish bilan jahon turizm bozorida o`ziga xos jozibador imijini namoyon etish orqali yangi sayyohlik guruhlari va ular keladigan davlatlar geografiyasini kengaytirish maqsadida o‘rta muddatli istiqboldagi turizm industriyasining jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan ilg`or innovatsion yechimlar hamda dolzarb vazifalari belgilandi. Shuningdek, viza rejimi, ro`yxatdan o`tkazish, pasport va bojxona tartib qoidalarini soddalashtirish, statistik hisobga olishning innovatsion usulini joriy etish, zamonaviy turizm va 6 37 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yo`l transport infratuzilmasini barpo etish, ziyorat turizmini rivojlantirish, joylashtirish vositalari qurish uchun imtiyoz va preferensiyalar berish kabi bir qator qulaylik va yengilliklarni berishning tashkiliy va huquqiy asoslarini yaratish jarayonlarini ushbu farmon boshlab berdi. Turizm taraqqiyoti uchun huquqiy asoslardan biri bu – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmonidir. Harakatlar strategiyasining “III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish”ning ustuvor yo'nalishida birinchidan, respublika va mahalliy hokimiyatlarning o'z hududida turizm salohiyatini uning talablaridan kelib chiqib to'g'ri rejalashtirishi va turizm industriyasini jadal rivojlantirish; ikkinchidan, turizmning xalqaro standartlarini yanada kengroq joriy etish va uni boshqa sohalarni rivojlanishiga ta'sirini kuchaytirish orqali iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish; uchinchidan, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, to'rtinchidan, respublikaning xos hududlarida ziyorat, tog', ekoturizm, madaniy va rekratsion turizmi bo'yicha keng imkoniyatlarini hisobga olib, turizm infratuzilmasini kengaytirish maqsadlari belgilandi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutilgan. Ushbu belgilab berilgan dastur chora-tadbirlaridan kelib chiqib, Turizmni rivojlantirish qo`mitasi va uning viloyatlardagi departamentlari hamda viloyat hokimliklari tomonidan hududiy dasturlar ishlab chiqilib amalga oshirildi. Turizm sohasida 2016 yil 6 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4861-sonli va 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarning hayotga tadbiq etilishi yangi islohotlar jarayoning boshlanishiga turtki berdi. Islohotlargacha viza sohasida “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning o'zbekiston respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo'lishlari va tranzit o'tishlari tartibi to'g'risida” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bo`lib, unga ko`ra fuqarolari uchun O'zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro`yxatida cheklanmagan muddatda ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg'iziston bilan (60 kungacha) va

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the way the Strategy of Actions paves the way for the development of the tourism industry in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the way the Strategy of Actions paves the way for the development of the tourism industry in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tourism, visa-free regime, visa, electronic visa, pandemic, "E-visa.uz", visit, посещение, elektron viza, виза, vizasiz rejim, E-Visa., “E-visa.uz”, безопасный туризм, ziyorat, pandemiya, «E-visa.uz», Turizm, xavfsiz turizm, безвизовый режим, viza, Туризм, электронная виза, пандемия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники