К содержанию
РецензированоRU2024

ТЕОРЕТИКО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИЙ ДВИЖЕНИЯ ДЖАДИДИЗМ

Qosnazarova P.Q · JADIDISM MOVEMENT (Nukus davlat pedagogika instituti 09.00.04 ijtimoiy falsafa 2-bosqich tayanch doktoranti.)

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article talks about the emergence of the Jadidism movement in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, the representatives of the Jadidism movement, the ideology of the revival, the founders of the Jadidism movement, and the renaissance in literature. One of the important directions of the Jadids' activity is to modernize Islam, purify it from heresies, acquire scientific achievements and advanced technologies. Key words: Jadidism, ideology of renaissance, charity society, enemy of the people, science, literature, Jadidism movement. ТЕОРЕТИКО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИЙ ДВИЖЕНИЯ ДЖАДИДИЗМ Аннотация. В статье говорится о возникновении движения джадидизма в Центральной Азии в конце XIX - начале XX века, о представителях движения джадидизма, идеологии возрождения, основоположниках движения джадидизма, а также о Ренессанс в литературе. Одним из важных направлений деятельности джадидов является модернизация ислама, очищение его от ересей, приобретение научных достижений и передовых технологий. Ключевые слова: Джадидизм, идеология Возрождения, общество милосердия, враг народа, наука, литература, движение джадидизма. XIX asrning oxiri XX asrning boshi jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida keskin burilishlar davri boʻldi. Bu davrda chuqur islohotlar, birinchi va ikkinchi jahon urushi boʻlib, ilm- fan taraqqiyotida tub sifatiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Bir jamiyatning butunlay yod jamiyat taʼsirida qolishi nafaqat hayotda balki kishilarning falsafasida ham inqilob yasadi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda ham boshqa mintaqalarda boʻlgani kabi oʻzgacha fikrlovchi, yangicha qarash vakillari shakllanib bordi. XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning turmush tarzi oʻta past, madaniy-maʼnaviy hayotida islom dini peshvolarining taʼsiri kuchli edi. Insonlar dunyoqarashida tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi kuchlar bilan tafovutlar kelib chiqdi. 5 15 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda soʻnggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri boʻlib, gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar Turkistonda turli maʼnaviy-gʻoyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli boʻlgantafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega boʻlgan maʼrifiy taʼlimotlar va nazariyalar mavjud edi”. Jamiyatni qisqa fursat ichida o’zligini toptirish yo’lida qilingan harakat o’z aksini topadi:“Tarixdan shu narsa maʼlumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini vazifasini oʻtaydi. Bu kungi magʻlubiyat ertangi gʻalabaning amalga oshuvida ozmi-koʻpmi rol oʻynaydi. Busiz jamiyatning rivojini tasavvur etish qiyin jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning boshida shakllanib, qisqa muddatda oʻzining choʻqqisiga koʻtarilgan. Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar toʻntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura oʻrnatilgunga qadar oʻz mavqe va yoʻnalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. Baʼzi manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, baʼzisida harakat deb aytiladi. Jadidlik oqim emas, harakat deb taʼkidlaydi B.Qosimov. Oqim bilan harakat o’rtasidagi tafovut anchagina bo’lsada, maqsad jadidchilik doirasini qoralash orqali kamaytirish edi. Jadidshunos olim B.Qosimov jadidlik harakatining xarakter va muddaosini 3 turga boʻlib izohlaydi: -Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uygʻonish mafkurasi boʻlib xizmat qildi. -Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning gʻayrat va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan Turkiston muxtoriyati bu yoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi. -Ma’orif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Endi jadidlarning bu harakatlari qanday boshlaganlari haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917- 1920; 1921—1929- yillarni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosi

Доказательный фрагмент

«The article talks about the emergence of the Jadidism movement in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, the representatives of the Jadidism movement, the ideology of the re…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article talks about the emergence of the Jadidism movement in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, the representatives of the Jadidism movement, the ideology of the re… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidism, ideology of renaissance, charity society, enemy of the people, литература, literature, uygʻonish mafkurasi, science, общество милосердия, adabiyot, jamiyati xayriya, jadidchilik harakati., ilm-fan, идеология Возрождения, Джадидизм, движение джадидизма., jadidlik, xalq dushmani, Jadidism movement., враг народа, наука
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники