К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan she'rlardagi bo'g'inlar berilishi va ular orasidagi farqli jihatlari

FARQLI JIHATLARI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Dilmurodova Malika (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Sherboyev Nosir (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)

Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada biz ingliz tilidan o'zbek tiliga, o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinadigan she'riyat va uning turli jihatlariga e'tibor qaratamiz va taqqoslab ko'ramiz. Shuningdek ularning mohiyati, farqli jihatlari, she'riy tarjimada so'zlarning qo'llanilishi bilan bo'g'liq bo'lgan tahlillarni ko'rib chiqamiz. Kalit so'zlari: she'r bo'g'inlarining soni, she'rdagi asliyat, bo'g'inlarning turlari, badiiy mahorat, tillarning tahlili, bayt, turoq, rukn, aruz Tarjima ijodiy jarayon bo'lib, boshqa tilda asarni qayta yaratish san'atidir. She'riyat ma'lum bir ritmga asoslanadi va unda qo'llanadigan turli xil san'at she'riy musiqani amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Shuningdek har bir she'r o'zing xususiyatiga va yozilishiga, bo'g'inlar soniga, ritmiga va ohangiga ega bo’ladi. She'rni tarjima qilish davomida undagi to'liq ma’lumotlar va obrazlarni saqlab qolish imkoni yo'q, shunindek tarjimashunos olimlarning fikriga ko'ra, she'rdagi mazmun- mohiyat va hamohangliklari saqlanishini ta’kidlashadi [1]. Xorijiy tillardan, ya’ni ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishga talab XX asrning 90-yillaridan O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng katta e'tibor qaratildi. Ingliz tilidagi ana'naviy she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qilishdan avval, ingliz va o'zbek tillari o'rtasidagi farqlarni yaxshi bilib olish kerak. Qiyosiy tipologik jihatdan bu ikki tilni tahlil qilsak, german tillari oilasiga mansub ingliz tili hamda o'rol-oltoy guruhiga tegishli turkiy tillar oilasiga kiradigan o'zbek 38 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr tilining she'riyatdagi o'xshashliklari va farqli tomonlariga alohida e'tibor qilish kerak. Ingliz tilidan, o'zbek tiliga she’riy asarlarning tarjima qilinish jarayonida bo’g’inlardagi o’zgarishlar: Masalan, Shotland shoiri Byornsning ichki kechinmasi, ruhiy holati va qalb iztiroblarini o'zbek tarjimoni Begoyim Xolbekova ona tilimizga poetik mahorat bilan qayta yaratdi. Biz ushbu she'rni bo'g'inlar soni jihatdan tahlil qilamiz: Asliyat: Tarjimada berilishi: Louis, what reck I by three, (5+3) Dengiz qiroli Jorj Lui, (6+2) Or George on his ocean. (5+4) Kim bo'libdilar oldimda! (4+4) Dyvor, beggar louns to me (1+6) Jiynday aziz yorning o'yi, (4+4) I reign in Jeanie'e bosom! (5+6) Yashab turganda qalbimda (5+3) Yor ko'nglining qiroliman, (4+4) Let her crown my love her law, (4+3) Baxtim bo'ylaydi ko'k qadar (5+3) And in her breast enthrone me; (5+4) Mening oldimda qirollar, (5+3) Kings and nationas swith awa (5+4) Qirolmas, yo'q bir darbadar! (4+4) Rrif randies, I disown ye! (4+4) Yuqoridagi she'rda asliyat va tarjima orasidagi farqlari, shuningdek she'riy asarlarni tarjima qilish eng murakkab jarayonlardan biri sanaladi. Tarjimonning ingliz tilida qilgan ijodida bo’g’inlar soni har bir qatorda turlicha aks etgan. Odilova G. ning badiiy tarjima asoslari nomli qo'llanmasida: ,,Ingliz she'rlarini o'zbek tiliga o'rganish bo'yicha tavsiyalar to'liq ishlab chiqilmagan”deya aytib o'tadi. O'zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikka o’z hissani qo’shgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Zulfiya, Mirtemir kabi shoirlar va ulug’ olimlarning ijodlari yaqqol misol bo’la oladi[2]. O'zbek tili she'riyatida bayt, turoq, rukn, aruz, misra, qofiya va bo'g'in kabi atamalar keng qo'llanadi. Aruz fonetikasi hijolar, bo'g'inlarning tuzilishi va turlari, bahrning tashkil topishi, ruknlarning xilma- xilligi va turlari o'zbek aruziga xos. Cho'lponning „Go'zal” she'rining Obid Azam tomonidan tarjimasi va undagi bo'g'inlar orasidagi farqli jihatlarni ko'rib chiqamiz: 39 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr Asliyat: Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib, (6+5) Engyorug'yulduzdan seni so'rayman. (6+5) Ul yulduz uyalib boshini egib (6+5) Ayta-dur men uni tushda ko'raman (6+5) Oydanda go'zaldir, kundanda go'zal (6+5) Endi tarjimada berilishiga e'tibor qaratamiz: I look at sky at night in darks, (5+3) And ask you from the brightest star. (5+4) That star inclining heads remarks: (5+4) I always dream of her afar. (5+4) In my dream she pretty thus (3+3) Finer than the Moon and us! ’ ’ (3+5) Ushbu she'rning bo'g'inlari soni asliyat va tarjimadan bir-biridan ikkita bo'g'in kamligi bilan farqlanadi. Bugungi kunda o'ziga xos o'rin va mavqega ega bo'lgan aruz vazniga ham misol keltirib o'tsak: Masalan, Rahimjon Karimov o'z tadqiqotlarida Boburning mashhur g'azalining matlasini quyidagicha tahlil qiladi. Asliyat: Charxning men ko'rmagan jabru-jafosi qoldimu? (6+8) Hasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu? (7+7) Tarjimada berilishi: There is no violence injury of fortune that I have not experienced; (15+9) This broken heart has endured them all. Alas! (11+2) Is there one left that, I have not encountered? (7+8) Bu tarjimada tarjimon mazmunni saqlab qolishga harakat qilgan va ba'zi kamchiliklarga ham yo'l qo'ygan. Masalan, bo'g'inlar soni jihatdan asliyat va tarjimada tubdan farq qiladi, qatorlar soni ham ancha o'zgargan. Tarjima mazmunn

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada biz ingliz tilidan o'zbek tiliga, o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinadigan she'riyat va uning turli jihatlariga e'tibor qaratamiz va taqqoslab ko'ramiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada biz ingliz tilidan o'zbek tiliga, o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinadigan she'riyat va uning turli jihatlariga e'tibor qaratamiz va taqqoslab ko'ramiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
i: she'r bo'g'inlarining soni, she'rdagi asliyat, bo'g'inlarning, rhyme, artistic skill, she'r bo'g'inlarining soni, ритм, Количество строк в стихе, turoq, types of lines, badiiy mahorat, bayt, bo'g'inlarning turlari, aruz, метр, stanza, виды строк, tillarning tahlili, истинность в стихе, художественное мастерство, рифма, prosody., The number of lines in a poem, analysis of meters, she'rdagi asliyat, rukn, строка, the essence of the poem, музыкальный ритм., verse, анализ стихов
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники