К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz va o’zbek kiyim dizayniga oid terminlarning sintaktik xususiyatlari

SINTAKTIK XUSUSIYATLARI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Tojiyeva Xurshida Davlatbay qizi (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)

Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o ’zbek tilida kiyim dizayni sohasiga oid sodda va qo’shma atamalarning sintaktik xususiyatlari, ushbu terminlarning yasalishida ishtirok etadigan so’z turkumlari tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: termin, terminologiya, sintaktik struktura, kiyim, dizayn, so’z turkumlari. Kiyim dizayni terminologiyasi sintaktik uslub yordamida birikmali terminlarni vujudga keltiradi. I.V. Arnoldning fikricha, “terminologik birikma ma’lum bir tilga xos bo‘lgan qonuniyatlar asosida tuzilgan va yagona ma’noni ifodalovchi kamida ikkita mustaqil ma’noli so‘zdan tashkil topgan birikmadir”[1]. B.N.Golovin terminologik birikmalarni ularning strukturasi bilan bog’lagan holda ikki turga ajratadi: hokim so’z va uni ifodalab kelgan bitta tobe so’zdan iborat bo’lgan sodda birikmalar, va hokim so’zni ifodalab keluvchi ikki yoki undan ortiq tobe so’zdan iborat bo’lgan murakkab birikmalar[2]. Eng ko’p uchraydigan birikmali terminlar bu ikki komponentdan iborat bo’lgan birikmalardir. Ingliz va o’zbek kiyim terminologiyasida birikmali terminlarning asosiy qismi ikki komponentli hisoblanadi. Ularning eng unumdor yasalish modeli quyidagicha: ot+ ot, sifat+ot, fe’l +ot. Ot+Ot: Dance costume- raqs kostyumi Fashion icon- moda ikonasi; Yoga clothing - yoga kiyimi; 20 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr Sifat+ Ot: National fabric - milliy mato Striped shirt - yo’l-yo’l ko ’ylak Skinny jeans- tor jinsi shim Floor-length dress - uzun ko’ylak Fe’l+Ot: Cropped top- kalta kofta Hidden zip- yashirin zanjirsimon qadagich Terminologik birliklarning keyingi tiplari uch va undan ortiq komponentli birikmalarda asosiy hokim so’z birikma oxirida kelib, uni aniqlovchi prepozitiv elementlari undan oldin keladi. Uch komponentli terminologik birliklar ikki komponentlidan keyin eng ko’p uchraydigan birikmalar hisoblanadi. Shu tarzda, ya’ni uch komponentlidan to’rt komponentli, to’rt komponentlidan besh komponentliga qarab birikmali terminlar soni kamayib boradi. Uch komponentli birikpmali terminlar: Sifat+Sifat+Ot: women’s wide-leg jeans - ayollar keng shimi, polka-dot ruffled dress- burmali xol-xol ko’ylak; buttoned high-waist trousers- baland belli tugmali shim Sifat+Ot+Ot: Denim Bermuda shorts- Jinsi Bermuda shortisi; Ot+Ot+Ot: Butterfly sleeve blouse- Kapalak yengli bluz Ko’rib turganimizdek uch komponentli birikmali terminlarning eng unumdor modeli Sifat+Sifat+Ot. Keling endi to’rt komponentli terminologik birikmalarni ko’rib chiqamiz: Sifat+Sifat+Sifat+Ot: Oversize water-repellent trench coat - suv o’tkazmaydigan keng trench paltosi; Black leather knee-length skirt - tizzagacha uzun qora charm yubka. Ko’p komponentli birikmali terminlar yasalishida ikki yoki undan ko’p sifatlar ishtirok etadi va ular quyidagilardan biri yoki bir nechtasini ifodalab keladi: - Rang - O’lcham - Shakl - Mato 21 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr - Kelib chiqishi Bulardan tashqari yana bichim, stil va boshqa qo’shimcha element va aksessuarlar ham ko’p komponentli birikmali terminlarni yasalishida faol ishtirok etishadi. Masalan: Silk blouse with a flowing neckline - osilchoq bo’yinli ipak bluz. Quyida ko’p komponentli birikmali terminlarning ba’zilariga misol keltiramiz: 5 komponentli: Denim miniskirt with frayed hem - etagi yirtilgan kalta jinsi yubka; Brown cashmere coat with belt - Belbog’li jigarrang kashmir palto. 6 komponentli: Cropped tweed jacket with jewel buttons- kalta marvarid tugmali tvid (qattiq mato ) kamzuli Hamidulla Dadaboyev o’zbek terminologiyasiga bag’ishlangan o’quv qo’llanmasida hozirgi davrda o’zbek terminologiyasining termin-birikmalar hisobiga boyib borishi yaqqol ko’zga tashlanayotgani, termin-birikmalar deyarli barcha terminologik sistemalarda mavjud bo’lib, ularni tarkib nuqtayi nazaridan ikki, uch, to’rt, besh va undan ortiq tarkibli birikmalarga ajratadi[3]. O’zbek tilida terminlar sintaktik usulda hosil qilinganida tarkibidagi komponentlar o’zaro moslashuv, boshqaruv, bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. Ozbek kiyim terminologik birikmalarini ikki komponentli va ko’p komponentli termin-birikmalarga ajratdik. Ularning morfologik-leksik modeli quyidagicha: Ot+Ot: chok haqi, cho’ntak qopqog’i, sport kiyimi Ot+ Harakat nomi: andoza tayyorlash, tosh yopishtirish, o’lcham olish Sifat+Ot: yopiq chok, midi yubka, kalta yeng, xol-xol ko’ylak Sifat+Ot+Ot: poshnali oyoq kiyim, yaltiroq kiyim bezagi Sifat+Sifat+Ot: bostirma chokli yoqa, tugmali yengsiz ko’ylak Ot+Ravish+Ot: ko’krak osti kenglik Ot+Sifat+Sifat+Ot: etagi keng charm yubka Sifat+Sifat+Sifat+Ot: bo’yinbog’li gulli shifon kofta O’zbek kiyim-kechak leksikasida juft nomlar ham uchraydi: kiyim-kechak, bosh- oyoq, sarpa-suruq, bichish-tikish, ko’ylak-lozim, nina-ip va boshqalar[4]. Kiyim 22 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr dizayni terminologiyasida takror so’zlar ham mavjud va ular ko’proq sifat bo’lib, matodagi naqsh va bezaklarni tasvirlab keladi: yo’l-yo’l, xol-xol, katak- katak va b. Yuqoridagilardan ko’rinib t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va o ’zbek tilida kiyim dizayni sohasiga oid sodda va qo’shma atamalarning sintaktik xususiyatlari, ushbu terminlarning yasalishida ishtirok etadigan so’z turkumlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va o ’zbek tilida kiyim dizayni sohasiga oid sodda va qo’shma atamalarning sintaktik xususiyatlari, ushbu terminlarning yasalishida ishtirok etadigan so’z turkumlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
termin, terminologiya, sintaktik struktura, kiyim, dizayn, so’z, so’z turkumlari, term, одежда, термин, syntactic structure, word combinations, design, sintaktik struktura, синтаксическая структура, фразы, clothing, terminology, терминология, дизайн
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3