Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Minnatdorchilik nutqiy aktining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari
НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ · MINNATDORCHILIK NUTQIY AKTINING IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI · Oripova Parvina Valisherovna · Toirova Guli Ibragimovna
in Library · 3 · 352-355 · 2024
Аннотация
В данной статье представлена информация о речевом акте и его специфических особенностях. Смыслы благодарности раскрываются с помощью различных произведений. По этому поводу в их научных трудах выявлен ряд мнений лингвистов. Широко известно, что невербальные средства, используемые вместе с языковыми единицами (словами), выражающими благодарность, в узбекском, русском и китайском языках существенно различаются. Считается, что благодарность выражает несколько прагматических значений в процессе речевого общения: завершение разговора, искреннее отношение, благодарность, согласие и т. д. Ключевые слова: речевой акт, имплицитный акт, поведенческий акт, разьяснительный акт, прагматический параметр, речевая ситуатация, суждения акт, обязательства акт, экспрессивный акт, декларативный акт. Annotation: This article provides information about the speech act and its specific features. The meanings of gratitude are revealed with the help of various works. In this regard, a number of opinions of linguists have been revealed through their scientific works. It has been widely reported that the non-verbal means used together with the linguistic units (words) expressing gratitude in the Uzbek, Russian and Chinese languages are significantly different. It is thought that gratitude expresses several pragmatic meanings in the process of speech communication: ending the conversation, sincere attitude, gratitude, agreement, etc. Keywords: speech act, implicit, behavioral act, expository act, pragmatic parameter, speech situation, judgment act, obligation act ,expressive act ,declarative act. Kirish. Nutqiy muloqot jarayonida so‘zlovchi, tinglovchi va o‘rtadagi nutqiy vaziyat ta’sirida nutqiy akt paydo bo‘ladi. Shunday ekan, nutqiy akt bu pragmatikaning predmeti. Nutqiy akt bir tomondan qaraganda lug’aviy birliklarga xosdek ko‘rinadi.Ikkinchi tomondan qaraganda o‘ziga xos mazmuniy strukturaga ega. Shu xususiyati bilan lug’aviy birlikdan farq qiladi. Nutqiy akt matnda yoki nutqda, u implitsit ya’ni to‘g’ridan to‘g’ri aks etmagan shaklda namoyon bo‘ladi. Nutqiy akt gap yoki nutq mazmuni asosida yuzaga keladi.Uning ma’nosi mana shu matnga nisbatan belgilanadi va o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi. Buning tarkibidida ifoda intonatsiyasi ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun nutqiy aktning mazmunida yo so‘roq gap yo darak yo buyruq gap tarzida mazmun anglashilib turadi.Gap yoki matn orqali namoyon bo‘ladigan nutqiy aktda intonatsion birliklar ta’sirida o‘zgarayotganlarini kuzatishimiz mumkin [2,4]. Nutqiy aktning o‘ziga xos namoyon bo‘ladigan xususiyatlari ya’ni yashirin tarzda bo‘ladi.U to‘g’ridan to‘g’ri, oshkora 96 НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ Volume 3, Issue 1,2024 ifoda etilmaydi. Masalan, men seni yaxshi ko‘raman, men seni qo‘rqitaman tarzida ichki tuyg’uni aytmaydi. Mazmunida bu narsa aks etib turadi.Nutqiy aktning bunday mazmuniy va lug’aviy strukturasi faqat muloqot paytida, muloqot matnida namoyon bo‘ladi. Uni o‘zini alohida aytgan paytda nima haqida gap ketyotganini tushunish qiyinroq.Shuning uchun bitta gap bilan nutqiy aktni aks ettirib bo‘lmaydi. Nutqiy akt bir necha gaplar asosida hosil bo‘ladi. Nutq yoki matn ichida sodir bo‘luvchi kommunikatsiya jarayoni mahsuli nutqiy akt hisoblanadi.Nutqiy aktning mazmuni turli xil bo‘lishi mumkin.Masalan, minnatdorchilik, iltimos, so‘roq, buyruq, masxaralash, mensimaslik, erkalash kabi bir necha xil mazmun -mohiyatga ega bo‘lishi mumkin. Adabiyotlar sharhi. Nutqiy akt haqida, uning nazariy ma’lumotlari haqida quyidagi lingvist olimlarning ishlarida ko‘rinadi.Misol uchun, Vilyam Gumbolt, Yakubovskiy, Benvest, Baxtinning ishlarida nutqiy akt haqida fikrlar mavjud. Umuman olganda, dastlabki nutqiy akt haqidagi nazariy ma’lumot Vetgenshen asarlarida, uning g’oyalarida kuzatishimiz mumkin. Jon Osten va Jon Richard nutqiy akt haqida dastlabki, ma’lumot bergan, uning ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘zga ko‘rinadigan ishlarni berishgan [1,5]. Ularning nazariyasiga ko‘ra “So‘zlovchi ma’lum bir harakatni sodir etadi. Nutq ma’lum maqsad uchun yo‘naltirilgan, inson faoliyati ko‘rinishidan biri sifatida namoyon bo‘ladi.Ana shu nutqiy akt“,-deya ifodalaydi. Mavjudlikdagi voqealar ma’lum bir harakatlar yordamida sodir bo‘ladi.Ular nutq orqali namoyon bo‘ladi. Harakatlarning nutq yordamida ifodalanishi natijasida esa nutqiy aktlar paydo bo‘ladi.Nutq mantiqshunosi Jon Lengsho Osten nutqiy akt bilan bog’liq nazariyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning konsepsiyasida 3 ta jihat mavjud: performativ ifodalar, nutqiy aktlar tasnifi, nutqiy aktlarning xususiy ma’nolarga ajratilishi bilan bog’liq bo‘lgan muhim masalalar ko‘riladi. Tilshunoslikda nutqiy aktlar nazariyasining asoschisi sifatida Ostenning konsepsiyasini tahlil qiladigan bo‘lsak,u tasnifda elokativ aktlar tasnifini kengroq ifodalaydi. Misol uchun,hukm akti sifatida ya’ni verdiktiv akt sifatida uni beradigan bo‘lsa agar, ikkinchi o‘rinda u undash aktlarini kiritadi, uchinchi o‘rinda esa u harbiy sohalarga tegishli bo‘lgan, mazmunni ifodalay
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация о речевом акте и его специфических особенностях.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация о речевом акте и его специфических особенностях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech act, implicit, behavioral act, expository act, pragmatic parameter, speech, obligation act, экспрессивный акт, имплицитный акт, декларативный акт., pragmatik parametr, implitsit, поведенческий акт, ekspozitiv akt, речевой акт, behabitiv akt, обязательства акт, nutqiy akt, nutqiy vaziyat, прагматический параметр, суждения акт, разьяснительный акт, ekspressiv akt, declarative act., expressive act, hukm akti, speech situation, речевая ситуатация, majburiyat akti, diklorativ akt ., judgment act
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019