К содержанию
РецензированоRU2024

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ МОЛОДЕЖНОЙ ПРЕСТУПНОСТИ И ЛИКВИДАЦИЯ ПРЕСТУПНОСТИ

JINOYATCHILIKNI BARTARAF ETISH · Salomov Temur Faxriddinovich

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article analyzes the measures and effective methods of preventing offenses and crimes committed among minors and young people today. The causes of offenses and crimes committed among young people are highlighted, the factors affecting them are studied and examples are given. It was pointed out in a scientific context that youth crime begins with the prevention of delinquency among young people. Key words: minors, young people, delinquency, youth crime, youth leader, crime prevention, preventive measures. Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ustuvor maqsadimizdir. 3 63 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni o‘z ichiga olgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Ammo ming afsuski yurtimizda ana shunday yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish o‘rniga qimmatbaho vaqtlarini bekorchi va yod narsalarga sarflab buning oqibatida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etib kelayotgan voyaga yetmaganlar va yoshlar ham uchrab turibdi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishni eng avvalo oiladan boshlash kerak, oilani mustahkamlash kerak, azaldan ota-bobolarimiz tomonidan o‘tib kelayotgan bir naql bor: “Vatan ostonadan boshlanadi”. Farzand oilada dunyoga kelgan vaqtdan boshlab shu oilaning tarbiyasi ila kamol topib boradi, shu oilada muhit qanday bo‘lsa shu muhitda o‘sadi. Shu boisdan avvalo oilani mustahkam qo‘rg‘onga aylantirmoq lozim, farzand katta bo‘lgani sari ota-onasi u uchun idial shaxs sifatida ko‘rina boshlaydi, ota-ona oilada o‘qimishli, ziyoli shaxs bo‘ladigan bo‘lsa farzand ham ulardan o‘rnak olib boradi. Biroq bugungi kunda jamiyatimizning ayrim oilarida ota-onaning mavjud uquvsizligi, farzandga bo‘lgan etiborsizligi, oiladagi o‘zaro ichki nizolar, ota-onaning kelishmovchiligi, kunda oilada takrorlanib kelayotgan janjallar natijasida ushbu oiladagi farzandlar tashqi muhitga qarab qochishni boshlaydilar va tashqi muhitdagi ayrim illatlarga qo‘shilib qolishlari natijasida asta- sekinlik bilan oxiri berk bo‘lgan qorong‘u yo‘lak sari yura boshlaydilar, buning oqibatida esa huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishni boshlaydilar. Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni xohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi. E’tirof etish kerakki, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni bir qismi tayin bir o‘qish yoki ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Buning oldini olishda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur hisoblanadi. Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida bilan har bir mahallada “Yoshlar yetakchisi” lavozimi joriy etilib ularga mahalladagi har bir yosh bilan individual o‘rganish olib borgan holda bandligi ta’minlanmagan yoshlarni istak va qiziqishlarini inobatga olgan holda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash kabi bir qator aniq vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 3 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ to‘g‘risida”gi PQ-4075-sonli Qarori bilan har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etilib, ushbu guruh tarkibiga: - mahalladagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the measures and effective methods of preventing offenses and crimes committed among minors and young people today.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the measures and effective methods of preventing offenses and crimes committed among minors and young people today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
minors, young people, delinquency, youth crime, youth leader, crime, yoshlar yetakchisi, preventive measures, молодежная преступность, правонарушения, voyaga yetmaganlar, huquqbuzarlik, несовершеннолетние, yoshlar, yoshlar jinoyatchiligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, профилактические меры., молодежный лидер, молодежь, профилактика преступности, crime prevention, profilaktik chora-tadbir.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники