Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Характеристика слов как местоимения
OLMOSH VAZIFASIDAGI SO'ZLARNING XUSUSIYATLARI · Toirova Guli Ibragimovna · O'day ova Shahnoza Shuxratovna · ХАРАКТЕРИСТИКА СЛОВ КАК МЕСТОИМЕНИЯ · Шахноза Одаева · CHARACTERISTICS OF WORDS AS PRONOUNS (Бухарский государственный университет аспирант 2 ступени) · Shahnoza Odayeva (Бухарский государственный университет аспирант 2 ступени)
in Library · 2026
Аннотация
This article discusses the specific features of words used as pronouns, and tries to reveal their mutual difference from pure pronouns. It should be noted that the original origin of words that act as pronouns is related to other words, and rev ealing “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №17 their essence serves as the research object of this article. Keywords: words in the function of pronouns, feature, noun-pronoun, object, research feature. Tilshunoslikning morfologiya bo'limi so'z turkumlarining tadqiqini amalga oshiradi. Ma'lumki, so'z turkumlari besh guruhdan tashkil topgan, ya'ni: I. Mustaqil so'z turkumlari. II. Yordamchi so'z turkumlari. III. Undov so'zlar. IV. Taqlid so'zlar. V. Modal so'zlar[2]. Ulaming har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, biz tadqiq etmoqchi bo'lgan ushbu maqolada olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlaming lingvistik jihatlari tadqiqot obyekti sifatida qayd etiladi. Olmosh so'z turkumi ikki xil ko'rinishga ega, ya'ni sof olmosh tabiatli so'zlar hamda olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlar. Sof olmoshlar o'zida olmoshning barcha jihatlarini aks ettiradi, uning tub mohiyati ham olmosh ma'nosini ifodalaydi, ularga misol sifatida men, sen, ular, kimdir, nimadir va hokazolami keltirish mumkin[5]. Olmosh vazifasida qo'llaniluvchi istilohlar esa tabiatan olmosh xarakteriga ega bo'lsa- da, biroq ulaming kelib chiqishi aslan boshqa so'z turkumlariga, chunonchi, ot, sifat so'z turkumlari oid bo'ladi. Nomlari qayd etilgan har ikki toifa bir-biridan ba'zi jihatlariga ko'ra farqlanadi hamda ulaming ayrim о'xshash jihatlari ham mavjud[3]. Uni quyidagi jadval asosida ko'rib chiqamiz: № Sof olmosh tabiatli so'zlar Olmosh vazifasida keluvchi so'zlar 1 Olmoshning barcha xususiyatlarini Olmoshning barcha xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. o'zida aks ettiradi. 2 Kelib chiqishiga ko'ra ham olmosh Kelib chiqishiga ko'ra boshqa so'z turkumiga mansub bo'ladi. turkumlariga oid bo'lishi mumkin. 3 Ayrim hollarda asl so'z turkumi baj argan vazifasini bajaradi — (masalan, sifat so'z turkumiga oid bo'Isa, sifat so'z turkumining xususiyatini aks ettirishi mumkin) Olmosh vazifasida keluvchi so'zlarga faqir, kamina, kaminayi ojiz, bandai ojiz va shu kabilami misol qilib keltirishimiz munikin. Ushbu so'zlarga e'tibor beradigan bo'lsak, ulaming ayrimlari sifat so'z turkumiga(faqir), ayrimlari ot so'z “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №17 turkumiga(kamina) va ba'zilari esa izofali birikma (bandai ojiz, kaminayi ojiz) ko'rinishiga ega. Faqir - olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlardan bin hisoblanib, uning etimologiyasiga yuzlanadigan bo'lsak, ushbu so'zning arab tilidan o'zlashganligiga guvoh bo'lamiz. Lug'aviy istilohi esa “kambag'al”, “qashshoq”, “muhtoj” kabi so'zlarda namoyon bo'ladi. Wikipedia onlayn lug'atida ushbu atamaga quyidagicha izohberiladi[4]: I. Moddiy jihatdan nochor, kambag'al, qashshoq; muhtoj. II. Birinchi shaxs o'mida yoki “men”, “biz” olmoshlari bilan birgalikda ishlatilib, so'zlovchining kamtarlik qilayotganligini ifodalaydi. Demak, ushbu maqolamiz uchun “faqir” leksemasining ikkinchi ma'nosi ahamiyatli hisoblanib, unga misol sifatida quyidagi sintaktik butunlikni keltirishimiz mumkin: “Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand bo'lgan paytlarimni eslasam, yuragim ezilur”. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarida qo'llanilgan “faqir” istilohiga e'tibor beradigan bo'lsak, ushbu leksik birlik doirasida quyidagi xususiyatlami umumlashtirishimiz mumkin: a) Olmosh vazifasida qo'llanilishi mumkin. b) Ushbu so'z ishtirok etgan gaplaming kesimi gap talabiga ko'ra birinchi yoki uchinchi shaxsda bo'ladi. c) Kamtarlik, xokisorlik ma'nosini o'zida ifoda etadi. Bandai ojiz - so'z forsiy tildan o'zlashgan izofali birikma hisoblanib, asl ko'rinishi “ojiz banda” sintaktik butunligi tarzida namoyon bo'ladi. Olmosh vazifasida qo'llaniluvchi leksik birlik sifatida badiiy matnlarda qo'llanilishi mumkin[7]. Xuddi faqir leksemasi singari ushbu birlik ishtirok etgan gaplaming kesimi vaziyat taqozosiga ko'ra birinchi yoki uchinchi shaxs shaklida qo'llaniladi. Uning boshqa variantlari ham mavjud, ya'ni bandai g'ofil, bandai mo'min, bandai mutakabbur va hokazo. Keltirilgan variantlar bir-biridan mazmun jihatidan farq qilsa- da, biroq ularda umumiylik, ya'ni kamtarlik ma'nosini ifodalash ulami birlashtirib turuvchi xususiyat sifatida namoyon bo'ladi. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlaming o'ziga xos jihatlari mavjud bo'lib, ulaming qanday xususiyatlami o'zida namoyon qilishi ayrim hollarda gapda yuzaga keladigan vaziyat taqozosi o'laroq namoyon bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mengliyev B. Lisoniy sistema yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar: filol. fan. dokt. ... dis. - T., 2002. 2. Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Qarshi: Nasaf, 2005. 3. Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. - T.: Fan, 1975. 4. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. - T.: O‘qituvchi, 1989. “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №17 5. Ne’m
Доказательный фрагмент
«This article discusses the specific features of words used as pronouns, and tries to reveal their mutual difference from pure pronouns.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the specific features of words used as pronouns, and tries to reveal their mutual difference from pure pronouns. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- words in the function of pronouns, feature, noun-pronoun, object, ot-olmosh, xususiyat, существительное- местоимение, obyekti, объект, исследовательский признак., olmosh vazifasidagi so'zlar, слова в функции местоимения, признак, tadqiq xususiyati., research feature.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025