Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ХАРАКТЕРИСТИКА ЗАРУБЕЖНЫХ ПОДХОДОВ К ПОДГОТОВКЕ В СИСТЕМЕ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ
YONDASHUVLARNING O‘ZIGA XUSUSIYATLARI · Buriyev B.U.
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article provides information about the characteristics of foreign approaches to training in the system of professional development. Key words: Western countries, short-term courses, seminar-courses, independent education, adult education, micro-education, transformational education, professional development, knowledge, skills, qualifications. ХАРАКТЕРИСТИКА ЗАРУБЕЖНЫХ ПОДХОДОВ К ПОДГОТОВКЕ В СИСТЕМЕ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ Аннотация. В статье представлена информация об особенностях зарубежных подходов к обучению в системе повышения квалификации. Ключевые слова: страны Запада, краткосрочные курсы, курсы-семинары, самостоятельное образование, образование взрослых, микрообучение, трансформационное образование, профессиональное развитие, знания, навыки, квалификация. Mavzuni dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-268-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 4-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish vazifalari qo‘yilgan. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish tizimi katta moliyaviy resurslar kiritiladigan butun bir sanoat tarmog‘i sifatida shakllangan bo‘lib, so‘nggi yillarda bu tarmoqqa jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining ko‘payishi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda G‘arb mamlakatlarida malaka oshirish tizimi xilma-xil tur va shakllarga ega bo‘lib, uning muvaffaqiyatli rivojlanishi davlat darajasida qabul qilingan qarorlar samarasidir. Chet elda malaka oshirish 3 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ didaktik tizimining muammolari bo‘yicha asosiy tadqiqotlarni o‘rganish bizga ishimiz yo‘nalishlarining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish va eng qiziqarli elementlarini amaliyotimizga moslashtirish imkonini berdi. G‘arbda malaka oshirish muammolarini o‘rganishga yaqindan e’tibor XX asrning ikkinchi yarmidangina qaratildi va uzluksiz ta’lim jarayonlarini ilmiy tushunish zaruratidan kelib chiqdi. Malaka oshirishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani umumlashtirish, shuningdek uzluksiz ta’limning ushbu shaklini rivojlantirish istiqbollarini aniqlash zarurati ta’lim bo‘yicha maxsus xalqaro forumlarning chaqirilishiga olib keldi. 1975-yil avgustda Parijda bo‘lib o‘tgan YuNESKOning 35-sessiyasida AQShda chet tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish tajribasi optimal tajriba sifatida tahlil qilindi. Ular uchun to‘rt turdagi kurslar mavjud edi: ikki hafta davom yetadigan seminar-kurslari; qisqa muddatli kurslar, ularning davomiyligi 4 dan 8 haftagacha; universitet yoki kollej o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli seminar-kurslari; o‘qituvchilarning ish joyida tashkil etilagan seminar-kurslari. Shuningdek, uyushgan malaka oshirishlarga katta e’tibor qaratildi, chunki o‘qishga yuqori motivatsiyaga ega bo‘lgan odamlargina mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanishi mumkin. G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar [Olivera K. K teorii sravnitelnoy pedagogiki // Perspektivы. - 1989. -№2.-S. 15-20.] shuni ko‘rsatdiki, malaka oshirish quyidagi shartlar bajarilganda eng yuqori samaraga erishadi: tinglovchilarning amaliy ehtiyojlariga e’tibor qaratish hamda kattalar ta’limining o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish, bularning barchasi esa shaxsning kognitiv xususiyatlarida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi, uning kasbiy va intellektual faolligini oshiradi. YuNESKOning xalqaro ta’limni rejalashtirish instituti (IIPO) direktori Jak Allakning so‘zlariga ko‘ra [Allak J. Vklad v buduщee: prioritet obrazovaniya: Per. s angl. - M.: Pedagogika- Press, 1993.- 168 s.], XX asrning 80-yillaridan boshlab aksariyat mamlakatlarda ta’lim sohasidagi muammolar ta’lim tizimlarini qoniqarsiz boshqarish, iqtisodiyotning samarasiz ishlashi va ijtimoiy kasalliklarning mavjudligi kabi holatlarning birgalikda kelishi bilan bog‘liq ekanligi aniq bo‘lib qoldi. Oksforddagi nashrlardan biri “Jahon ta’lim ensiklopediyasi” 1994 yilda kattalar ta’limiga oid asosiy tadqiqot yo‘nalishlarining tahlilini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda eng katta e’tibor quyidagi to‘rt sohaga qaratilgan: • Mustaqil ta’lim, • tanqidiy tafakkur, • tajribali ta’lim • o‘rganish qobiliyati. Mazkur yo‘nalishlarning har biri bir butunlik yondashuvi asosida ochib berilgan. Mustaqil ta’lim nazariyasi va amaliyotining meta-tahlilini o‘tkazgan avstraliyalik, kanadalik va amerikalik mualliflar (G. Kollinz, R. Kendi ; O. Brokkett iD. Ximestra) kattalar qanday qilib o‘z oldilariga ta’lim olish maqsadini qo‘yishlari, o‘zlari uchun kerakli manbalarni tanlashlari, qaysi ta’lim usulini tanlash haqida qaror qabul qilishlari va o‘z muvaffaqiyatlarini o‘zlari baholashlari haqidagi savollarni o‘rtag
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the characteristics of foreign approaches to training in the system of professional development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the characteristics of foreign approaches to training in the system of professional development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Western countries, short-term courses, seminar-courses, independent, микрообучение, страны Запада, навыки, курсы-семинары, самостоятельное образование, mustaqil ta’lim, qualifications., independent education, knowledge, g‘arb mamlakatlari, adult education, краткосрочные курсы, qisqa muddatli kurslar, образование взрослых, mikro ta’lim, micro-education, трансформационное образование, квалификация., профессиональное развитие, malaka, seminar-kurslari, transformational education, professional development, transformatsion ta’lim, ko‘nikma, malaka oshirish, kattalar ta’limi, bilim, знания, skills
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026